Homiladorlikning 31-haftasi

Homiladorlikning 31-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

7 oy (Trimestr3)

Ko‘zning rivojlanishi

Homiladorlikning 31-haftasida bolaning o‘sishi biroz sustlashsa ham, u umumiy rivojlanishda davom etadi, endi uning ko‘zlarini rangi shakllana boshlaydi. Bu bosqichda temir bolaning kognitiv funksiyalari rivojlanishini bir me’yorda saqlashda davom etadi va temirning singishiga yordam beradigan C vitaminni ham e’tibordan chetda qoldirmang.

plod 31 nedelya

31-haftada homilaning rivojlanishi

31-haftada ko‘z rangining shakllanishi

Bolaning bo‘yi bu paytda taxminan 28 sm va vazni 2,5 kg. 31-haftada homilaning vazni oshishda davom etadi, ammo uning bo‘yi o‘sishi sekinlashadi1. Shu bilan birga bachadonda suyuqlik miqdori oshadi. Tug‘ilgunga qadar farzandingiz homilani o‘rab turadigan suvdan nafas oladi va yutadi, keyin uni organizm faoliyati chiqindisi ko‘rinishida chiqarib yuboradi3.

Bu bosqichda farzandingizning ko‘zlari pigmenti rivojlanadi, biroq ko‘zlar bola tug‘ilganidan bir necha oy o‘tib o‘zining haqiqiy rangiga ega bo‘ladi.

31-haftadayoq bola ko‘zlariga rang kiradi. Kavkazda aksariyat bolalar moviy ko‘zli bo‘lib tug‘iladi, biroq bunday ko‘zlarning haqiqiy rangi bola dunyoga kelganidan bir necha oy o‘tib namoyon bo‘ladi.

Rangidan qat’i nazar, farzandingizning ko‘zi yorug‘likka javob qaytaradi, qorachig‘i kengayishi mumkin, yaxshi rivojlangan qovoqlar esa xohlagan payt ko‘zni ochish va yumish imkonini beradi1. Tug‘ilganda farzandingizning ko‘zlari haqida batafsil bilib oling 

Farzandimning ko‘zini rangiga ta’sir qila olamanmi?

Farzandingizning ko‘zini rangi ko‘p holatlarda genetika bilan bog‘liq. Homiladorlik davridagi yoki undan keyingi harakatlaringiz yoki ratsion bu jarayonga ta’sir qila olmaydi. Sizning va umr yo‘ldoshingizning ko‘z rangi bir xil bo‘lsa, farzandingizning ko‘zlari ham xuddi shu rangda bo‘lishi ehtimoli yuqori, ammo yuz foiz shunday bo‘ladi degani emas. Oilangizning va ota-onalaringizning genlari aralashib ketib, birlashishi va farzandingiz ko‘zi umuman siz kutganday bo‘lmasligi mumkin.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

C vitamini temirni singishida yordam beradi

Farzandingizda ko‘plab yangi kognitiv funksiyalar rivojlanadi, shuning uchun temir, shuningdek uni o‘simlik manbalaridan o‘zlashitirishga yordam beradigan C vitamini bilan ta’minlaydigan ratsionga rioya qilish muhimdir. Homiladorlik davrida C vitamin parhezning muhim tarkibiy qismi ekanligining yana bir sababi shundaki, u hujayralarni himoya qilish uchun zarurdir va tog‘ay, paylar, suyak va terini hosil qiladigan kollagen ishlab chiqishda yordam beradi4.

C vitamini farzandingizning kognitiv funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan temirni singishida yordam beradi.

Shu boisdan C vitaminni temirga boy mahsulotlar bilan birga yoki ulardan keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Masalan, bir stakan apelsin sharbatini pishirilgan sabzavot, losos va brokkolida toblama yoki kivi va keshyu yong‘og‘i bilan iste’mol qilishingiz mumkin.

C vitamini va temir moddasi ko‘plab mahsulotlarda tabiiy holda uchraydi, shuning uchun bunday mahsulotlarni ratsionga kiritish qiyin emas. Homiladorlik davrida C vitamini iste’moli me’yori kuniga 40 mg, uchinchi trimestrda esa qo‘shimcha ravishda kuniga 10 mg.6.

Keyingi qadamlar

C vitaminga boy mahsulotlardan birini ratsioningizga kiriting

• Mevalar – apelsin, kivi, qulupnay yoki chernika.

• Limon sharbati yoki laym

• Meva sharbati

• Brokkoli

• Ismaloqning ho‘l yaproqlari

• Pomidor

• Bryussel karami

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 46.

2. NHS UK. What is the amniotic sac? [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/2310.aspx?CategoryID=54 [Accessed August 2016].

3. NHS UK. You and your baby at 29-32 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-29-30-31-32.aspx [Accessed August 2016].

4. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136, 25.5.2012, pp. 1–40.

5. Commission Regulation (EU) No 957/2010 of 22 October 2010 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 279, 23.10.2010, pp. 13–17.

6. British Nutrition Foundation. Minerals and trace elements [Online]. 2009. www.nutrition.org.uk/[Accessed August 2016].

Yangilangan sana: 2016-yil 8-avgustда

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x