Homiladorlik paytida suyuqlik isteʼmol qilish

Chanqoq hissi

Homiladorlik paytida nima ichish kerak va qancha ichish kerak

Biz suyuqlikni dietamizning muhim qismi deb hisoblamasligimiz mumkin, ammo suyuqlik ichish sizning salomatligingiz va bolangizning rivojlanishi uchun juda muhimdir. Ammo, agar siz ertalabki lohaslikdan azob chekayotgan boʻlsangiz, sizda suvsizlanish holati yuzaga kelishi mumkin. Nima uchun suyuqliklar har ikkingiz uchun ham muhimligi haqida, shuningdek homiladorlik paytida suv balansini taʼminlash uchun har kuni nima ichish kerakligi va qancha ichish kerakligi haqida bilib oling.

Suyuqliklar: ratsionning eng muhim elementi

limon choy

Inson tanasining katta qismi suvdan tashkil topgan. Bu bizning murakkab tizimlarimizni toʻgʻri ishlashini taʼminlaydi va organizmimizga foydali ozuqa moddalarining soʻrilishiga va toksinlarning chiqarib yuborilishiga yordam beradi.

Homiladorlik paytida, tanangizga katta yuklama tushganligi tufayli organizmingizning suvga boʻlgan katta ehtiyojini qondirish va suvsizlanishining oldini olish uchun odatdagidan koʻproq suv kerak boʻladi.

Hatto agar siz ertalabki lohaslik tufayli ovqat yeya olmayotgan boʻlsangiz ham baribir koʻp suyuqlik ichish kerak. Masalan, bir stakan suvga bir nechta yalpiz barglari va ozroq limon qoʻshib ichib koʻring-chi, balki sizga yoqar?

Suv va sizning tanangiz

Farzandingizning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlovchi baʼzi muhim tizimlarning katta qismini suv tashkil etadi. Masalan, bolani kislorod bilan taʼminlaydigan qoningizning miqdori 50% ga oshadi. Bachadonda bolani oziqlanishini va u uchun yumshoq muhitni hamda bolaning oʻsishini taʼminlaydigan amniotik suyuqlik ham asosan suvdan iborat.

Har kuni yetarli miqdorda suyuqlik ichish, sizning hayotiy taʼminot tizimingizni qoʻllab-quvvatlashga suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi.

Homiladorlik paytida suv balansini qoʻllab-quvvatlash sizning salomatligingiz uchun va sizning farzandingiz uchun zarur boʻlgan qon va homila oldi suvi kabi muhim hayotiy suyuqliklarni meʼyorida saqlash uchun muhimdir.
ichimlik suv Suv sizning organizmingiz boʻylab kislorod tashiydigan qoʻshimcha qonni hosil qilish uchun zarur.

Kletchatkaga boy dietaga mos suyuqlik ichish, baʼzida homilador ayollarda paydo boʻladigan ich qotishi va gemoroy ehtimolini kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Suv balansini taʼminlashga erishish qiyin boʻladi

Agar sizda ertalabki lohaslik yoki oshqozon buzilishi tufayli suv muvozanati bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelsa, unda suyuqlikni imkon qadar kam-kam qultumlarda muntazam ravishda ichishga harakat qiling. 

Hatto eng kam miqdordagi suyuqlik ham siz uchun foydali boʻlib, u sizdagi suvsizlanish xavfini kamaytirishi mumkin, shuning uchun suyuqlikni kam-kam qultumlarda ichishni boshlang va imkon qadar asta-sekinlik bilan koʻpaytiring. Bundan tashqari, sizga sovuq suv emas balki xona haroratidagi suyuqlikni ichish ham yordam berishi mumkin. Baʼzi onalar shoʻrvalar va bulyonlar isteʼmol qilish shart emas deb hisoblashadi, boshqalari esa suv balansini sut yoki shakarsiz qovoqcha yordamida taʼminlamoqchi boʻlishadi. Bu usul biroz xato, ammo hech qanday suyuqlik ichmagandan koʻra yaxshiroq.

Agar sizda oʻzingizni yomon his qilish hissi tarqamasa, bu haqda oʻz shifokoringizga yoki akusher-ginekologingizga xabar bering. Ular sizga lohaslikni yengillashtirishga yordam beradigan dori vositalarini buyurishi yoki oʻta ogʻir holatlarda, sizni tomchi dori orqali tomiringizdan suyuqlik yuborish uchun shifoxonaga yotqizishi mumkin.

Siz ona suti bilan emizishni boshlaganingizda, kuniga qancha suyuqlik ichishingiz kerak?

Toʻgʻri javob

Sizga kuniga qoʻshimcha 600-700 ml (taxminan 2-3 stakan) suyuqlik ichish kerak boʻladi. Soʻrovnoma ishtirokchilarining 70 foizi 600-700 ml yoki 2-3 stakan variantini tanlashgan.

budushaya mama derjit stakan s vodoy

Noto‘gʻri javob

Aslida sizga kuniga qoʻshimcha 600-700 ml (taxminan 2-3 stakan) suyuqlik ichish kerak boʻladi. Soʻrovnoma ishtirokchilarining 70 foizi 600-700 ml yoki 2-3 stakan variantini tanlashgan.

gazirovannaya voda

Homiladorlik vaqtida qanday suyuqlik va qancha miqdorda ichish kerak

Garchi homiladorlik paytida sizning suyuqlikka boʻlgan ehtiyojingiz oshsa-da, biroq uni isteʼmol qilishning tavsiya etilgan yagona miqdori yoʻq, chunki har kimning organizmi har xil. Turli xil omillar, jumladan tana vazni va faollik darajasi ham zarur boʻlgan kundalik suyuqlik isteʼmoli miqdoriga taʼsir qiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi kuniga 6-8 stakan atrofida (taxminan 1,2 litr) suyuqlik, jumladan suv, yogʻlilik darajasi kam boʻlgan sut va shakarsiz choy, qahva kabi ichimliklarni va shoʻrva ichishni tavsiya qiladi. Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (YeOOXT) homilador boʻlmagan ayollar kuniga 2 litrga yaqin suv ichishi kerak deydi va bu taxminan 200 ml sigʻimli 10 stakan suv degani. Biroq, buning ichiga barcha suyuqliklar, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi suv ham kiradi. YeOOXT ning baholashicha homiladorlik paytida suvsizlanishning oldini olish uchun sizdan qoʻshimcha 300 ml suv isteʼmol qilish talab etiladi.

