Homiladorlikning 26-haftasi

Homiladorlikning 26-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

6 oy (Trimestr 2)

Aqliy rivojlanish uchun ozuqa manbalari

Homiladorlikning 26-haftasida farzandingiz faol jismoniy o‘sish va miyaning rivojlanish bosqichiga o‘tadi. Miyaning bunday tez rivojlanishini ta’minlash uchun muvozanatlashtirilgan parhezga uzun janjirli yarim to‘yingan yog‘ kislotasiga (DGK) boy manbalar kiritilishi kerak.

plod 26 nedelya

26-haftada homilaning rivojlanishi

Homilani tug‘ruqqa tayyorlash

Farzandingiz dunyoga kelishiga oz qolganda, siz ham tayyorgarlikni boshlasangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Tug‘ruqni rejalashtiradigan, tug‘ruqxonaga o‘zingiz bilan nimalarni olish kerakligi va tug‘ruq paytida og‘riqli hislarni kamaytirish usullari haqida o‘ylaydigan vaqt keldi.

Ishxonada tug‘ruq ta’tili haqida hali aytmagan bo‘lsangiz, hozir ayni payti, chunki tug‘ruqdan kamida 15 hafta oldin ish beruvchiga buni ma’lum qilishingiz kerak.

ZYTYKning miyaga ta’siri

Uzun zanjirli yarim to‘yingan yog‘ kislotlari (ZYTYK) maxsus yog‘ kislotalari guruhi sanaladi. Homilaning rivojlanishi uchun eng muhim ikki ZYTYK dokozageksan kislota (DGK) va araxid kislota (AK) bo‘lib, ular Omega-3 va Omega-6 yog‘lari guruhiga kiradi3.

DGK bolaning miyasi va ko‘zi rivojlanishiga yordam berishi va bir yoshlik paytida uning ko‘rish qobiliyati rivojlanishi uchun muhim ekanligi isbotlangan4.

Uchunchi trimestrda bolaning miyasi juda tez rivojlanganligi uchun u yetarli miqdorda DGK bilan ta’minlanishiga e’tibor berish kerak.

DGK bola organizmiga ko‘krak suti bilan kirib, u tug‘ulgandan keyin ham miyaning rivojlanishiga yordam berishda davom etadi.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

YTYK sohasida tadqiqotlar

Ekspertlar YTYKning homiladorlikka ta’siri haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishgan va ikkinchi trimestrda qo‘shimcha ravishda DGK qabul qilgan onalarda vaqtidan ilgari tug‘ish xavfi kamayganligini va tug‘ruqda homilaning vazni oshganligini aniqlashgan6,7.

Yog‘larning foydasi haqidagi faktlar

 Homiladorlik davrida va undan keyin muvozanatlashtirilgan ratsion YTYK, asosan DGKga boy manbalar bo‘lishi o‘ta muhimdir.

Ekspertlar homiladorlik vaqtida va ko‘krak bilan oziqlantirish davrida DGKdan qo‘shimcha ravishda 100-200 mg kunlik doza kiritishni tavsiya etadi8. Ammo DGKning ozuqaviy manbalari kam: ularga yog‘li baliq, baliq yo‘g‘ini va homiladorlik paytida ratsiondan chiqarish yoki iste’molini cheklash talab etiladigan submahsulotlarnigina kiritish mumkin, bu asosan jigarga tegishli.

YTYK, jumladan DGK iste’moli maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun haftasiga 1-2 porsiya yog‘li baliq, shu jumladan skumbriya, sardina, yangi tutilgan tunes va losos yeng. Tarkibida bo‘lishi toksinlar va simob bo‘lishi mumkinligi bois ularni tez-tez iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Agar baliqni xush ko‘rmasangiz, yong‘oq, urug‘lar, to‘q yashil sabzavotlar, raps moyi, butun donli boshoqli o‘simliklar va soya mahsulotlari kabi Omega-3 moylarining boshqa bir qator manbalarini ratsioningizga albatta kiriting9.

Keyingi qadamlar

Omega-3’ga boy quyidagi yengil yegulik va taomlardan ta’tib ko‘ring:

• Butun donli qovurilgan nonda bilan tayyorlangan skumbriya

• Grillda dimlangan sabzavotlar bilan losos

• Olmali, seldereyli va yong‘oqli “Valdorf” salati

• Barra ismaloq salati bilan lososdan tayyorlangan kotlet

• Bir siqim yong‘oq va don mahsulotlari

• Don yormasidan bir porsiya

• Soya sutidan tayyorlangan mevali smuzlar

1. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 261.

2. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 43.

3. Brenna JT, Lapillonne A. Background paper on fat and fatty acid requirements during pregnancy and lactation. Ann Nutr Metab 2009;55(1-3):97-122.

4. European Food Safety Authority Panel on Dietetic Products, Nutrition and Allergies. Scientific opinion: DHA and ARA and visual development. EFSA Journal 2009;941:1-14

5. Sherry CL, Oliver JS, Marriage BJ. Docosahexaenoic acid supplementation in lactating women increases breast milk and plasma docosahexaenoic acid concentrations and alters infant omega 6:3 fatty acid ratio. Prostaglandins Leukot Essent Fatty Acids 2015;95:63-9.

6. Carlson SE et al. DHA supplementation and pregnancy outcomes. Am J Clin Nutr 2013;97(4):808-15.

7. Imhoff-Kunsch B et al. Effect of n-3 long-chain polyunsaturated fatty acid intake during pregnancy on maternal, infant, and child health outcomes: a systematic review. Paediatr Perinat Epidemiol 2012;26(1):91-107.

8. EFSA Panel on Dietetic Products, Nutrition, and Allergies (NDA); Scientific Opinion on Dietary Reference Values for fats, including saturated fatty acids, polyunsaturated fatty acids, monounsaturated fatty acids, trans fatty acids, and cholesterol. EFSA Journal 2010;8(3):1461.

9. Gandy J (ed). Manual of Dietetic Practice. 5th ed. Oxford: Wiley Blackwell. 2014. p. 759.

Yangilangan sana: 2016-yil 8-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x