O’qish vaqti: 4 daqiqa
Homiladorlikning 20-haftasi — nechanchi oy?
5 oy (trimestr 2)
20-haftada bolaning rivojlanishi
Bu haftada siz farzandingizning jinsini bilib olishingiz mumkin.
Jismoniy mashqlar va salomatlik
Sizning jismoniy faolligingizni va salomatligingizni qoʻllab-quvvatlashingiz farzandingizning rivojlanishiga va sogʻlom boʻlishiga yordam beradi.
20-haftada bolaning rivojlanishi
Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?
Homiladorlikning 20-haftasida sizning farzandingiz taxminan 16 sm kattalikda (banan kattaligida) boʻladi, vazni esa 300 g boʻladi1. Kichkintoyning yurak urishi ancha kuchli boʻladi, endi uni eshitish mumkin boʻladi.
Bu vaqtga kelib sizning kichkintoyingiz oq, kremsimon verniks qatlami – uning nozik terisini himoya qilishga moʻljallangan modda bilan qoplanadi. Keyinchalik verniksning shilimshiq tuzilmasi bolaga tugʻruq yoʻli orqali oʻtishida yordam beradi.
Agar farzandingiz qiz boʻlsa, unda mazkur bosqichda uning bachadoni rivojlana boshlaydi1 va uning tuxumdonida allaqachon 7 million oosit (yetilmagan tuxum hujayra) boʻladi. U tugʻilganda, unda 2 million tuxum hujayra boʻladi3. Agar farzandingiz oʻgʻil boʻlsa, unda uning moyaklari pastroq tusha boshlaydi3.
Farzandingizning asab hujayralarining rivojlanishi sekinlashadi, lekin nisbatan murakkabroq aloqalar shakllana boshlaydi va kichkintoyingiz kerishishdan mamnuniyatni his qilishi mumkin boʻladi4.
Rivojlanishdagi anomaliyani aniqlash uchun UTT
Homiladorlikning 18-20 haftalari oraligʻida sizning kichkintoyingiz toʻgʻri rivojlanayotganligiga ishonch hosil qilish va agar qandaydir rivojlanishdan ortda qolish belgilari boʻlsa unda nimalar qilish kerakligini muhokama qilish maqsadida anomaliya diagnostikasi uchun UTT buyuriladi. Biroq xotirjam boʻling bu – shunchaki rejali tekshiruv.
Homiladorlikning 20-haftasi (ikkinchi trimestr)
Mening tanamda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?
Sizning yoʻldoshingiz bolangizga ozuqa moddalarini yetkazib berishda va uning organizmidan uning hayot faoliyati natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni chiqarib tashlashda davom etadi, ammo tez orada farzandingiz yoʻldoshdan koʻra kattaroq boʻlib qoladi. Biroq yoʻldosh ham oʻsishda davom etadi va tugʻruq vaqtiga borib uch baravar kattalashadi3. Shuning uchun ultratovush tekshiruvi paytida shifokor sizning yoʻldoshingizni ham tekshiradi.
Siz shuningdek Brekston Xiks toʻlgʻogʻini yoki soxta toʻlgʻoqlarni boshdan kechirishni boshlashingiz mumkin5. 20-haftaga kelib tanangiz tugʻruqqa tayyorlana boshlaydi. Toʻlgʻoqlarni oldindan bilib boʻlmaydi va ularni har bir homilador ayol ham boshidan kechirmaydi. Ularga haddan ortiq faollik, siydik pufagining toʻlishi yoki aksincha, suvsizlanish sabab boʻlishi mumkin. (Koʻryapsizmi? Oldindan bilish imkonsiz.) Toʻlgʻoqlar odatda yengil boʻladi (hatto baʼzilarini sezmasligingiz ham mumkin), ular intensivligi va davomiyligi bilan farq qiladi va odatda sizni bezovta qilmaydi.
