Tayyorlash vaqti: 10 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 25 daqiqa – Porsiya: 10 * 20 g
Bu tez tayyor bo‘ladigan va oddiy yong‘oqning mazali muqobili, ajoyib taom va pechdan chiqishi bilan dasturxonga tortish mumkin. U tish uchun anchagina qattiqlik qiladi, shu boisdan ehtiyot bo‘lib iste’mol qiling.
Ushbu taom: sut mahsuloitlarisiz • glyutensiz • vegancha • vegetariancha • oqsil manbasi sanaladi • tarkibida kletchatka mavjud • tarkibida folatsin va E vitamin mavjud
Har bir porsiya tarkibi:
Ozuqaviy qiymati | Miqdori | Ozuqaviy moddalarning sutkalik normasi % da |
---|---|---|
Кaloriyaligi | 118 kKal | 6% |
Yog‘lar | 6.9 g | 10% |
Uglevodlar | 0.6 g | 3% |
Shakar | 0.6 g | 1% |
Tuz | 0 g | 0% |
Parhezshunos maslahati
Homiladorlik davrida qabziyatdan iziyat chekayotgan bo‘lsangiz, kletchatkaga boy yeguliklar ovqat hazm qilish tizimini tartibga solishda yordam beradi.
Masallig‘lar
- Quruq va yaxshilab yuvilgan bir banka no‘xat (400 g)
- Rozmarinning mayda qilib kesilgan 2 ta bargi (taxminan 1 osh qoshiq)
- 2 choy qoshiq yanchilgan zirl
- 1 choy qoshiq dudlangan garmdori
- 100 g butun bodom
- Yangi yanchilgan murch
Retsept tarkibida quyidagi allerginlar mavjud: yong‘oq (bodom). Ozuqaviy qiymati haqida keltirilgan barcha ma’lumotlar 100 g taom asosida olingan, ammo bu tavsiya etilgan porsiya miqdori sanalmaydi.
Ozuqaviy qiymati
* No‘xat: tarkibida farzandingizning o‘shishi uchun strukturaviy material sanaladigan oqsil mavjud.
* Bodom: tarkibida E vitamini mavjud. Homiladorlik davrida E vitaminni yetarli miqdorda iste’mol qilish farzandingizda keyinchalik astma va nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishda yordam beradi.
Tayyorlash usuli
1. Pechni 200 C gacha qizdiring.
2. No‘xat, zirl, garmdori va murchni katta tovada aralashtiring. Ularni bir xil qalinlikda qo‘ying va po‘sti qarsildoq bo‘lguncha15 daqiqa toblab pishiring.
3. Bu vaqt mobaynida bodom soling va yaxshilab aralashtiring. Keyin no‘xat qarsildoq bo‘lguncha va rangi o‘zgarguncha pechga 10 daqiqa qo‘ying.
4. Pechdan chiqaring, biroz sovisin, keyin dasturxonga torting.
- NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
- NHS. Healthy Eating Pregnancy [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/healthy-eating-pregnancy/ [Accessed July 2018].
- Turner SW et al. Associations between fetal size, maternal α-tocopherol and childhood asthma. Thorax 2010;65(5):391-7.
- Devereux G et al. Low maternal vitamin E intake during pregnancy is associated with asthma in 5-year-old children. Am J Resp Crit Care Med 2006;174(5):499-507.
Yangilangan sana: 2018-yil 7-sentabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.