O’qish vaqti: 4 daqiqa
Homiladorlikning 18-haftasi — nechanchi oy?
4 oy (trimestr 2)
18-haftada bolaning rivojlanishi
Bolajoningiz tashqi olam tovushlariga bo‘ladi
Rivojlanishdagi anomalliklarni aniqlash uchun UTD
Bu hammasi risoladagidek ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida o‘tkaziladigan rejali diagnostika.
18-haftada bolaning rivojlanishi
Bolajonim qanday o‘lchamda? Ko‘rinishi qanday?
18-haftada bolajoningiz bulg‘or qalampiridek kattalikda — 14,2 sm atrofida, og‘irligi esa taxminan 190 g1.
Taxminan 18–20-haftada siz, shuningdek, bolajoningiz uyg‘ongan yoki uyquga ketayotgan vaqtidagi ilk harakatlarini his qilishingiz mumkin. Ushbu dastlabki harakatlar, odatda, qorinda biroz tebranish bilan namoyon bo‘luvchi yengil turtki va siljishlardir2. Agar bu sizning birinchi homilangiz bo‘lsa, siz ularni sezmasligingiz yoki qorningiz dam bo‘lishiga yo‘yishingiz mumkin, zero ko‘pgina bo‘lajak onalar bolajonlari harakatchanligini asosan ovqatlanganlaridan so‘ng yoki yarim tunda his qilishlarini aytadilar2.
Ushbu bosqichda sizning bolajoningiz tashqi olamdagi shovqinlarga ham ta’sirchan bo‘la boshlaydi, shunday ekan, bu homila bilan gaplashishni boshlash uchun eng yaxshi vaqtdir. Bolajonda reflekslar rivojlanishi davom etadi — yutish va emish, shuningdek eshitish4.
Bolajonning o‘pkasida havo xaltachalari (alveolalar) rivojlana boshlaydi va bu bosqichda uni tez-tez hiqichoq tutadi3, ammo siz buni sezishingiz dargumon.
Homilaning 18-haftasi (ikkinchi trimestr)
Tanamda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda ?
Bachadoningiz joylashuvini o‘zgartirib, kerakli holatni egallaydi va taxminan qovun o‘lchamiga keladi. Siz uni kindikdan 4 sm pastda his qilasiz3. Shuningdek, qorningizda Linea Nigra (lotincha «qora chiziq») deb nomlanuvchi taxminan 1 sm qalinlikdagi qoramtir chiziq paydo bo’lganini kuzatishingiz mumkin. Bu platsenta ishlab chiqaradigan gormon darajasining ortishi natijasida yuzaga keluvchi tabiiy jarayon5.
Ko‘plab ayollar o‘sayotgan qorinlariga ko‘nikkunlariga qadar o
‘zlarini noqulay va qo‘pollashgandek his qilishlarini aytadilar. Siz ko‘kraklaringiz kattalashayotganini kuzatishingiz mumkin, ayniqsa, agar bu sizning birinchi homilangiz bo‘lsa4. Katta ehtimol bilan qon bosimingiz pasayishi mumkin, shuning uchun o‘rningizdan keskin turmang, bu bosh aylanishiga olib keladi4. Qonda shakar va energiya darajasini barqaror ushlab turish uchun oz-ozdan tez-tez ovqatlaning.
18-haftadagi homila belgilari
Qorningiz kattalashgani sari unda va ko‘kraklarda paydo bo‘luvchi chiziqli chandiqlarni payqashingiz mumkin. Odatda tug‘uruqdan so‘ng ular kamroq seziladigan holatga kelib qoladi. «Mo‘jiza-kremlar»ga pul sarflab yurmang, oddiy namlantiruvchi kremdan foydalansangiz kifoya.
Barchasiga yana gormonlar sababchi.
Tanangiz ko‘proq qon haydaganligi sababli gormonlar beqarorlashib, siz birdan qizib ketishingiz mumkin. Keng va havoni yaxshi o‘tkazadigan matolardan tikilgan kiyimlar kiying hamda salqin suv yordamida suv balansini saqlang8.
Hojatga tez-tez borish — eng keng tarqalgan erta homiladorlik belgilaridan biri. Bu bachadon o‘sib, siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bog‘liq.
Bunga gormonlar sabab bo‘lishi mumkinligining ehtimoli katta. Parasetamol odatda homiladorlik va emizish davrida qabul qilish uchun xavfsiz, ammo faqat eng kam dozada va qabul qilishning imkon qadar qisqa vaqti mobaynida.
Ko‘kraklaringiz kattalashib, og‘rib turadi. Shuningdek, siz boshqa o‘zgarishlarni ham kuzatishingiz mumkin — tanangiz shu yo‘sinda emizishga tayyorlanadi.
Rivojlanishdagi anomaliyani aniqlash uchun UTD
Bu biroz qo‘rqinchli eshitilsa-da, aslida bu bolajoningiz sog‘lig‘i joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun odatiy ultratovushli diagnostika. Ushbu protsedura sizga taxminan 18–20-haftada taklif qilinishi kerak. Bu ixtiyoriy, ammo sizga ushbu UTDdan albatta o‘tishingizni tavsiya qilamiz.
