Vaqt qadri
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar bilan munosabatni qanday qilib mustahkamlash mumkin?
Kichkintoyingiz bilan aloqa oʻrnatish, hatto agar siz uni oʻzingiz emizmasangiz ham, tabiiy tarzda roʻy beradi, shuning uchun bu borada xavotirlanmang. Shuningdek yangi tugʻilgan chaqalogʻingizga haqiqatdan oilangizning bir qismi ekanligini his etishi uchun uchalangiz (kichkintoy va ota-ona), hamda barcha yaqin qarindoshlar birga vaqt oʻtkazishingiz juda muhim.
Aloqa oʻrnatish
Sizga kichkintoyingiz bilan yaqin aloqa hissini yaratishda yordam berishi mumkin bo‘lgan bir nechta oddiy usullar:
• Bolani ovqatlantirish vaqtida uni oʻzingizga yaqinroq tuting.
• Qoʻl va oyoqchalarini asta-sekin harakatlantiring.
• Uni xuddi dastlabki bir necha haftadagidek massaj qiling.
• Uni qoʻlingizga olib ohista tebrating.
• Unga tegining.
Jismoniy teginish bola bilan aloqa oʻrnatishning eng yaxshi usuli boʻlib, u:
- Bolaga xavfsizlik va himoyalanganlik hissini beradi.
- Atrof-muhitni yana-da jozibaliroq qiladi.
- Bola sizga javob qaytarishi mumkin bo‘lgan muloqot usulini yaratadi.
Siz farzandingiz bilan qancha koʻp aloqa qilsangiz sizning aloqangiz shunchalik mustahkamlanib boradi. Lekin, agar bolaga sizning munosabatingizga xuddi shunday javob qaytarishi uchun vaqt kerak boʻlsa, bundan tashvishlanmang – sizning har ikkingizga ham, aslida bir-biringizga odatlanishingiz uchun vaqt kerak boʻladi.
Oxirgi marta yangilangan sana: 2015-yil 19-noyabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.