O’qish vaqti: 6 daqiqa
Homiladorlikning 11-haftasi — nechanchi oy?
3 oy (1 trimestr)
11-haftada homilaning rivojlanishi
Homilaning ko‘plab asosiy organlari ishlay boshlaydi.
11-haftada homilaning rivojlanishi
Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?
Homiladorlikning 11-haftasida homila tez rivojlanish bosqichiga o‘tishga tayyorlana boshlaydi. Bu vaqtda homila hali ham kichik – xuddi laym kabi 4-5 sm bo‘ladi. Ammo bu davrda u tez o‘sadi va rivojlanadi: barcha yuz suyaklari shakllanib bo‘ladi, qo‘l va oyoq barmoqlari pardali murtaklaridan ajraladi, quloq suprasi yanada odatiy shaklga kiradi.
Homilaning ichki organlari — miya, o‘pka, jigar va buyrak 11-haftaga kelib rivojlanib bo‘ladi, ammo organizmning turli tizimlari butun homiladorlik davrida rivojlanishda davom etadi.2.
Bola rivojlanishining bu bosqichida ba’zan qattiq qimirlasa-da2, bu birinchi homiladorlik bo‘lsa, 17-18 haftalikkacha yoki yanada kechroq muddatgacha bolaning qimirlashini sezish qiyin1.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Homiladorlikning 11-haftasi (birinchi trimestr)
Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Bel shakli o‘zgarganidan homiladorlikning ilk tashqi belgilarini sezishingiz mumkin. 11-haftada qorin bilinmasa, xavotirlanmang. Tez orada u bilinib qoladi.
11-haftada homiladorlik belgilari3
Homiladorlik belgilari hammada har xil kechadi. 11-haftada quyida keltirilgan belgilardan ayrimlarini sezishingiz mumkin:
Ko‘krak hajmi kattalashib, unda og‘riqni his qilishingiz mumkin. Ko‘krakda boshqa o‘zgarishlar ham kuzatiladi – shu tariqa organizm ko‘krak bilan oziqlantirishga tayyorgarlikni boshlaydi.
Dastlabki 12 hafta davomida gormonal o‘zgarishlar charchoq yoki kuchdan qolish hissini tuyushga olib kelishi mumkin.
Bo‘lg‘usi onalarning 80%i birinchi trimestrda darmonsizlik va ko‘ngil aynishini his qiladi6. Bu holat kunning istalgan paytida kuzatilishi va turlicha namoyon bo‘lishi mumkin: masalan, ko‘ngil aynishi bir lahzada o‘tib ketadi yoki kun davomida ko‘ngil aynishini his qilasiz.
Homiladorlik gormoni sanalgan progesteron ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtiradi, bu esa qorin shishishiga va gazlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin7.
Yengil spazmalar va qon aralash ajralishlar ko‘pincha homiladorlikning erta bosqichlarida uchraydi8,9. Agar og‘riq kuchaysa (menstruatsiya paytidagiga nisbatan kuchliroq) yoki qon ko‘proq ketsa, terapevtingizga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Hojatxonaga tez-tez borish – homiladorlikning erta bosqichlarida eng ko‘p uchraydigan belgilardan biridir. Bu bachadonning kengayishi va siydik pufagiga bosim berishi bilan bog‘liq.
Ertalabki darmonsizlik qachondan boshlab kuzatilmaydi?
Homiladorlikdagi darmonsizlik holatlari odatda birinchi trimestrdan keyin tugaydi. Ko‘pchilik ayollarda bu holatning cho‘qqisi 9-10-haftaga to‘g‘ri keladi, pasayishi esa 12-14-haftalarda kuzatiladi9. Ayrimlarda darmonsizlik 20-haftagacha saqlanishi, shuningdek ko‘ngil aynishi va qayt qilish sodir bo‘lishi, ikkinchi va keyingi trimestrda paydo bo‘ladigan kislotali reflyuks kuzatilishi mumkin. Ertalabki darmonsizlik nima ekanligi va u bilan qanday kurashish haqida batafsil bilib oling.