Skaner bolajoningizning tashqi qiyofasi va rivojlanishida biror nuqson bor-yo‘qligini batafsil tekshiradi. Skanerlash orqali ba’zi parametrlarni aniqlash mumkin, lekin barchasini emas. Ko‘pincha skanerlar sog‘lom go‘daklarni aniqlaydi, ammo agar siz kutmagan holat aniqlansa, sizga bir qator qo‘shimcha testlar o‘tkazishni taklif qilishlari mumkin. Ulardan foydalanish yoki rad etish esa faqatgina o‘zingizga havola.
UTD sizga ham, bolajoningizga ham zarar yetkazmaydi, ammo biroz noqulaylik keltirishi mumkin — UTD mutaxassisi aniq tasvirni ko‘rish uchun qorningizni birozgina ezishiga to‘g‘ri keladi.
Qizmi yoki o‘g‘il?
Ushbu skaner yordamida sonografiya mutaxassisi bolajoningizning jinsini aniqlay oladi. Biroq, barcha ota-onalar ham jinsni oldindan bilishni xohlamaydilar, ba’zan esa bu ma’lumot muassasaning ichki qoidalari tufayli berilmaydi. Bolajoningizning jinsini bilishni xohlash-xohlamasligingiz haqida shifkoringizga skanerdan oldin xabar bering.
A vitaminiga e’tibor qarating
A vitamini bolajoningiz tanasining eng murakkab va g‘aroyib qismi bo‘lmish ko‘zlarining rivojlanishiga hissa qo‘shadi. U, shuningdek, immunitet, teri hujayralarining shakllanishi va bolajoningiz o‘pkasidagi alveolalar rivojlanishi uchun muhimdir. Bundan tashqari, A vitamini qonni kislorod bilan ta’minlash va karbonat angidridni tanadan chiqarib yuborishga yordam beradi10.
A vitamini 2 shaklda mavjud:
- Retinol — ko‘p miqdorda go‘sht va baliq mahsulotlarida, xavfsiz dozalarda sut mahsulotlari va tuxumlarda mavjud11.
- Beta-karotin — meva va sabzavotlar tarkibida mavjud bo‘lib, organizm uni A vitaminiga aylantirib olish xususiyatiga ega11.
Balansga rioya qilishning ahamiyati
A vitaminining keragidan ortig‘i ham yetishmasligi kabi sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. To‘g‘ri balansli ovqatlanish ushbu foydali moddaning xavfsiz miqdorini iste’mol qilishga imkon beradi. Homiladorlik davrida qanday mahsulotlar iste’mol qilish-u, qaysi ozuqa hamda vitaminli qo‘shimchalardan voz kechish haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling.
Ilmiy tushuntirish
A vitamini
Nutricia asosida
A vitamini — bu yog‘da eriydigan vitamin, ya’ni u organizmning jigar va yog‘ hujayralarida saqlanadi. Homiladorlik davrida A vitaminining sogʻlom zaxirasi bolajoningiz hayotning dastlabki bir necha oyiga tayyorgarlik ko‘rishida tabiiy zaxirani yetkazib beradi. A vitaminining past darajasi bolajoningiz tug‘ilganidan so‘ng uning immunitetiga ta’sir koʻrsatib, uni infeksiya va kasalliklarga taʼsirchan qilib qoʻyadi12.
- NHS UK. You and your baby at 18 weeks pregnant. [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/18-weeks-pregnant/ Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
- Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011.
- Mother&Baby. 18 weeks pregnant: advice, symptoms and what to expect. [Online] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/pregnancy-and-birth/pregnancy/pregnancy-week-by-week/week-18-eighteen-weeks-pregnant [Accessed December 2019]
- NHS UK. Start4life. Week 18 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-18/ [Accessed December 2019]
- Heffner, Linda (2010). The Reproductive System at a Glance. Wiley-Blackwell. pp. 51. ISBN 978-1-4051-9452-5. Online preview available at: https://archive.org/details/reproductivesyst03edheff/page/51
- NHS UK. Start4life. Week 17 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-17/ [Accessed December 2019]
- NHS UK. Start4life. Week 13 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-13/ [Accessed December 2019]
- 10 common pregnancy complaints. [ONLINE] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/im-pregnant/early-pregnancy/10-common-pregnancy-complaints [Acessed December 2019]
- NHS UK. Can I take paracetamol when I’m pregnant? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/can-i-take-paracetamol-when-i-am-pregnant/ Page last reviewed: 1 June 2018. Next review due: 1 June 2021.
- Checkley W et al. Maternal vitamin A supplementation and lung function in offspring. N Engl J Med 2010;362(19):1784-1794.
- NHS UK. [Online] Vitamin A – Vitamins and minerals. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/vitamins-and-minerals/vitamin-a/ Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020/
- Azaïs-Braesco V, Pascal G. Vitamin A in pregnancy: requirements and safety limits. Am J Clin Nutr 2000;71(5):1325-1333.
Yangilangan sana: 2019-yil 23-dekabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.