Albatta, til topasiz
Farzandingiz hayotining birinchi oyi
1 oyligidayoq zehni o‘tkir chaqalog‘ingiz hamma narsani bir martada fahmlaydi: tabassum qilish qobiliyatidan va tutib olish reflekslarining rivojlanishidan tortib, turli xil tovushlarni chiqarish qobiliyatiga qadar. Ko‘krak suti bilan boqish farzandingizni, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan, barcha narsalar bilan ta’minlaydi, shuning uchun Sizning parhezga rioya qilishingiz hali hamon muhimligicha qoladi.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Hayotining birinchi oyida kichkintoyning rivojlanishi qanday kechdi?
So‘nggi 4 hafta ichida Siz nafaqat farzandingizning tashqi qiyofasida, balki uning o‘z atrofidagi dunyoni idrok etishida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganini sezishingiz mumkin. Ehtimol, u kundalik tovushlarga — eshik qo‘ng‘irog‘i yoki telefoningizning qo‘ng‘irog‘iga munosabat bildirishni boshlagandir. Bu chaqaloq aqliy va jismoniy rivojlanayotganining ajoyib ko‘rsatkichidir.
Hayotining 1 oyidagi jismoniy rivojlanish
Farzandingiz rivojlanib borgani sayinb uning mushaklari kuchga kiradi. Boshini tutib turish, unga haligacha qiyin, ammo vaqt o‘tishi bilan, chaqaloqning bo‘yni va tanasi kuchayib boradi va u qornida yotgan holda, boshini biroz ko‘tarishni o‘rganadi. Vaqt o‘tishi bilan, kichkintoy biroz ko‘tarilish va atrofga qarash uchun, qo‘llarini tirgak sifatida ishlata boshlaydi.
Tug‘ma ushlab olish refleksi ham kuchayadi — chaqaloq kaftiga qo‘yilgan barcha narsalarni darhol qo‘lini musht qilib tugmoqchiday, ushlab oladi1.
Birinchi haqiqiy tabassum
Shunday jajji yoshida ham, ba’zi chaqaloqlar tabassum qila oladilar! Agar bu jarayonda chaqaloqning butun yuzi ishtirok esa va uning ko‘zlari porlab tursa, bu haqiqatan ham tabassum ekanligini tushunishingiz mumkin.
Bola tayyor bo‘lishi bilanoq, albatta, tabassum qiladi. Siz esa unga bunda yordam berishingiz mumkin: qitiqlash, quchoqlash va o‘ynatish orqali. Farzandingiz bu ko‘nikmani ortingizdan takrorlash orqali o‘rganadi — shuning uchun tez-tez tabassum qilishingizga ishonch hosil qiling.
Farzandingizning ko‘rish qobiliyati rivojlanishi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uzoqni ko‘rolmaydilar — ular faqat 20-30 sm masofadagi shakllarni g‘ira-shira ko‘rishlari mumkin. Farzandingizning 1 oylikdagi ko‘rish qobiliyati hali ham cheklangan, ammo ular rivojlanmoqda. Siz chaqalog‘ingizning ko‘zlari ko‘pincha har tomonga yugurishini ko‘rishingiz mumkin. Buning sababi, chaqaloq hali nigohini bir nuqtaga jamlashga qodir emasligi. Shunga qaramay, harakatlanadigan narsalar va odamlarning yuzlari, ayniqsa Sizning yuzingiz, ko‘zi oldida paydo bo‘lganda, uni o‘ziga jalb qiladi.
PTYoK (polito‘yinmagan yog‘ kislotalari) – aql uchun ozuqa
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) chaqaloq hayotining dastlabki 6 oyida faqat ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya etadilar1. Ushbu bosqichda bola rivojlanish uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarni bevosita ona sutidan oladi. Shuning uchun ham sog‘lom, me’yorlashtirilgan parhezga rioya qilishingiz juda muhimdir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak sutida topilgan Omega-6 va Omega-3 — uzun zanjirli polito‘yinmagan yog‘ kislotalari (PTYoK) chaqaloqning miyasi, ko‘zlari va asab tizimining rivojlanishi uchun muhimdir1. Rasioningizda losos’, skumbriya, sardina va tunets kabi PTYoKga boy mahsulotlarning bo‘lishi — ko‘rish qobiliyati va miyaning, shuningdek, harakat ko‘nikmalarining yaxshiroq rivojlanishiga yordam beradi.
Chaqalog‘ingiz bilan emosional aloqa
Teginish — bu Siz va chaqalog‘ingiz o‘rtasidagi emosional aloqalarni mustahkamlashning ajoyib usuli. U, shuningdek, bolaning yurak urishi va haroratiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi..
Kichkintoyingiz 1 oylikdayoq yengil teginishlarni yaxshi ko‘radi, massaj, quchoqlash, qo‘l-oyoqlari bilan muloyim harakatlar qilish, uni tinchlantirishning eng yaxshi usuliga aylanadi. Shuni esda tutish kerakki, hamma bolalar har xil va rivojlanish normalarining ko‘lami juda keng. Oldinlash yoki orqada qolish mutlaqo tabiiy, ammo agar Siz farzandingizning biron bir o‘ziga xos xususiyati haqida tashvishlanayotgan bo‘lsangiz, bu boradagi xavotirlaringizni tinchlantirish uchun pediatringiz bilan maslahatlashing.
NAVBATDAGI QADAMLAR
Xaridlar ro‘yxatingizga bir nechta mahsulotlarni qo‘shing:
- Losos’, skumbriya, sardina yoki tunets
Omega-3 va Omega-6ga boy mahsulotlar bilan BBC Good Food jurnalining bir nechta reseptlarini sinab ko‘ring:
Ko‘katlar va krem-freshli losos
Dudlangan skumbriyadan Pastа
Loviya, tunes va pomidorli iliq salat
1. WHO. Breastfeeding [Online]. Available at: www.who.int/ [Accessed April 2014]
So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.