Homiladorlik paytida vazn ortishi
Homiladorlik paytida vazn ortishi haqida bilishingiz kerak boʻlgan barcha narsalar
Vazn ortishi bu homiladorlikning normal va tabiiy qismidir. Homiladorlik vaqtida siz oʻz TVI koʻrsatkichingizga qarab qancha vazn yigʻishingiz kerakligini, vaznni qanday qilib xavfsiz holatga keltirishni va nima uchun vaznni kamaytirish uchun parhez tutish tavsiya etilmasligini bilib oling.
Vaznning ortishi: homiladorlikning tabiiy qismi
Homiladorlik vaqtida vazn yigʻish bu sogʻlom, tabiiy va zaruriy jarayondir. Farzandingizning vazni ortishi va suyuqlikning koʻpayishi bilan bir qatorda, tanangiz asta-sekin baʼzi yogʻ zaxiralarini ham yigʻa boshlaydi.
1- va 2-trimestrda sizning energiya sarfiga boʻlgan ehtiyojingiz homiladorlikkacha boʻlgan vaqtdagi bilan bir xil boʻladi. “Ikki kishi uchun yeyish” zarurati esa shunchaki sogʻlom dietaga amal qilishni anglatadi. Bu esa farzandingizni uning oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan barcha ozuqa moddalari bilan taʼminlaydi. 28-haftadan soʻng siz kuniga taxminan 200 kaloriyadan koʻproq isteʼmol qilishingiz kerak.
Homiladorlik vaqtidagi ratsioningiz sizning ikkingizni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Lekin 3-trimestrgacha kaloriyaning tavsiya etilgan miqdori homiladorlikkacha boʻlgan davradagidek qoladi.
Homiladorlik vaqtida men qancha vazn orttiraman?
Homiladorlik paytida vaznning ortishi sizning homiladorlikdan oldingi vazningizga bogʻliq boʻladi va har xil odamlarda turlicha boʻladi. Koʻpchilik ayollar homiladorlik paytida 10 dan 12,5 kg gacha vazn orttirishadi va bu vaznning bir qismini oʻsib borayotgan bolaning vazni tashkil etadi.
Homiladorlik vaqtida koʻp vazn orttirish salomatlik uchun zararli boʻlishi mumkin. Lekin bunda ozish uchun parhez qilish emas, balki shunchaki sogʻlom ovqatlanish kerak.
Quyidagi jadvalda vaznning ortishi boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar keltirilgan
Oʻz TVI koʻrsatkichingizni aniqlash uchun TVI onlayn kalkulyatoridan foydalaning yoki hisoblash uchun oʻz shifokoringizga murojaat qiling.
TVI | Homiladorlik vaqtida yigʻishingiz kerak boʻlgan taxminiy va |
---|---|
20 yoki undan kamroq | 12.5 – 18kg |
20-26 | 11.5 – 16kg |
26-30 | 7 -11.5kg |
30+ | 7kg yoki undan kamroq |
Homiladorlik paytida sogʻlom vazn yigʻish uchun ozuqa moddalariga boy dieta
Sizning ratsioningiz kichkintoyingizning sogʻlom rivojlanishiari uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalarining keng spektorini oʻz ichiga oladi. Xilma-xil ozuqa moddalarini isteʼmol qilish zarur vitaminlar, minerallar, yogʻlar va oqsillar bilan taʼminlaydi va homiladorlik vaqtida vazn ortishining tavsiya etilgan meʼyoridan chiqib ketmaslikka yordam beradi.
Agar homiladorlik paytida sizning vazningizning ortishi tavsiya etilgan darajadan oshib ketsa, shifokor sizga vaznni imkon qadar barqaror saqlashingiz uchun yordam beradigan baʼzi oʻzgarishlarni kiritishingizni maslahat berishi mumkin.
Kaloriya miqdorini kuniga 200 ga oshirish vaqti kelganida, albatta ozuqaviy moddalariga boy mahsulotlarni tanlang. Masalan, yogurt tarkibida kalsiy bor va u suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek kartoshka poʻsti bilan birgalikda kletchatkaning muhim manbasi hisoblanadi va u uglevod sifatida energiya quvvatini oshiradi.
