Homiladorlikning 37-haftasi

Homiladorlikning 37-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

9 oy (Trimestr 3)

Dunyoga kelishga tayyor

Homiladorligingizning 37-haftasida bola allaqachon to‘laqonli hisoblanadi va u hozir juda katta bo‘lganligi sababli, siz qorningizda uning eng kichik harakatlarini ham sezasiz. Belgilangan tug‘ruq sanasi yaqinlashgani sayin, muvozanatli parhezga rioya qilish va kalsiy kabi ozuqaviy moddalarni yetarli miqdorda olish muhimdir. Bu emizish davriga ham tegishli.

plod 37 nedelya

Bolaning 37-haftada rivojlanishi

37-haftada chaqaloq to‘laqonli tayyor hisoblanadi

Homiladorlikning 37-haftasiga kelib, chaqalog‘ingiz to‘liq rivojlangan va to‘laqonli hisoblanadi1. Agar tug‘ruq ushbu bosqichda boshlangan bo‘lsa, uni kechiktirish uchun hech qanday sabab yo‘q — chaqaloq tashqi dunyoga tayyor2.

37-haftada chaqalog‘ingiz to‘liq rivojlangan va to‘laqonli hisoblanadi.

Hozirda chaqaloqning vazni taxminan 3 kg.ni va bo‘yi esa 34 sm.ni tashkil qiladi. Ehtimol u allaqachon boshini pastga qaratib joylashgan va tug‘ilishga tayyor. Qoriningiz pastga tushgani va qovurg‘angizdagi bosim pasaygani sayin, o‘zingizni biroz qulayroq his qila boshlashingiz mumkin1.

Farzandingizning ovqat hazm qilish tizimi endi ona sutini hazm qilishga va hayot faoliyati axlatlarini chiqarishga tayyor. Farzandingizning birinchi axlatida homiladorlik davrida to‘plangan chiqindilar, ya’ni mekoniy deb nomlanadigan shilimshiq moddalar bo‘ladi. U yashil rangga ega bo‘lishi mumkin va tarkibida homiladorlik paytida chaqaloqni isitib turadigan nozik tuklar bo‘lishi mumkin. Lanugoning aksariyat qismi endi teridan yo‘q bo‘lib ketadi, garchi ba’zi bolalar bu sochlarning mayda qismlari bilan ham tug‘iladilar.

Farzandingizning immun tizimi jismonan to‘liq rivojlangan bo‘lsa-da, u hali ham rivojlanishda davom etadi. Tug‘ilgandan so‘ng, sizning ko‘krak sutingiz bola tanasiga antitanachalar va immunitet omillarini yetkazib beradi, bu bir vaqtning o‘zida ham go‘dakning tabiiy himoyasini kuchaytiradi, ham uni turli  infeksiyalardan himoya qiladi2.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Siz va farzandingiz uchun kalsiy

Kalsiy suyaklar va tishlarni mustahkamlash uchun3; qon quyulishiga yordam beruvchi mushaklarning ishini va asab tizimining funksiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun juda muhimdir3.

Kalsiy — homiladorlik paytida farzandingizning suyaklari rivojlanishi uchun muhim mineral hisoblanadi va chaqaloq butun oziqlanishini  faqatgina ko‘krak sutidan oladi, shuning uchun siz emizish davrida ham kalsiyga boy mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilishingiz kerak.

Aslida, ko‘krak suti bilan emizish paytida sizning kalsiyga bo‘lgan kunlik ehtiyojingiz homiladorlik davridagidan 550 mg.ga ko‘proqdir4.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, siz kalsiyning kerakli miqdorini me’yorlashtirilgan va sog‘lom parhezga rioya qilish orqali olishingiz kerak.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, siz kalsiyning kerakli miqdorini me’yorlashtirilgan va ​​sog‘lom parhezga rioya qilish orqali olishingiz kerak.

Ammo, agar siz sut mahsulotlarini iste’mol qilmasangiz, tavsiya etilgan kunlik 1250-1350 mg kalsiy miqdoriga erishish siz uchun qiyin bo‘ladi, ayniqsa bolani emizadigan davringizda.

Agar taomnomangizda kalsiy miqdori kam deb hisoblasangiz, kalsiyli qo‘shimchalarni qabul qilish zarurati haqida shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Keyingi qadamlar

Ushbu yo‘riqnomadan foydalanib, har kuni yetarli miqdorda kalsiy qabul qilayotganingizni aniqlash uchun, muayyan oziq-ovqat mahsulotlaridagi kalsiy miqdorini bilib oling5

MahsulotKalsiy tarkibi
200 ml yarim yog‘sizlantirilgan sut230mg
30 g cheddar pishlog‘i220mg
150 g oddiy yog‘siz yogurt240mg
200 ml kalsiy bilan boyitilgan soya suti180mg
2 ta quritilgan anjir100mg
6 ta bodom30mg
90 g qaynatilgan ismaloq160mg
1 qoshiq sutli muzqaymoq60mg
1 osh qoshiq. kunjut80mg
2 ta yumshoq suyakli konservalangan sardina270mg
2 bo‘lakcha oq non127mg
2 bo‘lakcha kepakli undan pishirilgan non76mg

1. NHS UK. You and your baby at 37-40 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-37-38-39-40.aspx [Accessed September 2016]

2. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 49.

3. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136, 25.5.2012, pp. 1–40.

4. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London TSO. 1991

5. Adapted from: Theobald, H. Dietary Calcium and Health. British Nutrition Foundation Nutrition Bulletin,2005; 30, 254–255.

So’nggi marta: 2016-yil 9-sentyabrda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x