O‘qish vaqti: 4 daqiqa
8 haftalik homiladorlik – bu oyda hisoblaganda qanday bo‘ladi?
2 oy (Trimestr 1)
8-haftada homilaning rivojlanishi
Homilaning yuz shakli yanada aniq tusga kirib boradi.
Ertalabki darmonsizlik
Homiladorlikning ushbu bosqichida boshlanishi mumkin bo‘lgan ertalabki ko‘ngil aynishlariga qarshi qanday yo‘l tutish haqida bilib oling.
Rux
Homilaning rivojlanishida rux qanday yordam berishi va u qaysi turdagi mahsulotlarda tarkibida bo‘lishi haqida batafsil bilib oling.
8-haftada homilaning rivojlanishi
Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?
Homiladorlikning 8-haftasida farzandingizning bo‘yi taxminan 1,6 sm bo‘ladi1. Bu bosqichda uning yaqindagina shakllangan jag‘ suyagi uvoqdek keladigan og‘ziga yanada aniq ko‘rinish beradi va ikkita alohida teshikka ega burun uchini ham mana shu paytda ko‘rish mumkin2.
Tog‘aylar suyak hujayralari va bo‘g‘imlar2 bilan almashadi, oyoqlar esa, hali tizza, son va tovonni ajratish imkoni bo‘lmasa ham bo‘yiga o‘sib boradi3.
Farzandingiz 8-haftada tibbiy nuqtai nazardan homila deb ataladi, bu lotin tilidan tarjima qilinganda “onadan ajralmagan” yoki “urug‘” degan ma’noni bildiradi.
Bolaning mushaklari ishlay boshlaganda u uncha qisqa-qisqa keskin harakatlarni amalga oshirishi ajablanarli holat, albatta. Bola yetarlicha kuchga to‘lib, siz uning harakatlarini sezishingiz uchun yana bir necha hafta kerak bo‘ladi2.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Homiladorlikning 8-haftasi (birinchi trimestr)
Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Homiladorlikning 8-haftasida qorningiz dumaloq shaklga kirganligining ilk belgilarini sezishingiz mumkin, ammo bu hammada shunday bo‘ladi degani emas.
8-haftada homiladorlik belgilari3
Homiladorlik belgilari hammada har xil kechadi. 8-haftada quyida keltirilgan belgilardan ayrimlarini sezishingiz yoki umuman sezmasligingiz mumkin:
Ko‘krak hajmi kattalashib, unda og‘riqni his qilishingiz mumkin. Ko‘krakda boshqa o‘zgarishlar ham kuzatiladi – shu tariqa organizm ko‘krak bilan oziqlantirishga tayyorgarlikni boshlaydi.
Dastlabki 12 hafta davomida gormonal o‘zgarishlar charchoq yoki kuchdan qolish hissini tuyushga olib kelishi mumkin.
Bo‘lg‘usi onalarning 80%i birinchi trimestrda darmonsizlik va ko‘ngil aynishini his qiladi6. Bu holat kunning istalgan paytida kuzatilishi va turlicha namoyon bo‘lishi mumkin: masalan, ko‘ngil aynishi bir lahzada o‘tib ketadi yoki kun davomida ko‘ngil aynishini his qilasiz.
Homiladorlik gormoni sanalgan progesteron ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtiradi, bu esa qorin shishishiga va gazlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin7.
Yengil spazmalar va qon aralash ajralishlar ko‘pincha homiladorlikning erta bosqichlarida uchraydi8,9. Agar og‘riq kuchaysa (menstruatsiya paytidagiga nisbatan kuchliroq) yoki qon ko‘proq ketsa, terapevtingizga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Hojatxonaga tez-tez borish – homiladorlikning erta bosqichlarida eng ko‘p uchraydigan belgilardan biridir. Bu bachadonning kengayishi va siydik pufagiga bosim berishi bilan bog‘liq.
Homiladorlik gormonlari bo‘lgan estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 hafta10 davomida oshib boradi va bu bo‘lg‘usi ona qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotganligingizga ta’sir qiladi. Hordiq va yengil jismoniy yuklama o‘zingizni ruhan barqaror his qilishingizga imkon beradi.
Ko‘nglingiz ayniyaptimi?
