Ertalabki lohaslikni qanday bartaraf etish mumkin

O’qish vaqti: 6 daqiqa

Koʻngil aynishi va qayt qilish homiladorlik vaqtida tabiiy hodisa hisoblanadi va bu holat birinchi trimestrda boʻlajak onalarning 80% ida kuzatiladi.  Bu holat kunning istalgan vaqtida yoki tunda yuzaga kelishi mumkin va yengil koʻngil aynishidan tortib, shifoxonaga yotishni talab etadigan kuchli simptomlargacha boʻlgan asoratlar bilan kechishi mumkin.

Bunday vaqtda sizda kuzatilayotgan simptomlarni bartaraf etishning bir nechta variantlari mavjud va umuman olganda, ertalabki odatiy lohaslik odatda taxminan 12-haftadan soʻng oʻtib ketadi.

Tonggi lohaslik: yengil koʻngil aynishidan tortib ogʻir simptomlargacha

Homiladorlik vaqtida yengil lohasliklar odatda “tonggi lohaslik” deb ataladi va oddiy koʻngil aynish xurujlari va vaqti-vaqti bilan qayt qilish bilan kechadi. Baʼzi ayollarda bu boshqalarga nisbatan koʻproq choʻzilishi mumkin.

Baʼzi ayollar esa gipermezis gravidarumni boshdan kechirishadi. Olimlar nima uchun baʼzi boʻlajak onalar yengil koʻngil aynishini boshdan kechirishini, boshqalarda esa bu holat gipermezis gravidarumgacha rivojlanishini toʻliq tushunib yetishmagan. Lekin bu irsiyat va garmonlar bilan bogʻliqligiga yetarlicha isbotlar mavjud.

ertalabki darmonsizlik

Homiladorlikdagi lohaslik haqidagi faktlar

• 70-80% ayollar koʻngil aynishi va qayt qilishni boshdan kechirishadi.

• Homilador ayollardagi lohaslik va gipermezis ruhiy holat bilan bogʻliq boʻlmaydi va ularning har ikkisi ham jismoniy xastalik hisoblanadi.

• “Tonggi” kasallik istalgan paytda boshlanishi mumkin.

• Siz meʼyorida ovqatlansangiz va meʼyorida suyuqlik ichsangiz ertalabki lohaslik sizning va kichkintoyingizning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.

• Hatto yengil koʻngil aynishi ham, agar bir necha hafta davom etsa, sizning kayfiyatingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Agar siz homiladorlikning ogʻir kechishidan qiynalayotgan boʻlsangiz va sizda gipermezis gravidarum kuzatilsa bu sizning kayfiyatingizga yanada koʻproq taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Ertalabki lohaslik qachon boshlanadi?

Ertalabki lohaslik odatda birinchi trimestrda, homiladorlikning 5-6-haftasida boshlanadi. Koʻpincha bu sizning homilador ekanligingizning dastlabki alomatlaridan biri boʻladi.

Simptomlarning birinchi avj olgan nuqtasi 9-11 haftalar boʻladi va 12-14-haftalarga borib u biroz yengillashadi. Baʼzilarda bu kasallik 20-haftagacha choʻzilishi mumkin. 2-trimestrdan boshlanadigan kislota reflyuksi esa koʻngil aynishi va qayt qilishni keltirib chiqarishda davom etishi mumkin.

Agar homiladorlik paytida koʻngil aynish alomatlari 12 haftadan ziyod davom etsa, akusher yoki shifokor bilan maslahatlashing.

divanda yotgan homilador ayol

Ertalabki lohaslikni bartaraf etuvchi dori vositalari mavjudmi?

Baʼzi ayollar davolanish uchun aromaterapiya, akupunktura va gomeopatiya kabi davolashning boshqa alternativ usullariga murojaat qilishadi. Lekin hali platsebodan tashqari biror bir boshqa davolash usuli haqiqiy samara berganligini koʻrsatuvchi klinik tajribalar mavjud emas.

