O’qish vaqti: 5 daqiqa
Homiladorlikning 16-haftasi — nechanchi oy?
4 oy (Trimestr 2)
16-haftada homilaning rivojlanishi
Farzandingiz ancha harakatchan bo‘lib qoladi va qorinda yengil turtishlarini his qilishingiz mumkin.
Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Homiladorlikni 16-haftasiga kelib qorinda turtishlarni his qilishingiz mumkin.
16-haftada homilaning rivojlanishi
Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?
Bu davrda homilaning kattaligi avokadadek keladi va uzunligi 11,6 sm atrofida bo‘ladi. Vazni esa taxminan 100 gramm1. Bu bosqichda kuniga 28 litrdan ortiq qonni haydashga qodir qon aylanish tizimi ishlay boshlaydi.
Farzandingiz qo‘l va barmoqlarini ega boshlashi mumkin. U qo‘lini musht qilishni va qovushtirishni o‘rganadi. Bolaning nerv tizimi rivojlanishi bilan uning harakatlari ko‘lami ham kengayib boradi.
U sizning ovozingizni ham taniydi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ona qornida paytida qo‘shiq eshitgan bolalar tug‘ulgandan keyin ham bu holatga reaksiya bildiradi. Shu boisdan bola uchun beshik tanlashda oqilona yondashing3.
Bola mimik harakatlarni bajarishni boshlaydi, ammo ularni boshqara olmaydi2. Ta’kidlash joizki, bu davrda bola rivojlanishda katta o‘zgarishga tayyorlanadi – keyingi bir necha haftada uning vazni ikki martadan ham ko‘proqqa ortadi4.
Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.
Homiladorlikning 16-haftasi (ikkinchi trimestr)
Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
16-haftaga kelib, yon-atrofdagilar homilador ekanligingizni oddiy ko‘z bilan ham payqashlari qiyin emas. Shu bilan birga 16-haftada qorinni kattaligi har xil bo‘ladi: ayrimlarda oldingidek qorin uncha bilinmaydi, kimlardadir seziladigan darajada bilinib qoladi. Har bir ayol o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shuning uchun homilador ayol o‘zini boshqalar bilan solishtirib, tashvishlanishiga sabab yo‘q.
Tanada gormonlarning toboro ko‘p ishlab chiqarilishi shilliq pardaga qon oqimini ham oshiradi, shu boisdan shishishni his qilasiz. Buning natijasida burningiz qonasa, ajablanmang. Tuzli spreylar va plastirlar burun bitishini yengillashtirishda xavfsizdir3.
Gormonlar ham venalar kengayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qon oqimi kuchayishi bilan birga varikoz paydo bo‘lish ehtimoli yo‘q emas. Ammo tashvish tortmang – farzandingiz tug‘ilgach, bu o‘tib ketadi5.
Rivojlanayotgan homilani ko‘tarishdan belingiz og‘riyotgan bo‘lsa ham, 16-haftadan keyin faqat qisqa muddat davomida chalqanchasiga yotishingiz yoki shu holatda mashqlarni bajarishingiz mumkin, chunki bu qon bosimi tushib ketishi va bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin.6.
16-haftada homiladorlik belgilari
Ko‘pchilik ayollar birinchi trimestr tugashi bilan o‘zlarini yaxshi his qila boshlashadi. Ammo homiladorlikning 16-haftasida quyidagi belgilar sizga avvalgidek noqulaylik tug‘dirishi mumkin:
• Ko‘krakning kattalashishi va uning sezuvchaligini oshishi.
• Qabziyat. Qindan ajralishlarning ko‘payishi.
•Milklarning qonashi.
Venalarning varikoz kengayishi
• beldagi og‘riq.
D vitaminining ahamiyati
Homilador ayollarda D vitamini yetishmovchiligi xavfi oshishi mumkin, shuning uchun bu vitaminni yetarli miqdorda qabul qilishga jiddiy e’tibor bering7. Vitaminli qo‘shimchalarni har kuni iste’mol qilish siz va farzandingizning sog‘ligini himoya qiladi.
Teringiz qoramtir tusda bo‘lsa, bu organizmingiz D vitamini ishlab chiqishiga ta’sir qilishi mumkin va tarkibida D vitamin mavjud qo‘shimchalarni iste’mol qilishingiz kerak bo‘ladi.
Quyosh nuri D vitaminning tabiiy manbasi sanaladi, ammo haddan ortiq uning ta’siri ostida bo‘lishdan saqlaning. Oktabrdan aprelga qadar organizm yozda to‘plangan zaxiralardan foydalanadi8.
Bir qator mahsulotlar tarkibida D vitamini mavjud, ammo ularning miqdori cheklangan. Yog‘li baliq, tuxum sarig‘i va vitaminlarga boyitilgan mahsulotlar D vitaminning kam uchraydigan ozuqaviy manbalaridandir. Buyuk Britaniyada faqat oziq-ovqat mahsulotlarining o‘zidangina bu vitaminni yetarli miqdorda o‘zlashtirish ko‘pchilik uchun qiyin8.
Shu sababdan barcha homilador va emizikli ayollarga har kuni 10 mkg miqdorda D vitamin qabul qilish tavsiya etiladi. Bu miqdor sizning ehtiyojingizni qoplash va bolaga dastlabki 6 oyligida zarur bo‘lgan zaxiralarni yaratish uchun yetarli.
Ilmiy izoh
D VITAMINI
Nutricia asosida
Bolaga D vitamin zarurdir, chunki u suyaklarni rivojlanishida muhim o‘rin tutadi va organizmda kalsiy va fosfat darajasini nazorat qilib turadi7. D vitamini yetishmovchiligi bolalarda raxit va kattalarda osteomalyatsiya (suyaklarda og‘riq) kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin7. Erta bahordan sentabrning oxiriga qadar quyosh nurlaridan yetarli miqdorda D vitamini olishingiz, quvonarli holat, albatta.
Homiladorlik paytida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar
Homiladorlikning turli haftalarida ovqatlanishda tafovutlar yo‘q, umuman olganda bu davrda quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
Xom va to‘liq pishmagan go‘sht
Pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari
Jigar va tarkibda A vitamin yuqori bo‘lgan mahsulotlarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish
Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?
Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.
- NHS Start 4 Life. 2nd trimester, week 16. [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-16/#anchor-tabs [Accessed October 2019].
- NHS. You and your baby at 13-16 weeks pregnant [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-13-14-15-16.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
- What to expect. 16 Weeks Pregnant [Online]. Available at: https://www.whattoexpect.com/pregnancy/week-by-week/week-16.aspx Reviewed October 2019.
- Baby Centre. 16 weeks pregnant: fetal development. Available at: https://www.babycentre.co.uk/16-weeks-pregnant Last reviewed: November 2016.
- What to expect. Varicose Veins During Pregnancy [Online] Available at: https://www.whattoexpect.com/pregnancy/symptoms-and-solutions/varicose-veins.aspx Reviewed January 2018.
- Tommy’s. 16 weeks pregnant – all you need to know [Online]. Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-week-by-week/16-weeks-pregnant-whats-happening Last reviewed: June 25th, 2018. Next review: June 25th, 2021.
- NHS. Vitamin D [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/vitamins-and-minerals/vitamin-d/ Reviewed March 2017. Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020.
- NHS. How to get vitamin D from sunlight [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Summerhealth/Pages/vitamin-D-sunlight.aspx Page last reviewed: 31 August 2018. Next review due: 31 August 2021.
- NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.
Yangilangan sana: 2019-yil 4-dekabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.