O’qish vaqti: 4 daqiqa
Homiladorlikning 7-haftasi — nechanchi oy?
2 oy (Trimestr 1)
Bolaning 7-haftada rivojlanishi
Kichkintoyingizda qoʻl kurtakchalari rivojlanib, yassi shakldagi kaftlar shakllanadi1.
Yod
Nima uchun har kuni tarkibida yod saqlovchi qoʻshimchalar isteʼmol qilish kerakligini bilib oling2.
Yaxshi ovqatlanish
Homiladorlik paytida farzandingizning sogʻlom kelajagini taʼminlash uchun sogʻlom, muvozanatlashgan dietaga amal qiling.
Bolaning 7-haftada rivojlanishi
Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?
Homiladorlikning 7-haftasida kichkintoyingizning oʻlchami 4 mm2 dan 10 mm2 gacha boʻladi, bu taxminan chernika mevasi kattaligiga teng. Tashqi tomondan, u kichkina odamchaga oʻxshab boradi3, qoʻllarining kurtakchalari uzunlashadi va tekis, yassi shakldagi kaftchalari paydo boʻladi2.
Ushbu bosqichda kichkintoyingizning boshi uning tanasiga qaraganda tezroq oʻsadi: bu miyaning tez va jadal rivojlanishi tufayli shunday boʻladi2. Bolaning yuragi ham rivojlanishda davom etadi va oʻng va chap kameralarga boʻlinadi. Shu bilan birga oʻpkalarida nafas yoʻllari shakllana boshlaydi va ular keyinchalik vaqt oʻtishi bilan murakkab bronxlar tarmogʻiga aylanadi3.
Agar siz kichkintoyingizning yuzini koʻra olganingizda edi, undagi ikkita mittigina burun teshikchalarini koʻrgan boʻlardingiz. Bu haftada bolaning ogʻzi ham shakllana boshlaydi – lablari, tili paydo boʻladi va kelajakdagi tishlarning kurtakchalari paydo boʻladi1. Shu bilan birga, koʻzlari va quloqning ichki tuzilishlari rivojlanishda davom etadi, lekin ular faqat bir muncha vaqt oʻtgandan soʻnggina kerakli tarzda ishlay boshlaydi.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Homiladorlikning 7-haftasi (birinchi trimestr)
Mening tanamda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?
Garchi qorinning chiqishi 7-haftada odatiy holat boʻlishiga qaramay, homiladorlikni bu vaqtda tashqi jihatdan bir qarashda payqash qiyin va bu vaqtda faqatgina qorinning biroz yumaloqlashganini sezish mumkin.
7-haftada homiladorlik alomatlari4
Homilador ayollarning koʻpchiligida homiladorlikning turli xil alomatlari kuzatiladi. 7-haftada siz quyidagi alomatlardan birini his qilishingiz yoki ularning hech birini his qilmasligingiz mumkin:
Sizning koʻkragingiz kattalashishi va ogʻriq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Siz shuningdek koʻkragingizda boshqa oʻzgarishlarni ham his qilishingiz mumkin – sizning tanangiz mana shunday qilib ona suti bilan emizishga tayyorlana boshlaydi.
Dastlabki 12 hafta davomida gormonal oʻzgarishlar sizda charchoq yoki holsizlik hisini keltirib chiqarishi mumkin.
Boʻlajak onalarning 80% i birinchi trimestrda ertalablari koʻngil aynishi va lohaslikni his etishadi6. Bu holat kunning istalgan vaqtida kuzatilishi va koʻngil aynishining yengil xurujlaridan tortib kun boʻyi koʻngil aynishi hissigacha turlicha namoyon boʻlishi mumkin.
Progesteron, homiladorlik gormoni, ovqat hazm boʻlishini sekinlashtiradi va bu qorinning dam boʻlishiga va ortiqcha gaz yigʻilishiga olib kelishi mumkin7.
Homiladorlikning dastlabki davrida yengil spazmlar va qonli ajralmalar tez-tez kuzatiladi8,9. Biroq, agar ogʻriq kuchli boʻlsa (hayz koʻrish paytidagi spazmlardan kuchliroq boʻlsa) yoki qon ketishi juda koʻp boʻlsa, darhol oʻz shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Hojatxonaga tez-tez borish homiladorlikning dastlabki bosqichlarida eng koʻp kuzatiladigan alomatlardan biridir. Bu bachadon oʻsishi va siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bogʻliq.
