Sutdan chiqarish nima? – Maslahatlar va koʻrsatmalar

Taom, ajoyib taom

Siz bolani sutdan chiqarish haqida bilishingiz kerak boʻlgan barcha narsalar

Sizning farzandingiz hayotining birinchi yili davomida har qachongidan koʻra tezroq oʻsadi. Bu faol rivojlanish davrida uning ovqatga boʻlgan ehtiyojlari tabiiy ravishda oʻzgarib boradi va rivojlanadi va taxminan 6 oydan soʻng faqatgina sutdan iborat ratsion uning oʻsishi uchun yetarlicha energiyani yoki temir kabi muhim minerallarni taʼminlay olmaydi.Farzandingizni uning ratsionini kengaytirishga tayyorligini koʻrsatadigan belgilarni qanday aniqlash mumkinligini bilib oling va sutdan chiqarishning birinchi kunida bolaga quyuq taom berish boʻyicha maslahatlarimizni oʻqing.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Farzandim ovqat yeyishni qanday qilib oʻrganadi?

Bolani quyuq taomlarni yeyishga oʻrgatish asta-sekin amalga oshiriladi. Birinchi qadam bolani sutdan chiqarishga tayyorligini koʻrsatadigan belgilarni aniqlashdir .

Taxminan 6 oylikda sizning chaqalogʻingiz suyanchiqlar yordamida oʻtirishni oʻrganadi, bosh harakatlarini yaxshiroq boshqara oladi va unda soʻrish koʻnikmalari rivojlanadi. Kichkintoyingizning tilni itarish refleksi (tomoqning orqa devorlarida qoʻzgʻatish boʻlganda tilni oldinga itarish) va qayt qilish reflekslari kamayadi va bu unga taomni yutishiga imkon beradi, shuning uchun odatda bu bolani sutdan chiqarishni boshlash uchun eng yaxshi vaqt boʻla oladi.

Lekin shoshilish kerak emas. Mazkur bosqichda sizning farzandingiz hali ham oʻz ozuqasining katta qismini ona sutidan yoki sutli aralashmalardan oladi.

Nimadan boshlash kerak?

Siz quyuq ovqatni bolaga birinchi marta taklif etayotganingizda, eng yaxshisi uning xotirjam va diqqatini jamlagan vaqtni va sizda uning yangi narsani oʻrganishiga va tajriba oʻtkazishiga imkon berish uchun yetarlicha vaqtingiz boʻlgan paytni tanlashingiz, shuningdek, u uchun tushunarsiz boʻlgan vaqtlarni farqlay olishingiz kerak. Bolaga u juda och boʻlgan vaqtda, charchagan vaqtda yoki odatdiy sutini kutayotgan vaqtda quyuq taom bermaslikka harakat qiling, chunki u bezovtalanishi mumkin.

Avvaliga farzandingiz ovqatni ogʻzidan qaytarib chiqarishi mumkin. Bu ovqat unga yoqmaganligini anglatmaydi. Shu kungacha sizning farzandingiz faqat suyuqliklar bilan oziqlangan va unga ogʻziga qattiq taomni solish va uni yutishni oʻrganish uchun vaqt kerak. Koʻpincha, u shunchaki uni orqaga tupurib tashlaydi. Garchi bu yoqimsiz holat boʻlsa-da, lekin u ovqatlanishga oʻrgatish jarayonining bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, bu koʻnikmalar bolaning nutqini rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi.

Agar sizning farzandingiz doimiy ravishda ovqat yeyishdan bosh tortsa, demak bu uning hali sutdan chiqishga tayyor emasligini anglatadi, shuning uchun bunday holatda ovqat berishni biroz toʻxtab turing va boshqa kuni yana bir marta urinib koʻring.

