O’qish vaqti: 4 daqiqa
Homiladorlikning 9-haftasi — nechanchi oy?
2 oy (Trimestr 1)
Bolaning 9-haftada rivojlanishi
Bu bosqichda kichkintoyingizning mushaklari va suyaklari rivojlanishda davom etadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi
Homiladorlik vaqtida siz infeksiyalarga chalinishga koʻproq moyil boʻlasiz, shuning uchun siz oziq-ovqat gigiyenasigajuda katta eʼtibor berishingiz kerak.
D vitamini
Kichkintoyingizning oʻsib borayotgan organizmini D vitamini yordamida qanday qoʻllab-quvvatlashni bilib oling.
Bolaning 9-haftada rivojlanishi
Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?
Homiladorlikning 9-haftasida bolaning ogʻzi va tili shakllana boshlaydi va uning taʼm sezish retseptorlari esa toʻliq ishlashga tayyor boʻladi. Bolaning oʻlchami bu davrda taxminan gilosdek kattalikda boʻladi – boshidan pastki qismigacha 2 sm dan 3 sm gacha boʻladi. Ushbu bosqichda kichkintoyingizning koʻzlari shakllana boshlaydi1, burni ham tabiiy shakliga kela boshlaydi.
Asosiy organlar – miya, yurak, oʻpka va buyraklar rivojlanishda davom etadi. Bu davrda hali bolaning jinsini UTT yordamida aniqlab boʻlmaydi, ammo siz uning harakatlarini koʻrishingiz mumkin boʻladi – bular mushaklarining ishlay boshlaganligining belgisi hisoblanadi. Portativ doppler apparati yordamida akusher-ginekologingiz sizga bolangizning yurak urishini eshittirishi mumkin.
Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.
Homiladorlikning 9-haftasi (birinchi trimestr)
Mening tanamda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?
Garchi qorinning chiqishi 9-haftada odatiy holat boʻlishiga qaramay, homiladorlikni bu vaqtda tashqi jihatdan bir qarashda payqash qiyin va buni faqat qorinning biroz yumaloqlashganiga qarab bilish mumkin.
9-haftada homiladorlik alomatlari5
Homilador ayollarning koʻpchiligida homiladorlikning turli xil alomatlari kuzatiladi. 6-haftada siz quyidagi alomatlardan birini his qilishingiz yoki ularning hech birini his qilmasligingiz mumkin:
Sizning koʻkragingiz kattalashishi va ogʻriq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Siz shuningdek koʻkragingizda boshqa oʻzgarishlarni ham his qilishingiz mumkin – sizning tanangiz mana shunday qilib ona suti bilan emizishga tayyorlana boshlaydi.
Dastlabki 12 hafta davomida gormonal oʻzgarishlar sizda charchoq yoki holsizlik hisini keltirib chiqarishi mumkin.
Boʻlajak onalarning 80% i birinchi trimestrda ertalablari koʻngil aynishi va lohaslikni his etishadi6. Bu holat kunning istalgan vaqtida kuzatilishi va koʻngil aynishining yengil xurujlaridan tortib kun boʻyi koʻngil aynishi hissigacha turlicha namoyon boʻlishi mumkin.
Progesteron, homiladorlik gormoni, ovqat hazm boʻlishini sekinlashtiradi va bu qorinning dam boʻlishiga va ortiqcha gaz yigʻilishiga olib kelishi mumkin7.
Homiladorlikning dastlabki davrida yengil spazmlar va qonli ajralmalar tez-tez kuzatiladi8,9. Biroq, agar ogʻriq kuchli boʻlsa (hayz koʻrish paytidagi spazmlardan kuchliroq boʻlsa) yoki qon ketishi juda koʻp boʻlsa, darhol oʻz shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Hojatxonaga tez-tez borish homiladorlikning dastlabki bosqichlarida eng koʻp kuzatiladigan alomatlardan biridir. Bu bachadon oʻsishi va siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bogʻliq.
Homiladorlik gormonlari – estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 haftada jadal ortadi10 va sizning oʻzingizni qanday his qilishingizga taʼsir koʻrsatadi. Dam olish va jismoniy faoliyat bilan kamroq shugʻullanish hissiy jihatdan oʻzingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.
Shifokorga murojaat qilish vaqti keldi
Agar siz homiladorlikning boshidan beri biror marta ham shifokor koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda 9-hafta tugʻruqdan oldingi birinchi qabulga yozilish uchun juda yaxshi vaqt. Ehtimol, siz bu hodisa haqida atrofingizdagi barchaga ham aytmassiz, lekin shifokor huzuriga tashrif buyurish bu sizning prenatal salomatligingizni shifokoringiz bilan batafsil muhokama qilish va sizni homiladorlik vaqtida salomatligingizni saqlash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Salomatlik uchun xavfsiz oziq-ovqat
Homiladorlik vaqtida sizning immun tizimingiz sizning organizmingizga qorningizda oʻsib borayotgan bolani qabul qilishga ruxsat berishi uchun tabiiy ravishda tushadi. Natijada sizning infeksiyalarga moyilligingiz yanada ortadi. Shu sababli, homiladorlik vaqtida oziq-ovqat gigiyenasiga va pishirish usullariga alohida eʼtibor berish muhim ahamiyatga ega.
