Homiladorlik davrida istisno qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar

O‘qishga sarflanadigan vaqt: 8 daqiqa

Afsuski, Sizning sevimli mahsulotlaringizdan ayrimlarini homiladorlik davrida ratsiondan chiqarib turishga to‘g‘ri keladi, chunki ular toksinlarga ega bo‘lishi yoki ovqatdan zaharlanish xatarini kuchaytirishi mumkin. Homiladorlik davrida qanday mahsulotlardan chetlanishingiz kerakligini, qanday mahsulotlar va ichimliklarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini bilib oling.

Homiladorlik davrida nimani yeyish mumkin emas

Homiladorlik davrida qaysi mahsulotlardan chetlanish kerakligini bilish ozuqa moddalarining to‘g‘ri muvozanatidek muhimdir. Ayrim mahsulotlar ovqatdan zaharlanishning yuqori xatariga ega, boshqalarida esa, iste’mol qilmaslik ma’qulroq bo‘lgan toksinlar mavjud.

Homiladorlik davrida chetlanish kerak bo‘lgan mahsulotlar

Ovqatdan zaharlanish o‘zingiz uchun yoqimsiz bo‘libgina qolmay, farzandingiz salomatligini ham xatar ostiga qo‘yishi mumkin. Shu sababli homiladorlik davrida o‘z ovqatlanishingizga alohida e’tibor berishingiz, taom tayyorlayotganda nihoyatda ehtiyot bo‘lishingiz va listerioz – ovqatdan zaharlanishning bir turiga chalinish xatari bilan bog‘liq mahsulotlardan chetlanishingiz lozim.

Listerioz Listeria monocytogenes – atrof-muhitda tabiiy tarzda uchraydigan va tuproq hamda suvda mavjud bakteriya tufayli yuzaga keladi. Uni tuproq yoki suv ta’siriga uchragan mahsulotlarda yoki bakteriya tashuvchisi bo‘lgan hayvonlarning go‘shti kabi mahsulotlarda va sut mahsulotlarida, shuningdek yumshoq pishloqlar va go‘shtni yumshoq bo‘laklari kabi ishlov berilgan oziq-ovqatlarda uchratish mumkin.

Homiladorlik davrida quyidagi mahsulotlardan chetlanish talab etiladi:

• Yaxshi tayyorlanmagan yoki yetarlicha qaynatilmagan go‘sht – potensial toksoplazmoz xatari tufayli go‘sht yaxshilab qovurilgan bo‘lishi lozim.

• Xom mollyuskalar, masalan, ustritsalar.

• Yumshatilgan go‘sht – salyami, chorizo, pepperoni yoki Parma vetchinasi (agar pishirilmagan bo‘lsa).

• Pesterizatsiyalanmagan sut, yogurt yoki pishloq, jumladan bri, kamamber yoki moviy mog‘orli pishloqlar.

• Qilich-baliq, marlin va akula – ularda simob mavjud, u ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda farzandingizning asab tizimi rivojlanishiga shikast yetkazishi mumkin. Tunetsda ham simob bor, shu sababli uning iste’molini  har haftada 140 g.dan 4 banka yoki har biri 170 g.dan 2 ta yangi steyk bilan cheklang.

• Jigar va jigar mahsulotlari, masalan, pashtet – ular haddan tashqari ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda farzandingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan A vitaminiga ega. Homiladorlik davrida A vitaminining roli haqida ko‘proq bilib oling.

Yodda tutish kerak bo‘lgan boshqa yegulik va ichimliklar

Tuxum

Ashar Siz homiladorlik davrida suyuq, qovurilgan yoki qaynatilgan tuxum yeyishni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi, deb xavotirlanayotgan bo‘lsangiz, yoqimli xushxabar bor: yaqinda homiladorlik davrida xom yoki chala qaynatilgan tuxumlar iste’moli borasida tavsiyalar o‘zgardi. Homiladorlik davrida tuxumni qanday yeyish to‘g‘risida ko‘proq bilib oling.

Alkogol

Siz ichadigan har qanday alkogol yo‘ldosh orqali bolaga o‘tadi. Homiladorlik davrida alkogolni haddan ortiq iste’mol qilish bolaning rivojiga jiddiy ta’sir qilishi hammaga ma’lum bo‘lsa-da, bu qanchalik xavfli ekanligi haqida biror dalil yo‘q. Homiladorlik davrida alkogol iste’moli to‘g‘risida ko‘proq bilib oling.