Farzandingizga ogʻzida taomning taʼmini his qilishga odatlanishi uchun vaqt kerak boʻladi va bolani sutdan chiqarish davrining boshida siz koʻp martalab urinib koʻrishingiz, xatolarga yoʻl qoʻyishingiz va qatʼiyat koʻrsatishingiz kerak boʻladi. Avvaliga, qoshiqning uchida bir oz pyure taklif qilib koʻring. Boshlanishiga 1-2 choy qoshiq yetarlicha boʻladi. Farzandingiz tez orada ovqatdan kichik ulushlarni ogʻzida aylantirishni va uni yutish uchun ogʻizning orqa qismiga oʻtkazishni oʻrganadi.

Kichkintoyingiz qattiq taomlarni isteʼmol qilishni oʻrganayotganda baʼzan yoʻtalishi va oʻqchishi mumkin. Umuman olganda, qayt qilish bu nafas olish yoʻllaridan ovqatni chiqarib yuborishga yordam beradigan tabiiy refleks. Kuzatishlarga koʻra, bularning barchasi bolani quyuq taom yeyishga oʻrgatish jarayonining bir qismi boʻlib, ular bola bu koʻnikmalarni yaxshiroq oʻzlashtirganidan keyin kamroq kuzatiladi.

Farzandingiz ovqatlanishga oʻrganganidan soʻng, siz asta-sekin unga taklif qiladigan mahsulotlaringiz miqdorini va turini koʻpaytirib borishingiz va buni kuniga ikki-uch xil ovqatgacha oshirib borishingiz mumkin. Agar farzandingiz ovqat yeyishni oʻrganishga ishtiyoq bilan yondashsa, unda unga koʻproq narsani taklif qilishingiz mumkin.

sabzini ushlayotgan bola

Siz farzandingizda taomlarga nisbatan boshidanoq maʼlum bir afzalliklar paydo boʻlganini sezishingiz mumkin. Ehtimol, sizda bolaga u yoqtirgan taomni qayta-qayta taklif qilish istagi tugʻilishi mumkin, lekin bolani sutdan chiqarish vaqtida u turli xil mevalar, sabzavotlar va taʼmlar bilan qanchalik koʻp tanishtirilsa, uni katta boʻlganda xilma-xil taomlarni yaxshi koʻrishi ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

Shuni eʼtiborga olish kerakki, kichkintoyingiz yangi taomni yoqtirib qolishidan oldin uni bir necha bor, baʼzan 8 yoki hatto 10 martagacha taʼtib koʻrishi kerak boʻlishi mumkin. Shunday ekan, agar boshida kichkintoyingiz biror bir taomni qabul qilmasa, unda urinishni davom ettiring.

Siz pyure tayyorlab koʻrishingiz va uni muz kubchalariga moʻljallangan idishda muzlatib qoʻygan holda saqlashingiz, hamda bolaga har kuni shu taʼmga ega taomni berish uchun shu pyuredan ovqatiga bir boʻlagini qoʻshishingiz mumkin.

Sutdan chiqarish uchun vaqt va sabr kerak boʻladi. Ovqatlanishni oʻrganish esa, bu umuman olganda, ona sutini emish yoki shishadan sut ichish emas.

7-12 oylikda yangi taʼmlar va tarkiblarni kashf etamiz

Mahsulotlarning tarkibi, aralashmasi va turi bola oʻsgani sari oʻzgarib borishi kerak. U tez orada tishlashni va chaynashni, qoshiqni ushlashni va umuman olganda ovqatni oʻzi yeyishni oʻrganadi va bu uni xilma-xillikka, muvozanatlashgan dietaga oʻrgatish va kelgusida saqlanib qoladigan sogʻom ovqatlanish odatlarini shakllantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kichkintoyingiz qoshiq bilan yumshoq taomlarni isteʼmol qilishni oʻrgangandan soʻng, siz uning ratsioniga turli mahsulotlardan tayyorlangan yumshoq pyurelarni kiritishni boshlashingiz mumkin. Bu davrga kelib kichkintoyingiz buyumlarni ham ushlashni oʻrganadi, shuning uchun unga pishirilgan sabzi tayoqchalari yoki tostlar kabi yumshoq taomlarni tatib koʻrishni taklif qiling.

