5-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 5-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

2 Oy (Trimestr 1)

homila belgisi

5-haftada bolaning rivojlanishi

Kichkintoyingizda asosiy organlar, jumladan yurak ham jadal rivojlanmoqda1.

homilador ayol

A vitamini

Farzandingizning rivojlanishida A vitamini qanday rol oʻynashi haqida bilib oling.

sabzi

Salomatligingizni qoʻllab-quvvatlang

Homiladorlik paytida faol hayot tarzini qanday qilib toʻgʻri olib borish haqida bilib oling.

5-haftada bolaning rivojlanishi

plod 6 nedelya

Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?

Homiladorlikning 5-haftasida, tibbiyot nuqtai nazaridan embrion deb ataladigan kichkintoyingizning boʻyi 1 mm dan sal ortiq boʻladi – taxminan kunjut urugʻidek boʻladi. Bu vaqtda uning bosh miyasi, orqa miyasi va qon tomirlari, garchi mikroskopik darajada boʻlsada, rivojlana boshlaydi2. Shuningdek, uning qon aylanish tizimi ham rivojlanadi va taxminan 5-haftaning oxiriga kelib sizning boʻlgʻusi farzandingizning yuragi ura boshlaydi.

Shu bilan birga, bolangizni ozuqa moddalari bilan taʼminlaydigan kindigi ham shakllana boshlaydi.

Amniotik qop ham shakllana boshlaydi – u shaffof och rangdagi suyuqlik bilan toʻladi va kichkintoyingiz uchun oʻziga xos “yumshoq yostiq”ni hosil qiladi.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 5-haftasi (birinchi trimestr)

Mening tanamda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

Shubhasiz, bu haftada siz homilador ekanligingizni aniq bilib olasiz. Agar hayz davrining kechikayotganligi yoki koʻkrakdagi ogʻriq va charchoq kabi boshqa alomatlar siz uchun ishonchli dalil boʻla olmagan boʻlsa, unda 5-haftadan soʻng sizning gormonlaringiz darajasi buni homiladorlik testi bilan tasdiqlash uchun yetarli darajada yuqori boʻladi. 4

Homiladorlikning dastlabki bosqichlardagi belgilari: 5-hafta

charchab uhlagan ayol

Barcha homilador ayollarda turli xil homiladorlik belgilari paydo boʻladi. 5-haftada siz quyidagi alomatlardan birini his qilishingiz yoki ularning hech birini his qilmasligingiz mumkin:

Sizning koʻkragingiz kattalashishi va ogʻriq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Siz shuningdek koʻkragingizda boshqa oʻzgarishlarni ham his qilishingiz mumkin – sizning tanangiz mana shunday qilib ona suti bilan emizishga tayyorlana boshlaydi.

Dastlabki 12 hafta davomida gormonal oʻzgarishlar sizda charchoq yoki holsizlik hisini keltirib chiqarishi mumkin.

Boʻlajak onalarning 80% i birinchi trimestrda ertalablari koʻngil aynishi va lohaslikni his etishadi6. Bu holat kunning istalgan vaqtida kuzatilishi va koʻngil aynishining yengil xurujlaridan tortib kun boʻyi koʻngil aynishi hissigacha turlicha namoyon boʻlishi mumkin.

Progesteron, homiladorlik gormoni, ovqat hazm boʻlishini sekinlashtiradi va bu qorinning dam boʻlishiga va ortiqcha gaz yigʻilishiga olib kelishi mumkin7.

Homiladorlikning dastlabki davrida yengil spazmlar va qonli ajralmalar tez-tez kuzatiladi8,9. Biroq, agar ogʻriq kuchli boʻlsa (hayz koʻrish paytidagi spazmlardan kuchliroq boʻlsa) yoki qon ketishi juda koʻp boʻlsa, darhol oʻz shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

Hojatxonaga tez-tez borish homiladorlikning dastlabki bosqichlarida eng koʻp kuzatiladigan alomatlardan biridir. Bu bachadon oʻsishi va siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bogʻliq.

Homiladorlik gormonlari – estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 haftada jadal ortadi10 va sizning oʻzingizni qanday his qilishingizga taʼsir koʻrsatadi. Dam olish va jismoniy faoliyat bilan kamroq shugʻullanish hissiy jihatdan oʻzingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

A vitaminiga eʼtiboringizni qarating

Sogʻlom, muvozanatlashgan dieta sizning farzandingiz uchun zarur boʻlgan A vitaminining yetarli darajada boʻlishini taʼminlashi kerak.

A vitaminini keragidan ortiqcha isteʼmol qilish ham sizning boʻlajak farzandingizning rivojlanishida muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini eʼtiborga oling.11,12

maymunjon

Eng yaxshisi oʻzida A vitaminini saqlovchi quyidagi mahsulotlarni oʻz ichiga olgan muvozanatlashgan dietaga amal qilgan maʼqul:

  • pishloq
  • yogʻli yogurt
  • tuxum
  • karam va ismaloq kabi yashil bargli sabzavotlar
  • qovun, mango va oʻrik
  • sabzi, qalampir, muskat qovoq va oddiy qovoq kabi sabzi rangdagi va sariq rangdagi sabzavotlar.

Oʻzida koʻp miqdordagi A vitaminini saqlaydigan mahsulotlardan: jigar, jigarli pashtet va oʻzida A vitaminini saqlaydigan homilador ayollarga moʻljallanmagan qoʻshimchalarni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak. Agar siz multivitaminlar qabul qilsangiz, unda prenatal yarim vitaminlar qabul qilishga oʻting – ular sizning va boʻlajak farzandingizning ehtiyojlariga moslashtirilgan.

ILMIY IZOH

A vitamini

Nutricia asosida

A vitamini koʻrish organlarining tabiiy rivojlanishiga va immunitetning oshishiga yordam beradi, shuningdek, sizning boʻlajak farzandingizning teri hujayralarini shakllanishida muhim rol oʻynaydi.

taroz

Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.

Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.

  1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 31.
  2. NHS. You and your baby at 0-8 weeks pregnant [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-4-5-6-7-8.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
  3. NHS. What is the amniotic sac? [Online]. Available at: www.nhs.uk/chq/pages/2310.aspx Page last reviewed: 26 September 2018. Next review due: 26 September 2021.
  4. NHS. Doing a pregnancy test [Online]. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-test.aspx Page last reviewed: 1 October 2018. Next review due: 1 October 2021.
  5. NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/signs-and-symptoms-pregnancy/ Page last reviewed: 6 October 2018. Next review due: 6 October 2021.
  6. Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine. Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/
  7. NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/
  8. NHS. Vaginal bleeding in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021.
  9. NHS. Stomach pain in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.
  10. Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/
  11. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
  12. NHS UK. Foods to avoid in pregnancy [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/foods-to-avoid-pregnant.aspx [Page last reviewed: 23 January 2017. Next review due: 23 January 2020.
  13. World Health Organization [Online]. Available at: https://www.who.int/
  14. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.

Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 23-oktyabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x