10-12 oylik paytida farzandingizning rivojlanishi

Ilk qadamlar

Kichkintoy kun emas, soat sayin ulg’aymoqda

10 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan davrda, farzandingizning rivojlanishidagi eng ajoyib bosqichlarni ko‘rasiz. U hayotining birinchi kunlaridanoq o‘zlashtirgan ko‘nikmalar endi takomillashtirilmoqda va foyda bilan ishlatilmoqda — birinchi so‘zlaridan tortib ilk qadamlariga qadar.

Bola hayotining 10-12 oyi davomida nimalarni kutish kerak

Sizning ziyrak kichkintoyingiz o‘zining koordinatsiyaga oid ko‘nikmalari ustida ko‘p ishladi va endi stakandan ichish, ovqat bilan o‘ynash va ehtimol, qoshiq bilan ovqatlanishni ham biladi. Yaqinda u o‘zining birinchi so‘zlarini aytadi va ilk jur’atsiz qadamchalarini tashlaydi. Bularning barchasi doimiy ravishda o‘sib boradigan mustaqilligini oshiradi.

Kichkintoyingizning o‘ziga ishonchi ortishi uchun, albatta, uning harakatlarini maqtang va rag‘batlantirib boring.

Oziq moddalarga boy parhez farzandingiz uchun zarur bo‘lgan barcha vitaminlar va minerallarni iste’mol qilishda muhim rol o‘ynashda davom etadi. Uni ta’minlash uchun, bolaga kun davomida turli xil ovqatlarni kichik bo‘laklarda berib boring.

Qarang-chi, kimning tili chiqdi – va yurib ketdi!!

bolaning birinchi qadamlari In the next few months, they may take their first small and tentative steps

Keyingi bir necha oy ichida chaqaloq o‘zining ilk, mayda va jur’atsiz qadamlarini qo‘yishi mumkin.

Sizning yordamingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bilan 10 oylik farzandingiz tez orada o‘zining birinchi so‘zlarini aytadi va birinchi qadamlarini qo‘yadi. Kichkintoyning birinchi so‘zini eshitish —  xoh u itni ko‘rsatish uchun “av-av” bo‘lsin, xoh sharbat so‘rash uchun “mam-mam” bo‘lsin yoki “mama” va “baba”mi —  bu ajoyib tajriba.

Hayotining ushbu bosqichida kichkintoy o‘zi biladigan so‘zlarni haqiqiy narsalar bilan bog‘lashni boshlashi mumkin.

Agar farzandingiz allaqachon o‘rnidan tura oladigan bo‘lsa, u tez orada mebelga suyanib va ​​Sizning yordamingiz bilan, o‘zining ilk, mayda va jur’atsiz qadamlarini  tashlaydi. Har bir bola ushbu ko‘nikmani o‘ziga mos tezlikda o‘rganadi, shuning uchun farzandingizni shoshiltirmaslikka harakat qiling.

Bolakay emaklashi va tepinishi mumkin, shu bilan u mushaklarini kuchaytiradi va birinchi qadamlariga tayyorlanadi.

Koordinatsiyani rivojlantirish

Kichkintoyning qo‘l va ko‘z koordinatsiyasi yaxshilanib borgani sayin, u qo‘llari va barmoqlarini yaxshiroq boshqarishni o‘rganadi. U sabab-oqibat aloqalari bilan tanisha boshlaydi, masalan, o‘yinchoq mashinaning g‘ildiragini, uning qanday ishlashini bilish uchun, aylantiradi.

Kichkintoy endi qoshiqni ushlab turishi mumkin va hatto, o‘zi ovqatlanishga harakat qiladi, ammo yaqin oylarda bu urinishlar juda noqulay va o‘xshovsiz bo‘ladi. O‘rganishning ushbu bosqichida, qo‘l ostingizda doimo tayyor latta, oshxo‘raklarning kattagina zahirasi va iloji bo‘lsa, suyuqlik polga to‘kilmasligi uchun, bolaning stuli ostiga gazeta yoki klyonkali dasturxon to‘shab qo‘yganingiz ma’qul.