Homiladorlik gormonlari – estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 haftada jadal ortadi10 va sizning oʻzingizni qanday his qilishingizga taʼsir koʻrsatadi. Dam olish va jismoniy faoliyat bilan kamroq shugʻullanish hissiy jihatdan oʻzingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.
Yod istemol qiling
Yod – bu miyaning sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan mikroelement boʻlib10, u baliq, sut va pishloq kabi mahsulotlar tarkibida mavjud. Yod koʻplab ozuqa mahsulotlari tarkibida mavjudligiga qaramay, ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, yod tanqisligi jamiyat salomatligidagi muammolardan biri hisoblanadi11. Agar siz yetarli miqdorda yod olayotganingizga ishonchingiz komil boʻlmasa, unda oʻz shifokoringiz yoki akusher/ginekologingiz bilan tarkibida yod saqlovchi qoʻshimchalarni qabul qilish toʻgʻrisida maslahatlashib koʻring.
Agar siz yetarli miqdorda yod olayotganingizga ishonchingiz komil boʻlmasa, unda oʻz shifokoringiz yoki akusher/ginekologingiz bilan tarkibida yod saqlovchi qoʻshimchalarni qabul qilish toʻgʻrisida maslahatlashib koʻring.
Oddiy tuzni yodlangan tuz bilan almashtirish ham yod isteʼmolini koʻpaytirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Shuningdek oʻz ratsioningizga quyidagi mahsulotlarni kiritish orqali ham yod miqdorini oshirishingiz mumkin12,13:
- Piksha baligʻi
- Treska baligʻi
- Qisqichbaqalar va homiladorlik uchunxavfsiz boʻlgan boshqa dengiz mahsulotlari (xom holatda isteʼmol qilmang – ularning pishirilganligiga ishonch hosil qiling)
- Sut
- Yogurt
- Dengiz oʻsimliklari
Ilmiy izoh
YOD
Yod metabolizmni tartibga soladigan va hujayralarning salomatligini qoʻllab-quvvatlaydigan15 qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi14. Yod, shuningdek, kognitiv funksiyalarni meʼyorlashtirishga yordam berishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ilmiy izlanishlar natijasida olimlar, avvaldan maʼlum boʻlganidek, homiladorlik davrida yod juda muhim ahamiyatga ega degan xulosaga kelishgan.
Hozirgi vaqtda 19 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan ayollar uchun tavsiya etilgan kundalik yod miqdori 0,14 mg ni tashkil etadi16. Homiladorlik paytida bu mikroelementni kerakli miqdorda isteʼmol qilish kichkintoyingizning sogʻlom oʻsishiga va sizning qalqonsimon bez gormonlaringizning muvozanatda boʻlishiga yordam beradi.
Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?
Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.
Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.
- 1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 32.2. NHS UK. You and your baby at 0-8 weeks pregnant [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-4-5-6-7-8.aspx [Accessed September 2019]3. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011. p. 98-9.
4. NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/signs-and-symptoms-pregnancy/ Page last reviewed: 6 October 2018. Next review due: 6 October 2021.
5. Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine. Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/
6. NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/
7. NHS. Vaginal bleeding in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021.
8. NHS. Stomach pain in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.
9. Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/
110. NHS. Iodine supplements could help mums, babies and the economy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/
11. Bath SC, Rayman MP. Is iodine deficiency during pregnancy a public health concern in the UK? Nutr Bulletin 2013;38(4):400-404.
12. Gandy J (ed). Manual of Dietetic Practice. 5th ed. Oxford: Wiley Blackwell. 2014. p. 759.
13. BDA. Iodine fact sheet [Online]. Available at: www.bda.uk.com/foodfacts/Iodine
14. European Union. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health Text with EEA relevance. OJ L 136 2012;1-40.
15. NHS UK. Iodine – Vitamins and minerals [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Iodine.aspx Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020.
16. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
17. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.
Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 23-dekabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.