Bo‘lg‘usi onalarning 3 dan 2 qismida homiladorlikning erta bosqichlarida ertalabki darmonsizlik kuzatiladi. Bu holat kunning istalgan vaqtida paydo bo‘lishi mumkin va odatda taxminan 8-haftada ko‘p namoyon bo‘ladi. Homiladorlikning 16–209-haftalariga kelib, ko‘pchilik onalar bunday belgilar yo‘qolayotganligini sezishadi.
Bo‘lg‘usi onalarning ayrimlari birinchi trimestrdan so‘ng ham ertalabki darmonsizlikni boshdan kechirishadi, ko‘ngil aynishi esa butun homiladorlik davrida kuzatilishi va yo‘qolib ketishi mumkin.
Eslatib o‘tish joizki, ko‘ngil aynishi sog‘lom homiladorlik belgisi sanaladi.
Bu belgilarni yengil o‘tishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan maslahatlar9:
Tunda yaxshi uxlang va kun davomida ko‘p dam oling.
O‘rindan turishingiz bilan galeta pechenye, tost yoki kreker yeng.
Oshqozon to‘qday tuyulishi uchun kam-kamdan tez-tez iste’mol qiling.
Ko‘p suyuqlik iching.
Suyuqlik ichishga qiynalsangiz, muz kubiklari yoki suvni kam-kamdan yutish suv balansini saqlashga yordam beradi.
Yangi qaynatilgan choy yoki spirtsiz zanjabilli pivo sifatida zanjabilni ratsioningizga kiriting.
Ko‘ngil aynishiga qarshi plastirni sinab ko‘ring. Uni akupunktura nuqtasini bosib turadigan qilib bilagingizga bog‘lang.
Tanangizda har kuni bir xil belgilar kuzatilmasligini yodda tuting. Ko‘ngil aynishi bois yetarli miqdorda yemasangiz yoki ichimlik ichmasangiz, terapevt yoki akusher-ginekologingizga bu haqda xabar bering.
Rux zaxirasini g‘amlang
Rux butun homiladorlik davomida katta o‘rin tutadi. Rux iste’molini oshirish uchun quyidagi mahsulotlarni ratsioningizga kiriting:
- Rux bilan boyitilgan donli o‘simliklar
- Mol yoki qo‘y laxm go‘shti
- Parranda go‘shti, asosan kurka go‘shti
- Butun donli non va yormalar
- Yong‘oq
- Sut, pishloq va tuxum
Ilmiy izoh
RUX
Nutricia asosida
Rux hujayra darajasida organizmni ta’minlab, hujayralarning hosil bo‘lishi, bo‘linishi va himoyalanishiga ta’sir qiladi hamda immunitet tizimi me’yorda ishlashini va ko‘rish qobiliyatini saqlaydi. U, shuningdek, normal kognitiv rivojlanishga yordam beradi, ko‘payish qobiliyati va suyaklar sog‘lomligiga ta’sir qiladi10. Sog‘lom va muvozanatlashtirilgan parhez sizni kerakli darajadagi rux bilan ta’minlaydi11. Prenatal polivitaminlarning aksariyati tarkibida katta miqdordagi rux mavjud bo‘lsa ham, ushbu foydali moddaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Homilador ayollar uchun ruxning tavsiya etiladigan iste’mol me’yori kuniga 7 mg.ni tashkil etadi12.
Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?
Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.
Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.
- Papaioannou GI et al. Normal ranges of embryonic length, embryonic heart rate, gestational sac diameter and yolk sac diameter at 6-10 weeks. Fetal Diagn Ther 2010;28(4):207-19.
- Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 32.
- NHS UK. You and your baby at 0-8 weeks pregnant [Online]. 2018. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/8-weeks-pregnant/ Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
- NCIB. Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine; Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub. 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/
- NHS UK. Week 9 – Your first trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-nine/
- NHS UK. Vaginal bleeding in pregnancy [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021
- NHS UK. Stomach pain in pregnancy [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.
- NCIB. Claudio N. Soares and Brook Zitek; Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? Pub. J Psychiatry Neurosci. 2008 Jul; 33(4): 331–343 [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/
- NHS UK. Nausea and morning sickness [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/morning-sickness-nausea.aspx Page last reviewed: 5 March 2018. Next review due: 5 March 2021.
- European Union. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health text1 with EEA relevance. OJ L 136 2012;1-40.
- NHS UK. Vitamins and minerals – others [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/vitamins-minerals/pages/other-vitamins-minerals.aspx#zinc Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020
- Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
- NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.
Yangilangan sana: 2019-yil 23-sentabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.