Rivojlanish uchun ovqatlanish

10 oylikda kichkintoyning o‘sib borayotgan harakatchanligi va qiziquvchanligi uchun qo‘shimcha “yoqilg‘I” kerak bo‘ladi. Kichkintoyning qorni hamon mittigina bo‘lganligi sababli, uni kun davomida muntazam ravishda har xil mahsulotlar bilan oz-ozdan boqish yaxshiroq

Kichkintoyning koordinatsiyaga oid ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam berish uchun oziq-ovqat iste’mol qilishda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlang.

Bo‘laklarga bo‘lib oziqlanish, chaqalog‘ingizni kerakli energiya va oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Qattiq oziq-ovqat mahsulotlarini bola taomnomasiga kiritish boshlangandayoq, unga turli xil mahsulotlarni taklif qilish orqali, farzandingizga hayoti davomida sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishga yordam berasiz. Rivojlanish uchun ozuqaviy moddalar va taomnoma xilma-xilligining ahamiyati haqida ko‘proq bilish uchun bizning maqolalarimizni o‘qing.

Suyaklar rivojlanishi uchun D vitamini

D vitamini yoki “quyosh vitamini” suyak va tishlarning sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u oziq-ovqatdan kalsiyni to‘g‘ri singdirishi uchun juda muhimdir1.

D vitamini tanada yorqin quyosh nurlari ta’sirida ishlab chiqariladi.

Yosh bolalardagi D vitamini yetishmovchiligi raxit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin, bu holat suyak va tog‘aylarning mineralizasiyasiga ta’sir qiladi. D vitamini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni cheklangan, shuning uchun ovqatlanish orqali ushbu foydali modda yetarli miqdorda olish juda qiyin bo‘lishi mumkin.

Kundalik me’yorni iste’mol qilish

Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha chaqaloqlarga (agar ular sutli aralashma bilan oziqlanmasalar) va 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 7-8,5 mkg (0,007-0,0085 mg) miqdorda D vitaminini vitaminli qo‘shimcha sifatida qabul qilishni tavsiya qiladi3.

Ilk qadamlarni rag‘batlantiramiz

Farzandingiz o‘ziga ishonchi ortishiga yordam bering, shunda u birinchi qadamlarni o‘zgalar yordamisiz tashlay oladi: boladan bir oz uzoqroq joyda o‘tiring va u oyoqqa mustahkam turib olganida, qo‘llaringizni yoying va siz tomon kichik qadamlar tashlashni taklif qiling. Kichkintoyingizni har bir harakati uchun maqtashingizga ishonch hosil qiling — ayniqsa, yiqilmasdan sizgacha yetib kela olganida.

Keyingi qadamlar

Farzandingiz taomnomasiga D vitamini kiriting

D vitaminining ko‘p qismi inson organizmiga quyosh nurlari bilan kirib keladi. Shu bilan birga, ushbu foydali moddani o‘z ichiga olgan oz miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari ham mavjud, jumladan:

  • Yog‘li baliqlar – seld, losos’, sardina va skumbriya
  • Tuxum
  • Boyitilgan nonushta uchun yormalar
  • Boyitilgan margarin
  • Boyitilgan sutli aralashmalar

Farzandingizga,  10-12 oyligida zarur bo‘lgan D vitamini yetarli miqdorda olishiga yordam berish uchun, uning taomnomasiga Nutrilon 3 bolalar sutini qo‘shishingiz mumkin.

1. Scientific Advisory Committee on Nutrition. Update on Vitamin D. London: TSO, 2007.

2. Misra M et al. Pediatrics 2008;122:398-417.

3. NHS UK. Vitamin D [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Vitamin-D.aspx[Accessed April 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x