Qanday qilib tunda yaxshiroq uxlash mumkin

Qisqacha maʼlumot

Homiladorlik sizning uyqungizga turlicha taʼsir qilishi, bunda gʻalati tushlar koʻrishdan va hojatxonaga koʻp martalab borishdan tortib, bezovta oyoqlar sindromigacha turli holatlar kuzatilishi mumkin. Biz homiladorlik paytida uyqu bilan bogʻliq muammolarni hal qilishning samarali yechimlarini izlashda davom etmoqdamiz va sizga tunda yaxshiroq uxlashga yordam beramiz.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlik paytida uyqu buzilishining umumiy belgilari

Uyquning yetishmasligi homilador ayollarning asosiy shikoyatlaridan biridir. Ammo oʻz odatlaringizga va kun tartibingizga amaliy oʻzgarishlar kiritish bilan, siz tungi uygʻonishlar sonini kamaytirishingiz va oʻzingizni koʻproq qulaylik bilan taʼminlashingiz mumkin.

Homiladorlikda jigʻildon qaynashi va oshqozonning yaxshi hazm qilmasligi

Homiladorlik paytidagi jigʻildon qaynashi bolaning joylashgan holati tufayli yoki qiziloʻngach  (qorinning yuqori qismidagi, ovqat va kislotani past darajada ushlab turadigan mushakli halqa) tonusini kamaytiradigan gormonal oʻzgarishlar tufayli kelib chiqishi mumkin. Jigʻildon qaynashi yotgan holatda yanada kuchayadi, bu esa boʻlajak onalarning tunda uxlay olmasliklarining asosiy sabablaridan biridir.

homilador ayol uxlab yotgan yostiq Homiladorlar uchun moʻljallangan uyqu yostiqchalari tanani kerakli holatda ushlashga yordam beradi. Ulardan baʼzilari sizning tanangiz va qoriningizning kirgan va chiqqan joylariga moslashtirilgan boʻlsa, boshqalari oyoqlardagi tirishishlarni yumshatish uchun tizzalar orasiga qoʻyiladi.

Agar siz oshqozonning yaxshi hazm qilmasligi muammosi bilan qiynalayotgan boʻlsangiz, unda sizga yotishdan kamida 3 soat oldin ovqatlanish tavsiya etiladi. Shunday ekan, agar siz turmush oʻrtogʻingiz bilan kechki soat 20:00 atrofida kechki ovqatni tanovvul qilishga odatlangan boʻlsangiz, shuningdek odatda kechki soat 21:00 da uyquga yotadigan boʻlsangiz, unda oʻz ovqatlanish vaqtingizni moslashtirishga va achchiq yoki yogʻli ovqatlarni isteʼmol qilmaslikka harakat qiling. Agar siz oshqozonning yaxshi hazm qilmasligidan uygʻonib ketsangiz, unda oshqozon shirasini tinchlantirish uchun 2-3 ta yostiqdan foydalangan holda, imkon qadar vertikal holatda uxlab koʻring. Yotogʻingizning yoniga oshqozonning hazm qilishiga yordam beradigan dori vositalarini qoʻyib qoʻying.  Oshqozonning hazm qilishiga yordam beradigan, retseptsiz beriladigan baʼzi dorilar (antatsidlar) homiladorlik paytida foydalanish uchun mos keladi, ammo har doim oldindan farmatsevt yoki shifokor bilan maslahatlashing.

Tez-tez bovul qilish zarurati

Muntazam ravishda bovul qilishga boʻlgan ehtiyoj homiladorlik paytida koʻpchilik ayollar duch keladigan kichik bezovtalik holatidir. Bunga sabab buyraklaringiz ham sizning, ham farzandingizning hayot faoliyati natijasida koʻproq chiqindilarni chiqarishni boshlashidir. Homiladorlikning nisbatan kechki davrlarida, sizda tez-tez hojatxonaga borish ehtiyoji yuzaga kelishi mumkin, bunga sabab bolangiz oʻsib borgani sari sizning siydik pufagingizga bosim tushishi mumkin. Bu holatda siz eng koʻpi bilan qilishingiz mumkin boʻlgan narsa, bu ertalablari koʻproq suv ichish va yotishdan oldin imkon qadar suyuqlik ichmaslikdir.

Bezovta oyoqlar sindromi

Bezovta oyoqlar sindromi soʻnggi trimestrda har beshta homilador ayoldan birida uchraydigan holatdir. Bu sindrom sizni uygʻonib ketishingizga sabab boʻladigan oyoqlarning beixtiyor harakatlari bilan yoki sizni harakatlanishga majbur qiladigan qizib ketish va qichishish hissi bilan kuzatilishi mumkin. Baʼzi holatlarda bezovta oyoqlar sindromi temir tanqisligi tufayli yuzaga keladi; agar tahlillar buni tasdiqlasa, unda akusheringiz tavsiya etadigan, tarkibida temir saqlovchi qoʻshimchalar sizga yordam berishi mumkin. Baʼzi onalar sovuq mato yoki yalpizli salqinlashtiruvchi losyonlar ham bu simptomlarni yengillashtirishi mumkinligini aytishadi.