Agar siz soxta toʻlgʻoqlar paytida ogʻriqni sezsangiz, ular muntazam ravishda, har 5 daqiqada kuzatilsa va qattiq boʻlsa yoki sizda qindan qon ketishi kuzatilsa, unda darhol shifokorga yoki akusher-ginekologga murojaat qilishingiz kerak.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
20-haftada homiladorlik alomatlari
Bunga gormonlar sabab boʻladi. Yana.
Qorin kattalashib borgani sari siz qorningizda va koʻkrak sohasida terining choʻzilishini his qilishingiz mumkin. Odatda ular tugʻruqdan keyin ancha sezilmas boʻlib qoladi. Pulingizni “moʻʼjiza-krem”larga sarflashingiz shart emas – oddiy namlantiruvchi kremlar ham yetarli.
Hojatxonaga tez-tez borish homiladorlikning dastlabki bosqichlarida eng koʻp kuzatiladigan alomatlardan biridir. Bu bachadon oʻsishi va siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bogʻliq.
Progesteron, homiladorlik gormoni, ovqat hazm boʻlishini sekinlashtiradi va bu qorinning dam boʻlishiga va ortiqcha gaz yigʻilishiga olib kelishi mumkin8.
Qorindagi ogʻriqlar bachadonning kattalashishi tufayli yuzaga keladi (ularni shuningdek “aylana boʻgʻlam ogʻrigʻi” deb ham ataladi). Ulardan xalos boʻlish uchun oyoqlaringizni koʻtargan holda yoting.
Temir moddasini koʻproq isteʻmol qiling
Temir homiladorlik davridagi asosiy ozuqa moddasi va muvozanatlashgan ovqatlanishning muhim qismi hisoblanadi. Ayollarga ularning homilador ekanligi yoki emasligidan qatʼiy nazar kuniga 14,8 mg miqdorida temir moddasini isteʼmol qilish tavsiya etiladi9. Qon hujayralariga temir sizning tanangiz va kichkintoyingizning tanasi boʻylab kislorodni tashishi uchun zarur. Temir, shuningdek, kichkintoyingizning miya faoliyatini meʼyoriy ishlashiga ham yordam beradi11.
Temir tanqisligi kamqonlikni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun ham homiladorlik davri davomida siz temir, gemoglobin darajasini va organizmdagi qizil qon tanachalari miqdorini aniqlash uchun muntazam ravishda qon tahlili tekshiruvidan oʻtib turasiz.
Homiladorlik paytida koʻp ayollarda gemoglobin kamayishi kuzatiladi, biroq u juda past darajaga tushib ketsa vitaminli qoʻshimchalar qabul qilish buyuriladi12.
Temirga boy mahsulotlar:
- Yogʻsiz goʻsht (har doim ularning yaxshi pishirilganiga ishonch hosil qiling)
- Yogʻli baliq, masalan sardina.
- Toʻq yashil rangli sabzavotlar, jumladan brokkoli, kress-salat, ismaloq va karam
- Yongʻoqlar, jumladan keshyu yongʻogʻi.
- Dukkakli mahsulotlar, jumladan loviya, noʻxat va yasmiq
- Butun donli mahsulotlar, jumladan elanmagan undan tayyorlangan non va nonushta uchun moʻljallangan temir bilan boyitilgan yormalar
- Oʻrik, qora olxoʻri va uzum kabi quritilgan mevalar
- Tuxum
Ilmiy izoh
Temir
Nutricia asosida
C vitamini temirning soʻrilishiga yordam berishi mumkin, ammo baʼzi mahsulotlar va ularning birikmalari bu jarayonga xalaqit berishi mumkin. Masalan, choy va qahva tarkibida temirning soʻrilishiga xalaqit beradigan fenol birikmalar (xushboʻylik va taʼm hosil qiluvchi tabiiy kimyoviy moddalar) mavjud13.
Shuningdek, butun donli mahsulotlar tarkibidagi fitatlar undagi minerallarning soʻrilishini qiyinlashtiradi. Biroq butun donlarni pishirish, qaynatish, ivitib qoʻyish yoki undirish ularning tarkibidagi fitin kislotasini nofaollashtiradi, bu temir va boshqa mineral moddalarni oʻzlashtirilishiga va butun donlar tarkibidagi foydali mikroelementlarning soʻrilishiga imkon beradi14.
