Homiladorlikning 38-haftasi — nechanchi oy?
9 oy (Trimestr 3)
Shakllanish davri
Homiladorlikning 38-haftasida farzandingizning vazni 3 kg.dan biroz ko‘proq bo‘ladi. Bu vaqtda ko‘pchilik ayollarda homila qorinning pastki qismiga pasayadi, bu hodisa homilaning shakllanishi yoki bachadonning pasayishi deb ataladi. Bu tez orada bolaning dunyoga kelish belgisidir. Tug‘ruqxonaga ketishda o‘zingiz bilan olishingiz mumkin bo‘lgan sog‘lom yeguliklar bo‘yicha tavsiyalarimizni o‘qing. Bu yeguliklar to‘lg‘oq boshlanganda siz va farzandingizga kerak bo‘ladigan quvvat bilan ta’minlaydi.
38-haftada homilaning rivojlanishi
Homiladorlikning 38-haftasida nafas olish osonlashadi
Homiladorlikning 38-haftasiga kelib farzandingizning vazni 3,2 kg1 atrofida bo‘ladi, u to‘liq rivojlangan va dunyoga kelishga tayyor2. U hattoki qorin bo‘shlig‘idan pastroqda joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Ayrim bo‘lg‘usi onalarda qorinning pasayishi faqat tug’ishdan oldin sodir bo‘lsa ham, bu holatni ba’zan oldinroq sezish mumkin1.
Bu vaqtga kelib homilada uni homiladorlikning aksariyat muddatida himoya qilgan va isitgan mayin yumshoq sochlar – lanugoning katta qismi tushib bo‘ladi. Ayrim chaqaloqlarda tug‘ilganda lanugoning ma’lum qismi to‘kilmagan holatlar ham uchraydi, bu sochlar bir necha kun yoki hafta davomida sekin-sekin yo‘qoladi1.
Tug‘ilgandan keyin homila organizmini hayotga tayyorlashning yana bir usuli – bu o‘pkalarda ko‘p miqdorda surfaktant ishlab chiqilishidir. Bu modda homilani o‘rab turgan suvni qabul qilishdan nafas olishga o‘tishda o‘pkalardagi havo qopchalarini berkilib qolishdan saqlaydi3.
Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.
Tug‘ruqqa tayyorlanish uchun yeguliklar: energiya va ovqatlanish haqida o‘ylang
Tug‘ruq vaqti yaqinlashishi bilan 38-hafta – tug‘ruqxonaga tayyorlanishning ayni vaqti. Shaxsiy buyumlarni olishdan tashqari, turli xil ozuqaviy yeguliklarni ham o‘zingiz bilan olsangiz, zarar qilmaydi, chunki bular tug‘ruqning barcha bosqichlarida yetarlicha quvvat olish uchun kerak bo‘ladi.
Bu paytda ko‘p yeyishni xohlamasligingiz aniq, ammo ozuqaviy moddalarga boy bir-iiki bo‘lak yegulik sizga as qotadi. Tug‘ruqxonaga ketishdan oldin sumkangizga joylang, chunki to‘lg‘oq qachon boshlanishini bilmaysiz.
Keyingi qadamlar
Sog‘lom, kaloriyaga boy yeguliklarni o‘zingiz bilan oling, ular to‘lg‘oq paytida kuch bo‘ladi va ko‘krak bilan oziqlantirishga o‘tish davrida tanangiz va farzandingizga yordam beradi:
- Banan
- O‘rik qoqi, mayiz va boshqa quruq mevalar
- Yangi uzilgan mevalar
- Donli batonchiklar
- suli yormasidan tayyorlangan non
- Yong‘oq
Suvsizlanib qolmaslik uchun ichimliklar olishni unutmang. Ayrim ayollar ichishga qulay bo‘lishi uchun o‘zi bilan sport uchun mo‘ljallangan idishda suv yoki meva sharbati olishni ma’qul ko‘rishadi.
1. NHS UK. You and your baby at 37-40 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-37-38-39-40.aspx [Accessed September 2016]
2. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 49.
3. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 337.
Yangilangan sana: 2016-yil 9-sentabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.