O’qish vaqti: 4 daqiqa
Homiladorlikning 25-haftasi — nechanchi oy?
6 oy (trimestr 2)
25-haftada homilaning rivojlanishi
Farzandingizning hiqichog‘i tutayotgandir, yoki raqsga tushayotgandir?
Ovqatlanishning ahamiyati
Homila uchun qo‘shimcha ovqatlanishga aslida zaruriyat bormi?
25-haftada homilaning rivojlanishi
Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?
Homiladorlikning 25-haftasida farzandingizning bo‘yi 22 sm atrofida va vazni taxminan 700 g bo‘ladi1. Endi uning kattaligi rangli karamdek keladi.
Uning harakatlaridagi muvofiqlik yaxshilanadi, endi farzandingiz kaftini musht qilib, oyoqlarini cho‘zishi mumkin1. Qoringa tegsangiz, bunga javoban qanday harakatlanishini2 va hattoki hiqichoq tutganini-da sezishingiz mumkin3.
Homilaning terisi qizil tusga kira boshlaydi, chunki unda qon bilan to‘ladigan kapillyarlar shakllanadi4. Uning o‘pkasi ilk marta nafas olishga tayyorlanadi va tug‘ulgandan so‘ng o‘pkaning me’yorda ishlashiga yordam beradigan surfaktant ishlab chiqishda davom etadi3. Bu paytda bolaning og‘zi atrofida nerv uchlari rivojlanadi1. Ular ko‘krak bilan oziqlantirishning erta bosqichlarida oziq-ovqat manbasi qayerda joylashganligini aniqlashga yordam beradi1.
Farzandingizning eshitish qobiliyati yaxshilangan, endi u ota va onani ovozini tanishi mumkin. Hattoki u qaysi musiqiy janrlarni xush ko‘rishini ham sezasiz.
Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.
Homiladorlikning 25-haftasi (ikkinchi trimestr)
Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Siz va farzandingizni bog‘lab turadigan, unga muhim ozuqaviy moddalar va kislorod yetkazib beradigan, shuningdek tanangiz orqali bola organizmi hayot faoliyati chiqindilarini chiqaradigan kindik yo‘gonlashgan va baquvvat5.
Qo‘l, oyoq va yuzning shishganligini his qilasiz. Bunga ko‘proq homiladorlikning erta bosqichida me’yoriy holat sanaladigan suvning ushlanib qolishi sabab bo‘ladi. Biroq, haqiqatdan ham shish paydo bo‘lsa, bu haqda terapevt yoki akusher-ginekologga ma’lum qilish lozim. Bu jiddiy kasallik – preeklampsiya belgisi bo‘lishi mumkin6, u odatda homiladorlikning ikkinchi yarmida yoki tug‘ruqdan keyin ko‘p o‘tmay paydo bo‘ladi.
Shishdan tashqari bosh og‘riqlari, ko‘rish qobilyatining buzilishi yoki ko‘z oldida yulduzchalar uchishi, shuningdek qovurg‘adan biroz pastdagi og‘riq preeklampsiya belgilari sanaladi. Yuqoridagi belgilardan birortasi paydo bo‘lsa, terapevt, akusher-ginekologga murojaat qiling yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Oshqozon yonida joylashib, homila ham rivojlanishda davom etadi. Bu kekirishga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq sabab faqat shugina emas: gormonlar va mushaklar faolligining pasayishi ham me’daning sustligi va jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin7.
25-haftada homiladorlik belgilari
Oyto‘lg‘oq sifatida ham ma’lum bo‘lgan Brekston-Xiks to‘lg‘og‘i bachadon qisqarib, bo‘shashganda sodir bo‘ladi. Tana bo‘lg‘usi tug‘ruqni shu tariqa mashq qiladi. Bundan aslo tashvish tortmang, ayrim ayollar oyto‘lg‘oqni hatto sezishmaydi ham8.
Qorin kattalashishi bilan uxlash qiyinlashib boradi. Chap yon bilan uxlashga harakat qiling, chunki bu homila, bachadon va buyrakka qon oqimini yaxshilaydi9. Uzoq vaqt davomida osmonga qarab yotmang va uyquni yaxshilash uchun homilador ayollarga mo‘ljallangan yostiq sotib oling.
Odatda tunda kuzatiladi, shu sababli, o‘rningizdan turib, oyoq-qo‘llarni chigilini yozmoqchi bo‘lsangiz, biror narsaga qoqilib ketmaslik uchun chiroqni yoqishni unutmang. Oyoq, to‘piq va tovonlar uchun yengil mashqlar tomir tortishini yo‘qotishda yordam beradi.
Qorin kattalashishi bilan unda va ko‘krakda teri “yirtilishi” holatlari kuzatiladi. Odatda tug‘ruqdan so‘ng ular yaqqol sezilmaydi. Har xil kremlarni surtib yurmang – oddiy namlovchi krem kifoya.
Qorindagi og‘riqlar bachadon kengayishi tufayli paydo bo‘ladi (ularni “aylana bog‘lam og‘riqlari” deb ham atashadi).
Gormonlar sabab organizm milk kasalliklariga moyil bo‘lib qoladi.