Homiladorlikning 20-haftasida jismoniy mashqlar
Agar siz ham, farzandingiz ham sogʻlom boʻlsangiz unda oʻrtacha jismoniy mashqlar, har ikkalangiz uchun ham foyda boʻladi. Siz hatto oldin mashq qilmagan boʻlsangiz ham hozirdanoq mashgʻulotlarni boshlashingiz mumkin, muhimi ehtiyotkorlik va oʻrtacha yuklamadan oshirmaslik kerak.
Homila rivojlanib borgani sari yoki terapevtingiz maslahatiga binoan jismoniy mashqlar tempini kamaytirishingiz mumkin. Mashgʻulotlar vaqtida gapirish va suhbatni davom ettirish oson boʻlishi kerak. Agar nafas olishda qiynalayotgan boʻlsangiz, unda yuklama sizga ogʻirlik qilayotgan boʻlishi mumkin. Agar sizda bu borada ikkilanishlar boʻlsa, oʻzingizning akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing.
Yurish
Bu homiladorlik vaqtidagi eng ajoyib mashgʻulot, tez yurish esa yurak uchun foydali. Har hafta kamida 3-5 marta 30 daqiqadan yurishga harakat qiling15.
Yoga
U mushaklarni choʻzish va mustahkamlashga, homiladorlikdagi ogʻriqlarni (ayniqsa bel ogʻrigʻini) kamaytirishga va ayniqsa qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Murakkab pozalarni qilishga, ayniqsa burilish harakatlarini qilishga urinmang va Bikram Yoga bilan shugʻullanmang15.
Suzish
Bu bir vaqtning oʻzida kuchni taqsimlashga va aerobik chidamlilikni oshirishga imkon beradigan ajoyib mashgʻulotdir. Siz haftasiga 3-5 martagacha 30 daqiqadan suzishingiz mumkin15.
Mashgʻulotlarni kichik yuklamadan boshlang va haftasiga 3-5 martagacha 30 daqiqadan koʻproq vaqt davomida mashq qiling. Jismoniy mashqlardan oldin har doim qizib olish uchun bir necha daqiqa ajrating va choʻzilish va nafas gimnastikalari yordamida sovish uchun ham vaqt ajrating.
- Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009.
- NHS UK. Week 20 – your second trimester. [ONLINE] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/20-weeks-pregnant/ [Accessed December 2019]
- 20 weeks pregnant: advice, symptoms and what to expect. [ONLINE] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/pregnancy-and-birth/pregnancy/pregnancy-week-by-week/week-20-twenty-weeks-pregnant
- Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013.
- Braxton Hicks. [ONLINE] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/labour-birth/braxton-hicks Page last reviewed: July 3rd 2019. Next review date: July 3rd 2022.
- NHS UK. Start4life. Week 13 – your second trimester [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-13/ [Accessed December 2019]
- NHS UK. Start4life. Week 17 – your second trimester [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-17/ [Accessed December 2019]
- NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/ [Acessed December 2019]
- Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. TSO: London, 1991.
- European Union. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health OJ L 136 2012;1
- European Union. Commission Regulation (EU) No 957/2010 of 22 October 2010 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 279 2010;13-7.
- NHS UK. Vitamins, supplements and nutrition in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/ [Accessed December 2019]
- Mascitelli L, Goldstein M, Inhibition of iron absorption by polyphenols as an anti-cancer mechanism, QJM: An International Journal of Medicine, Volume 104, Issue 5, May 2011, Pages 459–461, https://doi.org/10.1093/qjmed/hcq239 [Accessed December 2019]
- Brune M, Rossander L, Hallberg L. Department of Medicine II, University of Göteborg, Sweden. Iron absorption and phenolic compounds: importance of different phenolic structures. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/2598894
- Healthline. What Exercises Are Safe in the Second Trimester? [Online] Available at: https://www.healthline.com/health/pregnancy/second-trimester-exercise-fitness [Accessed December 2019]
Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 19-dekabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.