17-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 17-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

4 oy (Trimestr 2)

homilaning belgisi

17-haftada homilaning rivojlanishi

Bu haftada homila mustaqil nafas olishni boshlaydi.

gilamcha

Jismoniy mashqlar va fitnes

Homiladorlik – jismoniy mashqlardan voz kechish degani emas, asosiysi – xavfsizlik qoidalariga rioya qilsangiz bo‘lgani.

baliq

Ovqatlanish va ratsion

“Quyosh vitamini” – D g‘amlab oling—

17-haftada homilaning rivojlanishi

homilaning 17haftasi

Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?

Homiladorlikning 17-haftasiga kelib homilaning vazni 150 g1 va boshining qoq uchidan dumg‘azagacha 13 sm bo‘lishi kerak2. Shu muddatgacha uning boshi tanaga nisbatan kattaroq bo‘ladi, ammo endi tana kattalashib, vazn yig‘a boshlaydi. Taxminan mana shu paytda yog‘ to‘playdigan yog‘ to‘qimalari shakllanadi3.

Soch, qosh va kipriklar o‘sishda davom etadi4. Nafas olish tizimi ham rivojlanadi va farzandingiz ko‘krak qafasi ko‘tarilib tushishi bo‘yicha nafas olishni boshlaydi. Homiladorlikning 17-haftasiga kelib, bolaning yuragi daqiqasiga 140–150 marta uradi2, bu ko‘rsatkich katta odamning tinch holatdagi o‘rtacha diapazonidan ancha tez degani (daqiqasiga 60–100 marta).

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 17-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Yo‘ldosh ham homila bilan birga rivojlanib, uni ko‘proq kislorod va ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydi va homila qonini zararli moddalardan tozalaydi6. Homiladorlikning oxiriga kelib yo‘ldosh vazni 500 grammga yetadi. Bevosita tug‘ruqdan oldin u bolaga dastlabki oyligida himoya qilishga yordam beradigan antitanalarni taqdim etadi6.

Homila va yo‘ldosh rivojlanishi bilan birga belingiz ham yo‘qolib boraveradi. Bu bachadon dumg‘aza sohasidan ko‘tarilib, 17 haftaga kelib dumaloqlashayotgan qorinni ko‘rsatayotganligi bois sodir bo‘ladi. Shuningdek, siz “nur” tarata boshlaysiz, ya’ni gormonlar darajasi va qon oqimining oshishi teridagi qizillik bilan namoyon bo‘ladi7.

Biroq bu o‘zgarishlar ayrim ayollarni tashvishga solishi mumkin. Homiladorlarning 10 %i doimiy gormonal o‘zgarishlar bois kuchayadigan stress va xavotirni boshdan kechirishadi7. Noqulaylikni his qilsangiz, terapevt yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing yoki bizning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

17-haftada homiladorlik belgilari

dam olayotgan ayol

D vitamindan tashqari, homila rivojlanishi uchun ko‘p temir moddasi iste’mol qilishingiz kerak bo‘ladi. Charchoq hissi, nafas qisishi va rangi o‘chganlik – ushbu foydali modda etishmovchiligi belgilaridir8. Tarkibida temir moddasi mavjud mahsulotlarni qabul qilish haqida akusher-ginekologingiz bilan gaplashing.

Homiladorlik davrida tanangizda ko‘p miqdordagi suv yig‘iladi, shu boisdan bir joyda ko‘p turib qolsangiz, suyuqlik to‘piq, qo‘l va oyoqlaringizga tomon harakatlana boshlaydi. Shuning uchun har kuni bir soat davomida oyoqlaringizni quyidagicha ushlab turing: ularni yuqoriga ko‘taring, to‘g‘ri tuting, bu holatda oyoqlar yurak darajasidan yuqoriroq bo‘lishi kerak8.

Odatda tunda kuzatiladi, shu sababli, o‘rningizdan turib, oyoq-qo‘llarni chigilini yozmoqchi bo‘lsangiz, biror narsaga qoqilib ketmaslik uchun chiroqni yoqishni unutmang. Oyoq, to‘piq va tovonlar uchun yengil mashqlar tomir tortishini yo‘qotishda yordam beradi.

Tanada ko‘p qon aylanganligi, shuningdek gormonal beqarorlik bois issiq qon quyilishini his etishingiz mumkin. Havo o‘tkazadigan kattaroq kiyimlarni kiying va sovuq suv bilan suyuqlik muvozanatini saqlang8.

Homiladorlik gormonlari bo‘lgan estrogen va progesteron darajasi oshib boradi va bu bo‘lg‘usi ona qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotganligingizga ta’sir qiladi. Hordiq va yengil jismoniy yuklama o‘zingizni ruhan barqaror his qilishingizga imkon beradi.

Homiladorlik gormoni sanalgan progesteron ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtiradi, bu esa qorin shishishiga va gazlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin10.

D vitaminining ahamiyati

tuxum

D vitamini olishning eng samarali usuli – quyosh vannalari, asosan UF-nurlanishdir.

D vitamini iste’molini qanday oshirsh mumkin?

• Yog‘li baliq, jumladan seld, skumbriya, sardina, losos, gulmohi (haftasiga 2 porsiya yetadi).

• Tuxum – uning sarig‘ida D vitamini mavjud.

• Boyitilgan mahsulotlar – sut va quruq nonushta mahsulotlarning bir qancha markalariga D vitamin kiritilgan.