Ovqatlanishning ahamiyati
Bir tomondan, homila oshqozon sohasida rivojlanadi. Boshqa tomondan, asosan uchinchi trimestrda ko‘proq kaloriya kerak bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi homilador ayollarga so‘nggi trimestrda har kuni qo‘shimcha ravishda 200 kaloriya qabul qilishni tavsiya etadi13.
Katta miqdorni kichik joyda qanday sig‘dirish mumkin? Buning usullaridan biri – kam-kamdan tez-tez ovqatlanish. 3 marta ko‘p-ko‘pdan ovqatlangandan ko‘ra, to‘q bo‘lib yurish uchun 5-6 marta kichik porsiyalarda ovqatlaning. Bu me’daning sustligi xurujlari va jig‘ildon qaynashini kamaytiradi.
Hammaning ham organizmi bir xil emas, iste’mol qilinadigan kaloriyaning aniq miqdori metabolizm, faollik va homila soniga bog‘liq. Homilador ayollar uchun homiladorlikning sog‘lom o‘tishi va farzandingiz uchun yanada sog‘lom kelajakni shakllantirishga yordam beradigan bir qator foydali va muvozanatlashtirilgan retseptlar yaratdik.
Ovqatlanish: uchinchi trimestrda nimalarni ratsionga kiritish va kiritmaslik haqida
- Kam-kamdan tez-tez ovqatlanish, shunda keragidan ortiqcha yeganlik hissi bo‘lmaydi.
- Yog‘li va o‘tkir taomlardan saqlaning.
- Ratsioningizda C, K vitaminlari, tiamin (B1 vitamini) va kletchatkalar ko‘proq bo‘lsin14.
- Kofein iste’molini kamaytiring va kofein va shakar miqdori ko‘p ichimliklardan saqlaning.
- Ovqat hazmi oson bo‘lishi uchun belni tik tutib, o‘tirgan holatda taom yeng15.
Ilmiy izoh
Qo‘shimcha kaloriya
Nutricia asosida
Xalq orasida homilador ayollar ikki hissa yeyishlari kerak, degan unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan gap bor16. Bu noto‘g‘ri: Bola o‘ziga kerakli barcha ozuqaviy moddalarni sizdan dastlabki olti oy davomida qabul qiladi va buning uchun ko‘proq yeyishingiz shart emas.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, homiladorlik davrida ortiqcha vaznli ayollarda homilaning tushib qolishi va gestatsion diabetning rivojlanishi, preeklampsiya va arterial qon bosimining oshishi xavfi yuqori bo‘ladi17.
Sog‘lom, me’yorlashtirilgan ovqatlanishda davom eting, bu homilaning dunyoga kelishidan oldingi so‘nggi rivojlanishida yordam beradi.
- Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 43.
- Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 261.
- NHS UK. You and your baby at 25 weeks pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/25-weeks-pregnant/ [Accessed December 2019]
- Mother & Baby. 25 weeks pregnant: advice, symptoms and what to expect. [Online] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/pregnancy-and-birth/pregnancy/pregnancy-week-by-week/week-25-twenty-five-weeks-pregnant [Accessed December 2019]
- NHS UK. What is the umbilical cord? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/what-is-the-umbilical-cord/ [Accessed December 2019]
- NHS UK. Overview: Pre-eclampsia. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pre-eclampsia/ Page last reviewed: 7 June 2018. Next review due: 7 June 2021
- NHS UK. Indigestion and heartburn in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/indigestion-heartburn-pregnant/ Page last reviewed: November 2017. Next review due: November 2020
- Tommy’s. Braxton Hicks. [Online] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/labour-birth/braxton-hicks Last reviewed: July 2019. Next review due July 2022.
- National Sleep Foundation (USA). Sleeping By the Trimesters: 3rd Trimester. [Online] Available at: https://www.sleepfoundation.org/articles/sleeping-trimesters-3rd-trimester [Accessed December 2019]
- NHS UK. Stretch marks in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stretch-marks-pregnant/ [Accessed December 2019]
- NHS UK. Start4life. Week 15 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-15/
- NHS UK. Week 13 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-13/#anchor-tabs [Accessed December 2019]
- BBC NEWS UK. Women ‘unsure how much to eat while pregnant’ – survey. [Online] Available at: https://www.bbc.co.uk/news/health-40698876 [Accessed December 2019]
- Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
- BabyCentre. Healthy foods for your third trimester: photos. [Online] Available at: https://www.babycentre.co.uk/l25007449/healthy-foods-for-your-third-trimester-photos [Accessed December 2019]
- Everyday Health. The Best Moves to Aid Digestion. Madeline R. Vann, MPH. Medically Reviewed by Niya Jones, MD, MPH. [Online] Available at: https://www.everydayhealth.com/digestive-health-pictures/the-best-moves-to-aid-digestion.aspx [Accessed December 2019]
- Tommy’s. How much extra should I eat in pregnancy? [Online] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/im-pregnant/nutrition-pregnancy/how-much-extra-should-i-eat-pregnancy
- NHS UK. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/how-much-weight-will-i-put-on-during-my-pregnancy/ Page last reviewed: October 2018. Next review due: October 2021.
Yangilangan sana: 2020-yil 14-yanvar
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.