Quyida sanab oʻtilgan mahsulotlar zararli boʻlishi mumkin, shuning uchun yaxshisi ulardan voz kechish kerak. Agar siz mahsulotning sifatiga shubha qilsangiz, unda uni ratsioningizdan chiqarib tashlash siz uchun xavfsizroq boʻladi.
Xom yoki yaxshi pishmagan tuxumlar, shuningdek ulardan tayyorlangan ovqatlar, masalan uyda tayyorlangan mayonez, ayrim turdagi muzqaymoqlar va uyda tayyorlangan musslar;
Xom yoki yaxshi pishmagan goʻsht, baliq va tovuq goʻshti;
Steak tartar, sushi va tarkibida xom goʻsht va xom baliq boʻlgan boshqa ovqatlar;
Pasterizatsiya qilinmagan sut, pishloq yoki yogurt.
Doʻkondan sotib olinadigan mahsulotlar odatda pasterizatsiyalangan sut ingrediyentlaridan tayyorlanadi, biroq bunga ishonch hosil qilish uchun mahsulotning yorligʻida yozilgan tarkibi bilan tanishishingizni maslahat beramiz. Shuningdek, siz homiladorlik vaqtida yana qanday mahsulotlarni ratsioningizdan chiqarishingiz kerakligi haqida batafsil oʻqing.
D vitaminini isteʼmol qiling
Homiladorlik vaqtida har kuni 10 mkg D vitamini olish tavsiya etiladi12.
D vitaminini olishning eng samarali usuli quyosh vannalari, xususan ultrabinafsha nurlar olishdir.
D vitamini tuxum va yogʻli baliq kabi baʼzi mahsulotlarda mavjud boʻladi. Lekin har kuni kundalik meʼyor hisoblangan 10 mkg D vitamini isteʼmolini taʼminlashning eng yaxshi usuli bu vitaminli qoʻshimchalar qabul qilishdir. Baʼzi prenatal multivitaminlarning tarkibida D vitamini boʻladi, yoki siz D vitamini alohida qabul qilishingiz ham mumkin.
Siz shuningdek quyidagi mahsulotlarni oʻz ratsioningizga qoʻshish orqali D vitamini isteʼmolini koʻpaytirishingiz mumkin:
Yogʻli baliqlar, jumladan seld, skumbriya, sardina, losos, forel (haftasiga 2 martadan ortiq isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi).
Tuxum – tuxum sarigʻida D vitamini mavjud.
Boyitilgan mahsulotlar – baʼzi savdo belgilari ostidagi sut mahsulotlari va quruq nonushtalar tarkibiga D vitamini qoʻshilgan.
Ilmiy izoh
D vitamini
Nutricia asosida
D vitamini homiladorlik davrida sogʻlom ovqatlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. U kichkintoyingizning salomatligida hayotiy muhim vazifani bajarib, uning suyaklarining oʻsishi va rivojlanishiga yordam beradi, shuningdek uning organizmidagi kalsiy va fosfat miqdorini nazorat qiladi. Bundan tashqari, u bola tugʻilganidan keyin uning organizmidagi D vitamini tanqisligi xavfini kamaytiradi.
Siz hozir qabul qilayotgan D vitamini nafaqat homiladorlik paytida kichkintoyingizning suyaklarini rivojlanishiga yordam beradi, balki bolaning organizmidagi D vitamini zaxirasini toʻldiradi va bu uni hayotining dastlabki bir necha oylari davomida qoʻllab-quvvatlaydi.
Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?
Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.
Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.
- NHS UK. You and your baby at 9-12 weeks pregnant [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-9-10-11-12.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
- Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 33.
- Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011. p. 129.
- Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 169.
- NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/signs-and-symptoms-pregnancy/ Page last reviewed: 6 October 2018. Next review due: 6 October 2021.
- Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine. Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/
- NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/
- NHS. Vaginal bleeding in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021.
- NHS. Stomach pain in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.
- Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/
- NHS. Why are pregnant women at higher risk of flu complications? [Online]. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/3096.aspx?CategoryID=5 [Page last reviewed: 20 January 2017. Next review due: 20 January 2020.
- Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
- Department of Health and the Food Standards Agency. National Diet and Nutrition Survey: Headline results from Years 1, 2 and 3 (combined) of the Rolling Programme (2008/2009-2010/11) [Online]. 2012. Available at: www.natcen.ac.uk/media/175123/national-diet-and-nutrition-survey-years-1-2-and-3.pdf
- European Union. Commission Regulation (EC) No 983/2009 of 21 October 2009 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on food and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 277 2009;3-12.
- NHS UK. Vitamins and nutrition in pregnancy [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx Page last reviewed: 26 January 2017. Next review due: 26 January 2020.
- NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.
Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 23-oktyabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.