Homilador ayollarga suv balansini taʼminlash uchun tabiiy ichimlik suvini (agar sizning hududingizdagi tabiiy ichimlik suvi salomatlik uchun xavfsiz boʻlsa) yoki shisha idishlardagi suvlarni (gazlangan yoki gazsiz), sut, meva sharbatlari va shakarsiz qovoqchalar sharbatlarini ichish mumkin. Sharbat tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlishi mumkin, biroq agar unda shakarli qoʻshimchalar boʻlmasa, unda 150 ml li bir stakan sharbat 5 kun davomida har kuni meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishning oʻrnini bosa oladi va suv balansini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi. Shoʻrva ham suv balansini qoʻllab-quvvatlaydi va foydali ozuqa moddalarini isteʼmol qilinishiga yordam beradi.

Sharbatni tanlayotganda, uning tarkibida shakar qoʻshimchalari boʻlmagan sof meva sharbati ekanligiga ishonch hosil qiling va unda tabiiy shakar miqdori yuqori boʻlganligi sababli uning isteʼmolini kuniga bir stakandan oshirmang.

Gazli ichimliklarni va tarkibida shakar miqdori koʻp boʻlgan ichimliklarni ichmaslikka harakat qiling. Ularning ozuqaviy qiymati kam boʻladi, shuning uchun eng yaxshisi bunday ichimliklardan voz kechish kerak va ularning oʻrniga salomatlik uchun foydali boʻlgan ichimliklarni ichishga harakat qilish kerak.

Bundan tashqari, tarkibida kofein saqlovchi choy va qahva isteʼmolini ham kamaytirish kerak boʻladi.  Kofein siydik haydovchi vosita kabi taʼsir qiladi va peshob ajralishiga boʻlgan ehtiyojni oshiradi, shuningdek, boʻlajak farzandingizga ham taʼsir qiladi. Shu sababli, u homiladorlik paytida uni kamroq ichish yoki ichmaslik kerak boʻlgan mahsulotlar qatoriga kiritilgan. Kofeinni kuniga 200 mg dan koʻp isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.

Ichimlikni ikki kishi uchun tayyorlang

Siz ona suti bilan emizishga oʻtganingizda, homiladorlik paytida qoʻshimcha suyuqlik ichish siz uchun juda yaxshi mashq boʻlganligini va u endilikda sizning organizmingizga ona sutini ishlab chiqarishda yordam berayotganini koʻrasiz.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ona suti bilan oziqlantirish paytida sizning organizmingizda suv balansini taʼminlash va sut ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan suv miqdorini taʼminlashga boʻlgan ehtiyoj oshadi. YeOOXT ona suti bilan emizish davrida kuniga qoʻshimcha 700 ml yoki 3-4 stakan suyuqlik ichishni maslahat beradi.

Koʻpchilik onalar emizishni boshlashlari bilan chanqoqni his qilishlarini aytishadi. Bu organizmning foydali reaksiyasi boʻlib u suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi va sizning ikkingizni ham qoʻllab-quvvatlash uchun yetarlicha suyuqlikni isteʼmol qilish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bolani kunduzi yoki tunda emizayotganda har doim yoningizda bitta kattaroq stakanda suv boʻlsin.

KEYINGI QADAMLAR

Homiladorlik paytida suv balansini taʼminlash uchun bizning tavsiyalarimizga amal qiling:

  • Yotogʻingiz yonida bir stakanda suv olib qoʻying va ertalab iching.
  • Sumkangizda har doim butilkada suv olib yuring yoki stolga qoʻyib qoʻying va uni kun davomida muntazam ravishda iching.
  • Bir litrli butilkada suv sotib oling va kuniga 2 marta ichishga harakat qiling.
  • Suyuqlik ichishni qiziqarliroq va xilma-xilroq qilish uchun unga har safar turli xil narsalar qoʻshishga harakat qiling, masalan, limon sharbati, laym sharbati yoki yangi uzilgan yalpiz barglari suyuqlikka yoqimli, xushboʻy taʼm berishi mumkin.

1. Popkin BM et al. Water, hydration and health. Nutr Reviews 2010;68(8):439-58.

2. Agostoni CV et al. Scientific opinion on dietary reference values for water. EFSA Journal 2010;8(3):1459.

3. Hytten F. Blood volume changes in normal pregnancy. Clin Haematol 1985;14(3):601-12.

4. NHS Choices. What is the amniotic sac? [Online]. 2015. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2310.aspx?CategoryID=54[Accessed January 2018]

5. NHS Choices. Piles in pregnancy [Online]. 2018. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/piles-haemorrhoids-pregnant.aspx [Accessed January 2018]

6. NHS Choices. Dehydration [Online]. 2017. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/dehydration/ [Accessed January 2018]

7. NHS Choices. Water, drinks and your health [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/water-drinks.aspx [Accessed January 2018]

8. NHS Choices. Foods to avoid in pregnancy [Online]. 2017. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/foods-to-avoid-pregnant/ [Accessed January 2018]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2018-yil 1-may

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x