Quyidagi sogʻlom tamaddilar yordamida siz qoʻshimcha 200 kaloriya olishingiz mumkin:
• Kichikroq stakanda urugʻlar va rezavorlar qoʻshilgan yogʻsiz yogurt
• Kichik porsiyada sabzavotli tayoqchalar va sous
• 150 ml sut bilan tayyorlangan bananli, sulili smuzi
• Bir filye maydalangan va tabiiy yogurt bilan aralashtirilgan dudlangan skumbriya, ikkita sulili non bilan birga
Ekspertlar tavsiyalari
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Homiladorlikda ozish
Homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida ortiqcha vazn yuqori arterial bosimni va gestatsion qandli diabetni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. U shuningdek, muddatidan oldingi tugʻruq xavfini oshiradi va tugʻruq paytidagi asoratlarni yoki ona suti bilan emizishda sutning ishlab chiqarilmasligi bilan bogʻliq muammolarning kelib chiqish ehtimolini oshirishi mumkin.
Biroq homiladorlik vaqtida ozish uchun parhezga rioya qilish tavsiya etilmaydi. Bunga sabab sizning rivojlanayotgan farzandingizga uning gestatsion rivojlanish davrining turli bosqichlarida ozuqa moddalarining oʻzgarishi taʼsir koʻrsatishi mumkin va bu uning keyinchalik ulgʻayganida ozuqa moddalarini oʻzlashtirish qobiliyatiga va uning tana vazniga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Mahsulotlar guruhlari oʻrtasida yaxshi, muvozanatlashgan sogʻlom ovqatlanishga koʻproq eʼtibor qarating. Koʻplab tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, homiladorlik paytida sogʻlom tana vaznini saqlab qolish uchun sogʻlom dietaga amal qilish (ozish uchun emas) va sogʻlom, muvozanatlashgan ratsionga amal qilish xavfsiz va samarali boʻlib, kichkintoyingizning tugʻilayotgan vaqtidagi tana vazniga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi.Bizning dieta va rivojlanish haqida maqolalarimiz bilan siz qanday qilib ozuqa moddalarining ideal balansiga erishish mumkinligi haqida bilib oling.
Homiladorlik vaqtidagi kam vaznlilik
Agar sizning vazningiz meʼyoridan kam boʻlsa, sizning shifokoringiz kerakli tana vazniga erishishning eng sogʻlom usullari haqida maslahat beradi. Ehtimol sizga farzandingiz yaxshi oʻsayotganiga ishonch hosil qilish uchun mutaxassisning doimiy nazorati kerak boʻlishi mumkin. Homiladorlik paytidagi sogʻlom vazn muddatidan oldingi tugʻruq yoki bolaning kam vazn bilan tugʻilishi xavfini kamaytirishi mumkin.
Tarkibida foydali yogʻlar saqlaydigan mahsulotlar kaloriya va ozuqa moddalarining ajoyib manbasi boʻladi. Bunda avokado, yongʻoq va urugʻlar yeyish yaxshi foyda beradi. Butun donli non va makaron mahsulotlari energiyaning sekin ajralishini va kletchatkalarning sogʻlom soʻrilishini taʼminlaydi.
Bolani ozuqa moddalari bilan taʼminlash uchun kun davomida kam-kam va tez-tez ovqatlaning.
1. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online] 2015. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54[Accessed October 2017]
2. NICE. Weight management before during and after pregnancy [Online] 2010. Available at: https://www.nice.org.uk/guidance/ph27/chapter/1-recommendations [Accessed October 2017]
3. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013.
4. Tommy’s. 200 calorie pregnancy snacks [Online]. 2014. Available at: www.tommys.org/page.aspx?pid=916 [Accessed June 2014]
5. Hilson JA et al. Excessive weight gain during pregnancy is associated with earlier termination of breast-feeding among white women. J Nutr 2006;136(1):140-146.
6. Armitage JA et al. Experimental models of developmental programming: consequences of exposure to an energy rich diet during development. J Physiol 2005;565(1):3-8.
7. Thangaratinam S et al. Effects of interventions in pregnancy on maternal weight and obstetric outcomes: meta-analysis of randomised evidence. Obstetrical & Gynecological Survey 2012;67(10):603-604.
8. Han Z et al. Maternal underweight and the risk of preterm birth and low birth weight: a systematic review and meta-analyses. Int J Epidemiol 2011;40(1):65- 101.
9. British Nutrition Foundation. Dietary Fibre [Online]. 2012. Available at: www.nutrition.org.uk/[Accessed July 2014]
Oxirgi marta yangilangan sana: 2014-yil 29-iyul
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.