Ilmiy izoh

D VITAMINI

Nutricia asosida

D vitamini – homiladorlik davrida sog‘lom ovqatlanishning ajralmas qismidir. Ushbu vitaminning ahamiyati katta bo‘lib, bolaning suyaklari o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi hamda uning organizmida kalsiy va fosfat darajasini nazorat qiladi13. Bundan tashqari, bola dunyoga kelgach, D vitamini yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi.D vitamini tuxum va yog‘li baliq kabi ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud. Ammo, uni yetarli miqdorda iste’mol qilayotganingizga ishonch hosil qilishning eng yaxshi usuli – uni qo‘shimchalar ko‘rinishida har kuni 10 mkg miqdorda qabul qilishdir. Ba’zi prenatal polivitaminlar allaqachon D vitaminini o‘z ichiga olgan bo‘ladi yoki siz uni alohida qo‘shimchalar sifatida iste’mol qilishingiz mumkin. Shuningdek, siz rasioningizga quyidagi mahsulotlarni kiritish orqali D vitamini iste’molini oshirishingiz mumkin:

Homiladorlik davrida siz iste’mol qilayotgan D vitamini bolaning suyaklari rivojlanishiga yordam beribgina qolmay, uning organizmidagi zaxiralarni to‘ldiradi, bu esa bola dunyoga kelgach dastlabki bir necha oy davomida uni ushbu vitamin bilan ta’minlaydi14.

Homiladorlikda bosh og‘riqlari

ayolning unutuvchanligi

Ba’zi ayollarda homiladorlikning erta davrlarida bosh og‘riqlari kuzatiladi. Odatda bunday bosh og‘riqlari 4-oyga kelib kamayadi yoki yo‘q bo‘lib ketadi va homilaga hech qanday zarar yetkazmaydi.

Homiladorlik va ko‘krak bilan oziqlantirish davrida parasetamol xavfsizdir, ammo juda kam dozada va imkon qadar qisqaroq muddatga qabul qilish kerak bo‘ladi. Ko‘rsatmalarga amal qilinganda siz yoki farzandingiz uchun uning hech qanday zararli oqibatlari yo‘q15. Parasetamolni qabul qilish dozasi va kursi haqida terapevt yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing.

Qabul qilish tavsiya etilmaydigan og‘riq qoldiruvchi vositalar

Homiladorlik yoki ko‘krak bilan oziqlantirish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydigan bir qator og‘riq qoldiruvchi vositalar vavjud. Ularga ibuprofen yoki naproksen kabi steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek tarkibida kodein va boshqa opiatlar mavjud dorilarni kiritish mumkin. Davolovchi shifokoringiz ularni tavsiya etadigan holatlar bundan mustasno15.

Bosh og‘rig‘imi yoki preeklampsiya?

Agar bosh og‘riqlari davom etaversa, bu preeklampsiya belgilari bo‘lishi mumkin15. Bu kasallik odatda ayollarda homiladorlikning 20-haftasida yoki tug‘ruqdan keyin paydo bo‘ladi.

Preeklampsiya ko‘p holatlarda yengil o‘tadi, ammo unga e’tibor berilmasa yoki davolanmasa, bu jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

Preeklampsiyaga qancha erta tashxis qo‘yilsa, siz va farzandingiz uchun shunchalar xavfsiz bo‘ladi. Sizda quyidagi belgilar bilan kuzatiladigan kuchli bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa, shifokor, akusher-ginekologingiz yoki tug‘ruq bo‘limiga qo‘ng‘iroq qiling:

• Ko‘rish qobilayatining buzilishi

• Ko‘z oldida chaqnash

• Qovurg‘aostida og‘riq

• Qayt qilish

• Yuz, qo‘l, oyoq yoki to‘piqlarda shish

  1. NHS UK. You and your baby at 17-20 weeks pregnant [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-17-18-19-20.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
  2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009.
  3. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011.
  4. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013.
  5. NHS UK. How do I check my pulse? [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/2024.aspx?CategoryID=72 Page last reviewed: 22 February 2018. Next review due: 22 February 2021.
  6. NHS UK. What is the placenta? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/what-is-the-placenta/ Page last reviewed: 3 September 2018. Next review due: 3 September 2021.
  7. NHS UK. Start for Life. Week-by-week Guide to Pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-17/ [Accessed: November 2019]
  8. 10 common pregnancy complaints. [ONLINE] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/im-pregnant/early-pregnancy/10-common-pregnancy-complaints Page last reviewed: April 10 2018. Next review due: April 10 2021.
  9. Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/ [Accessed: November 2019]
  10. NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/ [Accessed November 2019]
  11. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
  12. Department of Health and the Food Standards Agency. National Diet and Nutrition Survey: Headline results from Years 1, 2 and 3 (combined) of the Rolling Programme (2008/2009-2010/11) [Online]. 2012. Available at: https://assets.publishing.service.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment_data/file/207708/NDNS-Y3-report_All-TEXT-docs-combined.pdf [Accessed:November 2019]
  13. European Union. Commission Regulation (EC) No 983/2009 of 21 October 2009 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on food and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 277 2009;3-12. [Accessed: November 2019]
  14. NHS UK. Vitamins and nutrition in pregnancy [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx Page last reviewed: 26 January 2017. Next review due: 26 January 2020.
  15. NHS UK. Can I take paracetamol when I’m pregnant? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/can-i-take-paracetamol-when-i-am-pregnant/ Page last reviewed: 1 June 2018. Next review due: 1 June 2021.

Yangilangan sana: 2019-yil 18-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x