Kofein

Kofein yo‘ldosh orali o‘tadi, shu sababli farzandingiz Siz bilan bir xil effektni his qiladi, uning yurak ritmi tezlashadi va ta’sirchanligi ortadi. Homiladorlik davrida kofein haqida, shuningdek u mavjud mahsulotlar va ichimliklar to‘g‘risida bilib oling.

To‘yingan yog‘lar

Ayrim yog‘lar farzandingiz o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lsa, boshqalari Sizning sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin va ularni homiladorlar uchun parhezda cheklash kerak bo‘ladi.

Idealda yog‘lar kaloriyalar kunlik me’yorining 35%idan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ko‘plab odamlar ushbu limit doirasida tanovul qiladilar ammo juda ko‘plab to‘yingan yog‘lar iste’mol qilish va sog‘lom yog‘lar iste’moli yetarli emasligi tendensiyasi mavjud.

To‘yingan yog‘lar qondagi xolesterin miqdorini oshirishi, bu yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin. To‘yingan yog‘larni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish homiladorlik davrida ortiqcha vazn yig‘ishga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘yingan yog‘lar kaloriya yig‘ishingizning maksimum 11%ini tashkil qilishini nazorat qilib borishni tavsiya etadi, bu taxminan 20g.ni tashkil qiladi.

Quyidagi mahsulotlar ko‘plab to‘yingan yog‘larga ega:

  • go‘shtning yog‘li bo‘laklari
  • yog‘li sut mahsulotlari
  • tortlar
  • pechenye
  • chipslar
  • qaymoq va muzqaymoqlar

Transyog‘lar

Transyog‘lar – bu sun’iy yaratilgan yog‘lar bo‘lib, oziq-ovqat ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ular mahsulotlarning yaroqlilik muddatini uzaytirib, ta’m barqarorligini ushlab turadi. Transyog‘larning kichik miqdori tabiiy tarzda go‘sht va sut mahsulotlarida, shuningdek gidrogenizatsiyalangan o‘simlik yog‘lariga ega mahsulotlarda ham mavjud bo‘ladi. Margarin, mikroto‘lqinli pechda tayyorlangan popkorn va krekerlarning ayrim turlari transyog‘larga ega bo‘lishi mumkin, shu sababli qadoqda keltirilgan tarkib bilan yaxshilab tanishish kerak. Transyog‘lar ham xolesterin miqdorini ko‘paytirishi mumkin, bu yurak kasalliklari xatarini oshiradi.

Homiladorlik davrida yeryong‘oq xavfsizmi?

Agar Sizda yeryong‘oqqa allergiya bo‘lmasa yoki vrach Sizga uni ratsiondan chiqarishni tavsiya qilmagan bo‘lsa, yeryong‘oq va u mavjud mahsulotlar endilikda homiladorlik va ko‘krak bilan emizish davrida xavfsiz sanaladi. Ilmiy tadqiqotlar sharhida onaning yeryong‘oq iste’mol qilishi va bolada allergiya rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik borligining aniq dalil-isboti ko‘rinmadi.

Oziq-ovqat gigiyenasi bo‘yicha maslahatlar

Ovqatni xavfsiz tayyorlash homiladorlik davrida oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish uchun nihoyatda muhim. Har doim ovqat tayyorlashdan oldin va keyin qo‘lni yuvish, shuningdek meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Tayyor taomlar, isitilgan ovqat yoki restorandagi ovqatlarni yeyishdan oldin ular yaxshilab pishirilganligini doimo tekshiring.

  1. NHS. Foods to avoid during pregnancy [Online]. 2017. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/917.aspx?CategoryID=54 [Accessed February 2020]
  2. NHS. Listeriosis [Online]. 2017. Available at: www.nhs.uk/conditions/listeriosis/ [Accessed February 2020]
  3. NHS. Fish and shellfish [Online]. 2018. Available at: www.nhs.uk/live-well/eat-well/fish-and-shellfish-nutrition/ [Accessed February 2020]
  4. NHS. Drinking alcohol while pregnant [Online]. 2020. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/alcohol-medicines-drugs-pregnant/ [Accessed February 2020]
  5. NHS. Fat – the facts [Online]. 2017. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/Fat.aspx [Accessed February 2020]
  6. British Nutrition Information. Fats Explained [Online]. 2017. Available at: www.nutrition.org.uk/ [Accessed February 2020]
  7. NHS. Trans-fat [Online]. 2008. Available at: www.nhs.uk/ [Accessed February 2020]

So‘nggi yangilash: 2020-yil 29-may

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x