Birinchi UTK
8-14-hafta orasida birinchi UTK o‘tkaziladi. Ultratovushli skanerlashda zararsiz tovush to‘lqinidan foydalanilib, uning yordamida qorindagi homilani tafsiliy ravishda ko‘rish mumkin. Na siz, na bola biron-bir narsani his qilasiz – farzandingizni ilk marta ko‘rganingizda faqat xursandchilik sizni qurshab oladi.
Homiladorlikda kalsiyning ahamiyati
Kalsiy suyak va tishlarning rivojlanishi uchun muhimdir, shu boisdan homila sog‘lom bo‘lishi uchun kalsiy iste’molini biroz oshirish kerak bo‘ladi10. Sut quyidagi bir nechta muhim funksiyalarni bajaradigan kalsiyga boy manba sanaladi:
- Homilaning mushak qisqarishlarini, shu jumladan yurak urishini yaxshilaydi.
- Qonning me’yorda aylanishiga yordam beradi.
- Mushak to‘qimasi va asab tizimining to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi.
Kalsiyga bo‘lgan ehtiyojingiz homiladorlik vaqtida o‘zgarmaydi, ammo uning iste’moli sutkalik tavsiya etilgan me’yorga mos kelishi kerak.
Kalsiy manbalari
• Pasterizatsiya qilingan sut, pishloq va yogurt kabi sut mahsulotlari.
• Bir qator yong‘oq va don turlari, asosan, bodom va kunjut.
• loviya va dukkakli o‘simliklar
• anjir, ismaloq
• Tofu va oq non bilan kalsiyga boy quruq nonushta
• Kalsiy bilan boyitilgan ichimliklar, masalan soyali sut.
Ilmiy izoh
Kalsiy
Nutricia asosida
Suyak va tishlarning to‘g‘ri rivojlanishidagi o‘rni bois keng miqyosda tan olingan kalsiy butun homiladorlik davri davomida homila uchun muhim ozuqaviy modda sanaladi12. Uning turli mahsulotlarda ko‘p uchrashi quvonarli holat.
Kalsiy nafaqat suyak va tishlar uchun foydali, balki undan har bir alohida hujayra foydalanadi va organizmning to‘qima va suyuqliklarida mavjud. Kalsiy ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi: mushaklar va nerv tizimining ishlashiga yordam beradi, ovqat hazm bo‘lishi va qon aylanishini yaxshilaydi. Tadqiqotlardan biriga ko‘ra, homiladorlik paytida kalsiy zaxirasining yaxshi bo‘lishi preeklampsiya (PE) va vaqtidan ilgari tug‘ish xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin14.
Homiladorlik paytida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar
Homiladorlikning turli haftalarida ovqatlanishda tafovutlar yo‘q, umuman olganda bu davrda quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
Xom va to‘liq pishmagan go‘sht
Pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari
Jigar va tarkibda A vitamin yuqori bo‘lgan mahsulotlarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish
Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?
Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13.
Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.
- NHS UK. You and your baby at 9-12 weeks pregnant [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-9-10-11-12.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
- Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 34.
- NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/ Page last reviewed: 6 October 2018. Next review due: 6 October 2021.
- Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine. Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/
- NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/
- NHS. Vaginal bleeding in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021. 7.
- NHS. Stomach pain in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.
- Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm. nih.gov/
- NHS. Vomiting and morning sickness in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs. uk/ Page last reviewed: 5 March 2018. Next review due: 5 March 2021.
- European Union. Commission Regulation [EU] No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136 2012;1-40.
- NHS. Vitamins and minerals, Calcium [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/vitamins-and-minerals/calcium/ Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020.
- Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 169.
- British Nutrition Foundation. Dietary calcium and health [Online]. Available at: http://nutrition.org.uk/attachments/205_Dietary %20calcium%20and%20health%20summary.pdf [Accessed October 2019]
- Cochrane. Calcium supplementation during pregnancy for preventing blood pressure disorders and related problems. 2018 [Online]. Available at: https://www.cochrane.org/CD001059/PREG_calcium-supplementation-during-pregnancy-preventing-blood-pressure-disorders-and-related-problems [Accessed October 2019].
- NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.
Yangilangan sana: 2019-yil 3-dekabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.