Masallig‘li tuzlangan qarsildoq kulcha

Tayyorlash vaqti: 5 daqiqa – Porsiya: 2

Qarsildoq kulchalar – barcha taomlar uchun a’lo darajadagi poydevor, masallig‘lar uchun bizning retseptlarimiz esa tez va oddiy tayyor bo‘ladi, vitamin va minerallarga boy. Ushbu taom yengil tamaddi qilib olish uchun ayni muddao.

Ushbu taom: tarkibida shajar miqdori kam • kletchatka manbai • tarkibida oqsil ko‘p • D, B6, B12 vitaminlari, fosfor va marganes manbai • tarkibida xloridlar miqdori yuqori

Har bir porsiya tarkibi:

Ozuqaviy qiymatiMiqdoriOzuqaviy moddalarning sutkalik normasi % da
Kaloriyaligi291 kKal15%
Yog‘lar16 g23%
Uglevodlar5.2 g26%
Shakar3.7 g4%
Tuz1.2 g20%

Parhezshunos maslahati

Yog‘li baliq yurak sog‘ligini saqlashda yordam berishi mumkin, ammo homiladorlik davrida yog‘li baliq, masalan losos iste’molini haftasiga 2 porsiya bilan cheklagan ma’qulroq, chunki uning tarkibida toksinlar bo‘lishi mumkin.

Masallig‘lar

  •  Bir nechta boshoqli o‘simliklardan tayyorlangan har xil masallig‘li kulchalar (2 kishi uchun):

Dudlangan lososli va qaymoq pishloqli masallig‘

  • 2 choy qoshiq yog‘siz qaymoqli pishloq
  • 2 choy qoshiq yog‘siz qaymoqli pishloq
  • 50 g dudlangan losos
  • 1 choy qoshiq limon suvi
  • Ta’bga qarab qalampir
  • 1/2 choy qoshiq maydalangan sarimsoqpiyoz

Avokado va mosorelladan masallig‘

  • 60 g mosarella
  • Yetilib pishgan yarimta avokado
  • Bir chimdim murch
  • 1/2 choy qoshiq zaytun moyi

Retseptda quyidagi allerginlar mavjud: glyuten, baliq, sut, kunjut. Ozuqaviy qiymati haqida keltirilgan barcha ma’lumotlar 100 g taom asosida olingan, ammo bu tavsiya etilgan porsiya miqdori sanalmaydi.

Ozuqaviy qiymati

* Qarsildoq kulchalar: tarkibida gormonal o‘zgarishlardan kelib chiquvchi qabziyatni oldini olishda yordam beradigan kletchatka mavjud.

* Qaymoqli pishloq: tarkibida bolaning suyaklari va tishlari uchun nihoyatda muhim kalsiy mavjud.

* Dudlangan losos: losos tarkibida bolaning miyasi rivojlanishida muhim bo‘lgan YTYK mavjud.

* Mosarella: tarkibida bolaning suyaklari va tishlarini hosil qilish uchun zarur bo‘lgan kalsiy mavjud.

* Avokado: tarkibida E vitamini mavjud. Homiladorlik davrida E vitaminni yetarli miqdorda iste’mol qilish farzandingizda keyinchalik astma va nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishda yordam beradi.

Tayyorlash usuli

1. 4 ta qarsildoq kulchani tarelkaga qo‘ying va masallig‘ni teng qilib taqsimlang.

2. Dastlab qaymoqli pishloqqa bodring va dudlangan losos, limon, murch va maydalangan sarimsoqpiyoz qo‘shing.

3. Keyin mosarella solib, ustidan avokadani yupqa tilimcha qilib kesing va qalampir seping hamda zaytun moyi purkang.

Yangilangan sana: 2018-yil 7-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x