Baʼzi holatlarda bezovta oyoqlar sindromi temir tanqisligi tufayli yuzaga keladi; agar tahlillar buni tasdiqlasa, unda akusheringiz sizga tarkibida temir saqlovchi qoʻshimchalar tavsiya etishi mumkin.

Uyqusizlik bilan qanday kurashish mumkin: yaxshi uxlash uchun maslahatlar

Uyqudan oldin telefondan yoki planshetdan foydalanmang. Elektron qurilmalardan chiqadigan koʻk nur uyquni chaqiradigan melatoninning ishlab chiqarilishini toʻxtatib qoʻyishi va diqqat konsentratsiyani oshirishi mumkin.

Kofeindan voz keching. Kuniga 200 mg (2 stakan eruvchan qahva yoki 2-3 stakan choy) dan ortiq kofein ichmaslik tavsiya etiladi. Shu bilan birga, kofein gazlangan ichimliklar, energetik ichimliklar va shokoladda ham mavjudligini hisobga olish kerak. Agar siz uxlashga qiynalsangiz kundalik kofein isteʼmolini kamaytiring va giyohli choy yoki kofeinsiz qahva ichishga harakat qiling.

Homiladorlar uchun moʻljallangan yostiqchalarni sotib oling: Homiladorlik keyingi bosqichlarga oʻtgani sari kattalashib borayotgan qorin burilishni qiyinlashtirishi mumkin, erkin holatda uxlay olmaslik esa oyoqlarda, boʻyinda tirishish paydo boʻlishiga yoki boʻgʻimlarning ogʻrishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlar uchun moʻljallangan uyqu yostiqchalari tanani kerakli holatda ushlashga yordam beradi. Ulardan baʼzilari sizning tanangiz va qoriningizning kirgan va chiqqan joylariga moslashtirilgan boʻlsa, boshqalari esa, oyoqlardagi tirishishlarni yumshatish uchun tizzalar orasiga qoʻyiladi. Agar siz maxsus yostiqchalarni sotib olishni xohlamasangiz, unda qoʻshimcha odatiy yostiqlarni yoki kichik dekorativ yostiqlarni yostiq jildiga oʻrab foydalanishingiz mumkin.

Uyquga yotayotganda siydik pufagi boʻsh boʻlishi uchun suvni kechqurun emas balki ertalablari va kun davomida koʻproq iching.

Har kuni toza havodan nafas oling. Quyosh nurlari taʼsiri tanangizning tabiiy sirkad ritmini mustahkamlashga yordam beradi.

Har kuni yengil jismoniy mashqlar bilan shugʻullaning. Tana harakati bezovta oyoqlar sindromini kamaytirishi mumkin. Homiladorlik paytida jismoniy mashqlar kun davomida kamroq charchashga yordam berishdan tashqari, kechasi ham yaxshi uxlashga yordam beradi. Uyqudan oldin prenatal yoga bilan shugʻullanish, yaxshi, tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Kunning boshida koʻproq energiya beruvchi jismoniy mashqlar (masalan, yugurish) bilan shugʻullanish tavsiya etiladi.

Agar siz uyqusizlikdan qiynalayotgan boʻlsangiz va kunduzlari charchoqni his qilayotgan boʻlsangiz, bir oz uxlab oling. 20-30 daqiqalik uyqu sizga tetiklashishga yordam berishi mumkin. Shuningdek tungi uyquni buzmaslik uchun tunning ikkinchi yarmida emas, balki birinchi yarmida uxlab olish zarur. Chunki bu sizga oʻz kundalik odatlaringizni oʻzgartirishga va sizning uyqu tartibingizga taʼsir qilayotgan simptomlarni kamaytirishga yordam beradi.

1. NHS. (2017). Indigestion and heartburn in pregnancy. [online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/indigestion-heartburn-pregnant.aspx [Accessed 14 Feb. 2018].

2. Van Thiel, D., Gavaler, J., Joshi, S., Sara, R. and Stremple, J. (1977). Heartburn of pregnancy. Gastroenterology, 72(4), pp.666–668.

3. BabyCentre UK. (2015). Frequent urination in pregnancy. [online] Available at: https://www.babycentre.co.uk/a237/frequent-urination-in-pregnancy [Accessed 14 Feb. 2018].

4. NHS. (2015). Restless legs syndrome. [online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/restless-legs-syndrome [Accessed 14 Feb. 2018].

5. NHS. (2015). Limit caffeine during pregnancy – Health questions – NHS Choices. [online] Available at: https://www.nhs.uk/chq/pages/limit-caffeine-during-pregnancy.aspx [Accessed 14 Feb. 2018].

6. Gaston, A. and Prapavessis, H. (2013). Tired, moody and pregnant? Exercise may be the answer. Psychology & Health, 28(12), pp.1353-1369.

7. NHS. (2016). 10 tips to beat insomnia – Live Well – NHS Choices. [online] Available at: https://www.nhs.uk/Livewell/insomnia/Pages/insomniatips.aspx[Accessed 14 Feb. 2018].

8. Sleep Foundation. (2018). Should you Nap?. [online] Available at: https://sleepfoundation.org/insomnia/content/should-you-nap Accessed 14 Feb. 2018]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2018-yil 12-fevral

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x