Biroq ular hech qanday zarar keltirmaydi. Agar siz fizioterapiyani, masalan, massaj yoki ignaterapiyani sinab koʻrmoqchi boʻlsangiz, homilador ayollar bilan ishlash tajribasiga ega malakali shifokorni toping. Britaniyaning homilador ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xayriya tashkiloti oʻziga-oʻzi yordam berish boʻyicha ilmiy asoslangan maslahatlarni va maʼlumotlarni taklif etadi. Ularning tavsiyalari quyidagicha:

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Garchi bu oson boʻlmasa-da, ayniqsa agar sizning boshqa farzandlaringiz boʻlsa va/yoki siz toʻliq ish kunida ishlayotgan boʻlsangiz ham, imkon qadar vaqt topishingiz va oʻzingizni yomon his qilganingizda to koʻngil aynishi oʻtib ketmagunicha yotish yoki oʻtirishingiz kerak.

Kunning simptomlar kuzatilmaydigan vaqtiga eʼtibor bering, keyin esa shu vaqtda ovqat yeyishga, suyuqlik ichishga va faolroq boʻlishga harakat qiling. Koʻpchilik ayollar agar kundalik yuritishsa, oʻzlarining muntazam “tongi lohasligining” namunasini topa olishadi. Biroq agar sizda simptomlar doimiy ravishda kuzatilsa, bu ish bermaydi.

Agar odatda ertalabki nonushtaga 2 ta tost yeydigan boʻlsangiz unda har 15 daqiqada bitta tostning yarmini yeyishga harakat qiling. Agar siz doimiy ravishda band boʻlsangiz, bu sizga oson boʻlmasligi mumkin, lekin agar nonushtani oldindan tayyorlab qoʻysangiz, unda bu yordam beradi.

Bu koʻpincha kislota reflyuksiga olib kelishi, koʻngil aynishi va qayt qilishni kuchaytirishi mumkin.

zanjabil choy

Zanjabil yordam beradimi?

Agar siz ertalabki lohaslikni boshdan kechirayotganingizni aytsangiz, albatta kimdir sizga zanjabilni taklif etadi. Yengil koʻngil aynishidan tortib qayt qilishgacha boʻlgan simptomlar kuzatilganda kuniga 1000 mg toza zanjabil ildizi ekstraktini qabul qilish bu simptomlarni yengillashtirishi haqida norasmiy maʼlumotlar mavjud.

Biroq amaliyotda koʻpchilik zanjabilni oʻzining kuchli taʼmi tufayli bu simptomlarni yanada kuchaytirishi mumkin deb hisoblaydi. U shuningdek kislota reflyuksini oshirishi mumkin va bu yanada koʻproq noqulaylikni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha gipermezis gravidarumni boshdan kechirayotgan ayollarning koʻpchiligi zanjabilni sinab koʻrgach uning yoqimsiz nojoʻya taʼsirlar koʻrsatganini maʼlum qilishgan.

Zanjabil taʼmli mahsulotlar oʻzining tarkibida odatda biror bir samarali taʼsir koʻrsatish uchun yetarlicha miqdorda zanjabil saqlamaydi. Zanjabilli pechenye kabi shirin mahsulotlar tarkibida esa koʻp miqdorda shakar boʻladi, shakarni esa homiladorlik vaqtida kam isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Menimcha mendagi simptomlar odatdagidan koʻra kuchliroq. Nima qilishim kerak?

Agar sizda quyidagi simptomlardan birortasi kuzatilsa, oʻz shifokoringizga yoki akusheringizga murojaat qiling, chunki bu simptomlar sizda gipermezis gravidarum borligini koʻrsatishi va sizga tibbiy yordam kerak boʻlishi mumkin:

• Siz deyarli har doim kuchli koʻngil aynishini his qilyapsiz va bu sizga ovqat yeyishga va/yoki suyuqlik ichishga xalaqit beryapti.

• Siz homiladorlikkacha boʻlgan vazningizni 5% dan koʻproq yoʻqotyapsiz.

