Homiladorlikning 40-haftasi — nechanchi oy?
9 oy (Trimestr 3)
Yorug‘ kunlarga ham oz qoldi…
Homiladorlikning 40-haftasiga kelib, farzandingiz to‘liq shakllanib bo‘ladi va u tug‘ilishga tayyor. Endi uning oziqlanishi ko‘krak bilan oziqlantirish davridagi ratsioningizga bog‘liq, shuning uchun butun homiladorlik davomida siz shakllantirgan sog‘lom ovqatlanish odatlariga amal qilishda davom etish muhimdir. Ko‘krak bilan oziqlantirishda UZYTYKga (uzun zanjirli yarim to‘yingan yog‘ kislotalari) boy mahsulotlar nega parhezning muhim qismi ekanligi va ularni qaysi manbalardan olish mumkinligini bilib oling.
40-haftada homilaning rivojlanishi
40-hafta: uchrashuvga tayyormisiz?
So‘nggi 40 haftada farzandingiz bitta hujayradan bir olam ichki imkoniyatlarga ega yaxshi rivojlangan, o‘ziga xos va mittigina chiroyli odamga aylandi.
U dunyoga kelganda vazni taxminan 3,5 kg, bo‘yi esa 37 sm.lar atrofida, shundan tananing 15 %ini yog‘ tashkil etadi1. Tug‘ilgan paytda bolaning 70 dan ortiq reflekslari ishlaydi va u bir necha oy qorningizda bo‘lganligi bois sizning ovozingizni tanishi mumkin1.
Bola tug’iladigan paytga kelib, yo‘ldosh bachadondan ajraladi, ba’zan bu jarayon uchun bola tug’ilgandan keyin biroz itarish kerak bo‘ladi.
Shu paytda yo‘ldosh va kindikning ishi tugaydi, bola esa mustaqil nafas olishni boshlaydi1.
Agar 40-haftaga kelib, hali bolaning tug‘ilishidan darak bo‘lmasa, tushkunlikka tushmang. Homiladorlikning taxminan 50 %i 40 haftadan ortiq davom etadi. Homiladorlik me’yorda va yaxshi kechayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik tibbiyot xodimlari 42-haftagacha kuzatishda davom ettirishga ruxsat beradi2.
Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.
YTYK: bolaning miyasi va ko‘rish qobiliyati rivojlanishida yordam beradi
Uzun zanjirli yarim to‘yingan yog‘ kislotalari (UZYTYK) – bu ma’lum bir oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan yog‘lar guruhidir. AK (Omega-6) va DGK (Omega-3) kabi bir qator UZYTYKlari mavjud bo‘lib, ularni organizmingiz homiladorlik davrida va tug‘ilgandan so‘ng unga ko‘krak suti bilan uzatiladi.
DGK homiladorlik davrida bola miyasining sog‘lom rivojlanishiga yordam beradi. Tug‘ilgandan keyin DGK dastlabki o‘n ikki oy davomida ko‘krak bilan oziqlantiriladigan bolalarning miyasi va ko‘zining sog‘lom rivojlanishiga yordam berishda davom etadi3.
Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida ratsioningizga har kuni qo‘shimcha ravishda 200 mg DGK kiritishingiz tavsiya etiladi3. Yog‘li baliq, masalan skumbriya, sardina, yangi tutilgan tunes va losos DGKga boy manbalar sanaladi. Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida ushbu foydali moddaning kerakli zaxirasi bilan ta’minlash uchun haftasiga 2 porsiyagacha yog‘li baliq yeyishni kanda qilmang.
Agar baliqni xush ko‘rmasangiz, yong‘oq, urug‘lar, to‘q yashil sabzavotlar, raps moyi, butun donli boshoqli o‘simliklar va soya mahsulotlari kabi Omega-3 moylarining boshqa bir qator manbalarini ratsioningizga albatta kiriting4. Ushbu mahsulotlar tarkibida Omega-3 yog‘lari bo‘lsa ham, organizm ularni samarali ravishda DGKga aylantira olmaydi4.
DGK qo‘shimchalarini qabul qilishingiz mumkin, ammo bundan oldin terapevt yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing.
Keyingi qadamlar
Omega-3’ga boy quyidagi yengil yegulik va taomlardan ta’tib ko‘ring:
- Butun donli qovurilgan nonda bilan tayyorlangan skumbriya
- Grillda dimlangan sabzavotlar bilan losos
- Lososdan tayyorlangan baliq kotletlari
- Don yormasidan bir porsiya
- Yong‘oq va urug‘lardan bir hovuch
- Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p.51.
- Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 338.
- Commission Regulation (EU) No 440/2011 of 6 May 2011 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to children’s development and health. OJ L 119, 7.5.2011, pp. 4–
- Gandy J (Ed). Manual of Dietetic Practice, 5th Edition. Wiley Blackwell. UK. 2014 p.759
Yangilangan sana: 2016-yil 9-sentabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.