Homiladorlikning 28-haftasi

Homiladorlikning 28-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

7 oy (Trimestr 3)

Xotirjam bo‘lishingiz mumkin

Uchinchi trimestr kirib kelganda, teriosti yog‘lari to‘planib, farzandingizning vazni tez osha boshlaydi, bola vaqtidan ilgari tug‘ulgan holatlarda mustaqil nafas olishi uchun uning o‘pkalari esa yetarlicha rivojlanib bo‘ladi. Ayrim ayollarda homiladorlikning uchinchi trimestrida gestatsion diabet tashxisi qo‘yilishi mumkin. Bu muammo bila kurashishda hayot tarzidagi qanday o‘zgarishlar yordam berishi haqida bilib oling.

plod 28 nedelya

28-haftada homilaning rivojlanishi

Homiladorlikning 28-haftasida bolaning teriosti yog‘i

Homiladorlikning 28-haftasiga kelib, farzandingiz to‘liq shakllanib bo‘ladi va vazni taxminan 1 kg.ni tashkil etadi1. Uning tanasining aksariyat tizimlari ishga tushib ulgurganligi bois, endi rivojlanishning katta qismi o‘sishga qaratilgan. Ko‘pincha bu bola dunyoga kelgandan keyin uni isitadigan yog‘ qatlamlarining to‘planishi bilan bog‘liq1.

Farzandingiz bu bosqichda shunchalar rivojlangan bo‘ladiki, agarda tug‘ilib qolsa, sun’iy ventilyatsiya yordamida bo‘lsa, uning o‘pkalari havodan nafas ololadi2.

28-haftaga kelib, farzandingizning o‘pkasi nafas olish uchun yetarlicha rivojlangan bo‘ladi.

Shu kunlarda farzandingizning yurak urishini eshitib ko‘rdingizmi? Tug‘ruqdan oldingi konsultatsiyalar ko‘payishi bilan akusher-ginekologingiz tez-tez ko‘rik o‘tkazadi va siz ultratovush yoki stetoskop yordamida farzandingizning yurak urishini eshitib ko‘rishingiz mumkin. Bu bosqichda uning pulsi daqiqasiga 140 tagacha kamayadi va umr yo‘ldoshingiz qorningizga qulog‘ini qo‘yib, buni eshitishi mumkin1.

Homila kattalashgani sari harakatlanish qorin bo‘shlig‘ida joy kamayib boraveradi, shuning uchun farzandingiz salgina cho‘zilsa yoki qimirlasa ham sezasiz.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Gestatsion diabet

Homilani sog‘lom rivojlanish uchun zarur bo‘lgan barcha ozuqaviy moddalar bilan ta’minlash uchun homiladorlik davrida muvozanatlashtirilgan parhezga rioya qilish o‘ta muhimdir. Bu shaxsiy salomatligingiz uchun ham muhimdir. Ayrim ayollarda homiladorlik davrida, odatda uchinchi trimestrda gestatsion diabet rivojlanadi3. Ayrimlarda boshqalarga nisbatan bu holatning rivojlanish ehtimoli katta ekanligini bir qator sabablari mavjud bo‘lib, homiladorlikkacha ortiqcha vazn va 30 dan yuqori tana vazni indeksi shular jumlasidan4.

Ayrim ayollarda homiladorlik davrida, odatda uchinchi trimestrda gestatsion diabet rivojlanadi.

Gestatsion diabet – bu tana qondagi glyukoza darajasini nazorat qiladigan insulin gormonining kerakli miqdori ishlab chiqara olmaydigan holatdir. Natijada qonda qand darajasi o‘ta yuqori bo‘lib ketishi mumkin3.

Rivojlanib borayotgan homilani ham ta’minlash zaruriyati bois homiladorlik vaqtida insulinga bo‘lgan talab oshadi. Butun homiladorlik mobaynida doimiy ravsihda siydikka tahlil topshirasiz, bundan maqsad unda qonda glyukoza darajasi yuqoriligi belgisi sanaladigan glyukoza mavjudligini tekshirishdir. Sizdaglyukoza darajasi o‘ta yuqori bo‘lsa, ayrim ayollarga dorilar buyurilsa ham, gestatsion diabetni sog‘lom parhez va jismoniy mashqlar yordamida davolash mumkin. Gestatsion diabetni davolamasangiz, tug‘ruqda asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Gestatsion diabet va hayot tarzini o‘zgartirish unga qarshi kurashishda qanday yordam berishi haqida batafsil bilib oling.

Keyingi qadamlar

Gestatsion diabet tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, uni davolash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Hayot tarzingizdagi o‘zgartirishlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin4:

• Muntazam ovqatlaning — ovqatlanishni kanda qilmang.

• Imkoni boricha glikemik indeksi (GI) past bo‘lgan mahsulotlarni tanlang. Bunday mahsulotlarni organizm sekin parchalaydi, bu esa qonda qand miqdorini barqaror saqlashga yordam beradi.

• Ko‘proq meva va sabzavotlar yeng.

• Shakar iste’molini kamaytiring.

• Yog‘ bilan to‘yinmagan mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling.

• Iste’mol qilinadigan kaloriya miqdorini nazorat qiling.

1. NHS UK. You and your baby at 25-28 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: http://www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-25-26-27-28.aspx [Accessed August 2016]

2. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p.44.

3. NHS UK. Gestational diabetes – Introduction [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/Conditions/gestational-diabetes/Pages/Introduction.aspx [Accessed August 2016]

4. Royal College of Obstetricians & Gynaecologists. Information for you: Gestational diabetes [Online]. Available at: www.rcog.org.uk/globalassets/documents/patients/patient-information-leaflets/pregnancy/pi-gestational-diabetes.pdf[Accessed August 2016].

5. NHS UK. Gestational diabetes – Treatment [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/Conditions/gestational-diabetes/Pages/Treatment.aspx [Accessed August 2016]

Yangilangan sana: 2016-yil 8-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x