Bu davrda shuningdek temir kabi muhim vitaminlar va minerallarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini ham ratsionga qoʻshish maqsadga muvofiq boʻladi. Farzandingizga shuningdek goʻsht, baliq, dukkakli oʻsimliklar (tuzsiz pishirilga), tuxum (oqi va sarigʻi qattiq boʻlishi uchun yaxshilab pishirilgan boʻlishi kerak), yongʻoqli pastalar, mevalar va sabzavotlar kabi turli xil mahsulotlarning pyurelarini taklif eting. Shuningdek, kartoshka, guruch, makaron va kus-kus kabi baʼzi kraxmalli ovqatlarni ham ratsioniga qoʻshing. Yogurt, pishloq va pishirilgan krem kabi yogʻli sut mahsulotlari bolani sutdan chiqarishda ajoyib taom boʻla oladi, ammo shuni unutmangki bola hech boʻlmaganda bir yoshga toʻlguniga qadar ona suti yoki sutli aralashmalar uning asosiy sutli ichimligi boʻlishi kerak.

Bolada ham xuddi oʻzingiznikiga oʻxshagan, sogʻlom va muvozanatlashgan dieta boʻlishiga harakat qiling. Uning ratsioniga goʻsht, baliq, tuxum, loviya yoki yongʻoqli pastalar kabi oqsilga boy mahsulotlar; meva va sabzavotlar; kaltsiyga boy sut mahsulotlari; guruch, boʻtqa, non va makaron kabi uglevodga boy kraxmalli mahsulotlarni qoʻshing.

Bolani sutdan chiqarish haqida nima deyish mumkin?

Chaqaloqni sutdan chiqarish 2008-yilda Jill Raplining kitobi nashr etilganidan keyin ommalashgan. Bu kitob bolalarning ratsioniga qattiq taomlarni kiritishda bolalarni deyarli onasining yordamisiz oʻz-oʻziga xizmat qilishini ragʻbatlantirish kerak degan nazariyaga asoslanadi. Odatda bu kichik tamaddilar, masalan, bir-ikkita sabzi va brokkolidan tayyorlangan tamaddi boʻlishi mumkin.

Bolani sutdan chiqarish bir qator afzalliklarga ega va biz buni pyure bilan boshlashni tavsiya etamiz. Bu bolalarga ularning koʻproq foydali ozuqa moddalarini olishiga yordam beradigan eng xavfsiz va samarali usuldir.

Agar siz farzandingizni quyuq ovqatlar bilan tanishtirishga qaror qilgan boʻlsangiz, unda avval bolaning toʻqligini koʻrsatadigan belgilarga eʼtibor qaratishingiz muhimdir. Bola shunchaki boshini burishi yoki ogʻzini yopib olishi mumkin.

Kichkintoyingiz yumshoq tamaddilarga oʻganganda esa, u mustaqil ovqatlanishni mashq qilishi va qoʻlini ogʻziga olib boradigan harakatlar koordinatsiyasini mashq qilishi mumkin.

  1. NHS UK. Weaning your baby [Online]. 2011. Available at: www.nhs.uk/ipgmedia/national/british%20nutrition%20foundation/assets/weaningyourbaby.pdf [Accessed July 2014]
  2. NHS UK. What to feed young children [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/understanding-food-groups.aspx [Accessed July 2014]
  3. Wright CM et al. Matern Child Nutr 2011;7(1):27-33.
  4. Farrell E. Paediatric Group of the British Dietetic Association. Weaning your Child [Online]. 2011. Available at: www.bda.uk.com/ [Accessed July 2014]
  5. Nicklaus S (2011) Childrens acceptance of new foods at weaning. Role of practices of weaning and of sensory food properties. Appetite 57: 812-815

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 5-sentyabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi sharoitida ko‘krak bilan emizish

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x