• Siz 3 kundan ortiq vaqt davomida kuniga 3-martadan koʻp qayt qilyapsiz.

Homilador ayollarda gipermezisni davolash

Shifokoringiz koʻp yillar davomida xavfsiz foydalanilgan va Qirollik akusherlik kolleji tomonidan tavsiya etilgan bir nechta dori vositalaridan birini buyurishi mumkin.

Soʻngi maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha gipermezis gravidarumni davolamaslik sizning farzandingiz uchun xavfni oshirishi mumkin. Shubhasiz bu boʻlajak onalarga koʻproq zarar yetkazadi. Agar kasallik sizda suvsizlanishni keltirib chiqarsa, unda sizdagi suv balansini nazorat qilish va uni tomchi dori yordamida tiklash uchun sizni shifoxonaga yuborishadi.

kulrang kiymda  homilador ayol

Yolgʻizlik va boshqalardan ajralib qolish

Homiladorlik vaqtidagi lohaslik, ayniqsa u agar jiddiy boʻlsa va siz bir necha hafta davomida uyda qolishga yoki hatto toʻshakda yotishga majbur boʻlsangiz, sizning ruhiy salomatligingizga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Sizga xuddi butun dunyo siz haqingizda unutgandek tuyulishi mumkin.

Baʼzi ayollar, xususan agar kasallik, oilaning ahvoliga taʼsir koʻrsatsa va moddiy jihatdan taʼsir koʻrsatsa, oʻzlarida aybdorlikni his qilishadi. Bu hissiyotlar boʻlishi tabiiy va sizni tushunish mumkin.

Agar siz kasal boʻlib qolgan boʻlsangiz va ayniqsa sizga gipermezis gravidarum tashxisini qoʻyishgan boʻlsa, bu sizning aybingiz emasligini unutmaslikka harakat qiling: bu jiddiy kasallik va bunday holatda siz oʻzingizning va kichkintoyingizning salomatligi uchun imkon qadar koʻproq dam olishingiz zarur.

Agar siz boshqalar ishga yoki maktabga borishlari mumkin boʻlgan bir vaqtda bir oʻzingiz yolgʻiz qolib ketayotganingizdan, yotoqqa mixlanib qolganingizdan siqilsangiz, unda yoningizga radio qoʻyib qoʻying. Hatto sizni qimirlash va oʻtirish ham koʻnglingizning aynishini keltirib chiqarayotgan boʻlsa, unda radio miyangizdan salbiy fikrlarni chiqarib yuborishga yordam berishi mumkin (lekin yangiliklar xabarlarini tinglamagan maʼqul). Yotoq rejimi – yaxshi audiokitoblar eshitish uchun ajoyib imkoniyat boʻladi.

  1. Lee NM, Saha S. Nausea and vomiting of pregnancy. Gastroenterol Clin North Am. 2011;40(2):309–vii.
  2. Gadsby R, Barnie-Adshead A. Nausea and vomiting of pregnancy – a literature review. Pregnancy Sickness Support [Online]. 2011. Available at: https://www.pregnancysicknesssupport.org.uk/literature-review [Accessed: December 2019].
  3. Koren G et al. The protective effects of nausea and vomiting of pregnancy against adverse fetal outcome – a systematic review. Reprod Toxicol 2014;47:77-80.
  4. Mother & Baby. When does morning sickness start? [Online] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/pregnancy-and-birth/pregnancy/help-with-morning-sickness/when-does-morning-sickness-start [Accessed December 2019]
  5. Pregnancy Sickness Support. Survey of women’s experience of hyperemesis gravidarum. 2013 [Online] Available at: https://www.pregnancysicknesssupport.org.uk/documents/HCPconferenceslides/womens-experience-2013-MOH.pdf [Accessed December 2019]
  6. Dean CR, O’Hara ME. Ginger is ineffective for hyperemesis gravidarum, and causes harm: an internet based survey of sufferers. MIDIRS Midwifery Digest 2015;25(4):449-55

Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 20-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x