Ovulyatsiya kalkulyatori Menda ovulyatsiya vaqtimi?

Oʻqish vaqti: 2 daqiqa

Homiladorlikni rejalashtirish uchun eng yaxshi vaqt qachon?

Agar siz homiladorlikni rejalashtirish uchun eng yaxshi vaqt qachonligini bilmoqchi boʻlsangiz, unda siz oʻz hayz siklingizni va ovulyatsiya boʻlishi mumkin boʻlgan kunlaringizni oldindan bilishingiz muhimdir.

Ovulyatsiya odatda taxminan hayz sikli boshlanishidan ikki hafta oldin boshlanadi1 va agar sizda ovulyatsiyadan bir necha kun oldin homilador boʻlishga bir necha marotaba urinishlar boʻlsa, unda sizda homilador boʻlish ehtimoli shunchalik katta boʻladi

Bizning ovulyatsiya kalkulyatorimiz sizga eng koʻp fertillik kunlaringizni aniqlashga yordam beradi.

Ovulyatsiya hisoblagichi

Oxirgi siklingiz qachon boshlangan?


Iltimos, bugungi kundan boshlab oxirgi 40 kun ichida sana oralig'ini tanlang.

Siklingizning davomiyligi:

kun


Iltimos, tsiklingizning 20 dan 45 gacha bo'lgan kunlari uchun raqamni kiriting.

Ovulyatsiya hisoblagichi

Homiladorlikni rejalashitirish haqida qo‘shimcha maslahatlar

Bizning kalkulyatorimiz sizga ovulyatsiyangiz taxminan qachon boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot beradi Bizning kalkulyatorimiz sizga ovulyatsiya qachon boʻlishi mumkinligi haqida taxminiy maʼlumot beradi. Koʻrsatkichlar toʻgʻri chiqishi uchun ovulyatsiyaning umumiy belgilari, bazal harorat oʻlchovlari sizga qanday yordam berishi haqida va ovulyatsiyani aniqlashga moʻljallangan test toʻplamlari qanday ishlashi haqida oʻqib chiqing.

 

 

 

Oʻzingizning hayz siklingizni tushunib oling

ovulatsiya taqvimi

Oʻrtacha hayz sikli 28 kun davom etadi. Sizning hayz siklingizning birinchi kuni bu sizning hayz koʻrishingiz boshlangan birinchi kundir.

tuxum

Siklning oʻrtasida (odatda 13-15 kunlar oraligʻida) tuxumdonlardan tuxum hujayralar ajralib chiqadi va ular keyinchalik bachadon naychalari orqali bachadonga oʻtadi. Bu davr ovulyatsiya deb ataladi. Shuningdek, sizning tuxumdonlaringiz estrogen gormonini ajratib chiqaradi va bu tuxum hujayralarning urugʻlanishga tayyorlanishida bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi.

sperma

Tuxum hujayralar ajralib chiqqandan soʻng 12-24 soatgacha yashaydi. Homilador boʻlish uchun bu tuxum hujayralar shu vaqt oraligʻida spermatazoid bilan urugʻlantirilishi kerak. Sperma sizning tanangizda 7 kungacha yashashga qodir.

Agar tuxum hujayra bachadon naychasidan oʻtayotganda urugʻlanlsa, u holda u bachadonning shilliq qavatiga yopishadi va oʻsha yerda oʻsadi, hamda avvaliga embrionga, soʻngra chaqaloqqa aylanadi.

bachadon

Agar tuxum hujayra urugʻlanmasa ular buziladi. Estrogen darajasi pasayishni boshlaydi, bu esa oʻz navbatida bachadon shilliq qavatining buzilishiga olib keladi. Keyin tuxum hujayralar hayz koʻrish davrida tanangizdan chiqib ketadi.

Bepul onlayn vositalar

Bepul onlayn vositalar

Amaliy vositalar – bizning kutilgan tugʻruq kunini hisoblaydigan kalkulyatorimizdan tortib boladagi belgilarni tekshirishga moʻljallangan qulay vositalarigacha barchasini oʻz ichiga oladi.

Ovulyatsiyaning umumiy belgilari

Ovulyatsiyaning yaqinlashganini siz oʻzingizda kuzatiladigan quyidagi jismoniy oʻzgarishlarga qarab ham sezishingiz mumkin:

  • qinda shilliqlar miqdorining ortishi, shuningdek, uning konsistensiyasi oʻzgarib tuxum oqiga oʻxshab qolishi.
  • Haroratning biroz koʻtarishi
  • Qorin sohasida ogʻriq
  • Koʻkrakning taʼsirchanligining ortishi
  • Qindan qonli ajralmalar kelishi
  • Qorinning dam boʻlishi
ovulatsiya

Hayz koʻrish muntazam boʻlmaganda ovulyatsiya kunini hisoblash

Hayz koʻrish muntazam boʻlmaganda ovulyatsiya qachon boʻlishini taxmin qilish juda qiyin boʻladi. Agar siz homiladorlikni rejalashtirish uchun eng yaxshi vaqtni hisoblay olmasangiz unda butun sikl davomida har 2-3 kunda jinsiy aloqa qilishingiz tavsiya etiladi.

Ovulyatsiyani aniqlashning ilmiy usullari

Bazal haroratni aniqlash

Nutricia asosida

Ovulyatsiyadan oldin tananing harorati biroz pasayadi va ovulyatsiyadan keyin u taxminan 0,2°C gacha koʻtariladi2. Har kuni ertalab turishdan (yoki hatto gapirishdan) oldin maxsus bazal termometr yordamida (yirik dorixonalarda yoki supermarketlarda topish mumkin) tanangizning bazal haroratini (bu sizning tanangizning tinch holatdagi harorati) oʻlchash sizga eng yuqori fertillik davrini aniqlashga yordam beradi. Harorat koʻtarilishidan bir necha kun oldingi vaqt ovulyatsiya vaqti boʻladi.

Ovulyatsiyani aniqlashga moʻljallangan test qanday ishlaydi?

Ovulyatsiyaga test – u qaysi kuni boshlanishini aniqlashning yana bir usulidir. Ularning natijalari bevosita ovulyatsiyadan oldin siydikda aniqlanishi mumkin boʻlgan lyuteinlaydigan gormonlarning ortishini aniqlashga asoslangan. Bunday testlarni yirik dorixonalarda yoki supermarketlarda topishingiz mumkin

test

1. NHS. (2014). How can I tell when I’m ovulating? Available from: https://www.nhs.uk/chq/Pages/982.aspx?CategoryID=50[Accessed July 2015]

2. Fertility Education & Training. (2011). Charting your fertility cycle. http://www.fertilityet.org.uk/pdfs/Charting-Your-Fertility-Cycle.pdf[Accessed July 2015]

3. Patient. (2015). Natural family planning. http://patient.info/health/natural-family-planning [Accessed July 2015]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 23-sentyabr

Dolzarb mavzular

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x