Zahirada temir qoldimi?
6 oylikda temir zahiralari tugay boshlaydi
Endi farzandingizning ovqat hazm qilish tizimi ancha rivojlangan va tabiiy temir zahiralari tugaganligi sababli, yangi oziq-ovqat mahsulotlarini bola taomnomasiga kiritishning eng yaxshi vaqti. Tarkibida temir moddasi bo‘lgan, turli xil qattiq yeguliklar 6 oylik farzandingizning miyasi va mushaklari rivojlanishini ta’minlash uchun juda muhimdir.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
So‘nggi 4 hafta ichida kichkintoyning rivojlanishi qanday kechdi?
6 oylik chaqalog‘ingiz rivojlanishidagi muhim bosqichga ana-mana yetishadi — u qattiq ovqatni birinchi marta tatib ko‘radi. Agar hozir chaqalog‘ingiz ko‘krak sutidan oziqlansa, unda bu bosqich uni yanada mustaqil qiladi, chunki endi u ovqatlanishda sizga kamroq bog‘liq bo‘lishni boshlaydi. Shu bilan birga, bola taomnomasiga qattiq yeguliklarni keyingi bir necha hafta yoki oylar davomida asta-sekinlik bilan kiritish kerak, ko‘krak suti esa, oldingiday, bola oziqlanishining muhim qismi bo‘lib qolaveradi.
Hayotining 6-oyida, bir vaqtning o‘zida, farzandingizni ko‘krak sutidan ajratish va tug‘ilganida tanasida bo‘lgan, tabiiy temir zahiralari tugashi sodir bo‘ladi. Shuning uchun, bolani ko‘krakdan ayirishda, uning taomnomasida temirga boy mahsulotlar bo‘lishi va oldingidek, sutni ham o‘z ichiga olishi muhimdir.
Miyaning rivojlanishi
Olti oyga kelib, farzandingiz odatda ikkala yonga ag‘dariladi. Uni oyoqqa turg‘izib ushlab tursangiz, bemalol o‘z vaznini ko‘tarishi mumkin1. Endi chaqaloq o‘zgalar yordamisiz o‘tirishi, boshini u yoqdan bu yoqqa o‘girishi mumkin, bu uni ovqatlantirayotganda kamchilik bo‘lib tuyulishi mumkin.
Farzandingiz yuz ifodangiz yoki atrofdagi tovushlarga munosabat bildirishi va ularga taqlid qilishi mumkin. Xotira va diqqatni jamlash qobiliyati rivojlangani sayin u nutqingizdagi alohida elementlarni ajratib olishni va so‘zlar jumla hosil qilishini eshita boshlaydi. Bularning barchasi nutqqa tayyorgarlik jarayonida, uning miyasi o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Orqa mushaklarini kuchaytirish
Ko‘pgina chaqaloqlar hayotlarining 6-oyida o‘tirish qobiliyatini qattiq mashq qilishadi. Ilgari — 4-5 oyligida bola egilib o‘tirar va tez-tez ag‘darilib ketar edi1.
Bola o‘tirayotganda muvozanat uchun qo‘llarini ishlata boshlaganda, unga ushbu qobiliyatni egallash osonroq bo‘ladi. Orqa mushaklari yetarlicha kuchli bo‘lgandan so‘ng — odatda, chaqaloq 6 oylik bo‘lganida — bola tirgak sifatida qo‘lchalariga kamroq suyanadi va mustaqil holda, tik o‘tira boshlaydi1.
Temir miqdorining oshirish
Temir chaqaloq hayotining 6-oyida miya rivojlanishi uchun, ayniqsa, muhimdir. U asab tizimining ishiga ta’sir qiladi, asab hujayralariga ma’lumot uzatishda va chaqaloqning miyasidagi jarayonlarning rivojlanishida yordam beradi2.
Tanani temirga boyitamiz
Farzandingiz yetarli darajada temir iste’mol qilishini ta’minlash uchun, uning taomnomasiga yog‘siz qizil go‘sht, tovuq go‘shti, tuxum, no‘xat, loviya, yasmiq va bargli yashil sabzavotlar kabi mahsulotlardan tayyorlangan pyurelarni qo‘shib ko‘ring. Kichkintoyingiz yanada murakkabroq tuzilishga ega mahsulorlarga tayyor bo‘lgach, uning taomnomasidagi temir moddasi manbalari qatoriga yog‘li baliqlarni, shu jumladan losos’ va sardinani va turshak kabi quritilgan mevalarni qaynatilgan holatda qo‘shishingiz mumkin.
Sutdan maksimal darajada foydalaning
Temir yaxshiroq o‘zlashishi uchun bola taomnomasiga tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kiriting: qizil yoki yashil qalampir, kivi, banan, apelsin va qulupnay.Agar chaqalog‘ingiz sutli aralashmadan oziqlanadigan bo‘lsa, buni davom ettirish ham foydali bo‘lishi mumkin. Ko‘krakdan ajratganda tutiladigan parhezni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus ishlab chiqilgan, bolalar uchun sut, shuningdek temir bilan boyitilgan, bola hayotining keyingi bosqichiga mo‘ljallangan bolalar uchun aralashmalar ham tavsiya qilinadi.
Sog‘liq uchun foydali odatlar bu yerda shakllanadi3
Ko‘krakdan ajratayotganda, chaqalog‘ingiz o‘zining yangi taomnomasi doirasida ko‘proq turli-tuman ozuqa moddalarini oladi, shu bilan birga uning ishtahasi va yangi mahsulotlarga bo‘lgan qiziqishi o‘sa boshlaydi.
Unga yangi ta’mlar va mahsulot turlarini taklif qilishdan qo‘rqmang — bu sutdan ajratish jarayonini ikkalangiz uchun ham qiziqarli va zavqli qilishi mumkin. Shuningdek, siz farzandingizning ba’zi mahsulotlarni afzal ko‘rishidan hayratda qolishingiz mumkin. Yangi ta’mni qabul qilishdan oldin, bolakay uni 10 martagacha tatib ko‘rishi mumkinligini unutmang. Shuning uchun, agar chaqaloq u yoki bu mahsulotni yoqtirmasligini ko‘rsatsa, darrov taslim bo‘lmang. Uni chaqalog‘ingizga bir necha marta taklif qilib ko‘ring — ehtimol, bu yegulik, uning taomnomasidagi, hatto, eng sevimlisiga aylanadi.
Keyingi qadamlar
Xaridlar ro‘yxatingizga quyidagi mahsulotlarni qo‘shing:
- Yog‘siz qizil go‘sht, ko‘katlar, bargli sabzavotlar, no‘xat va loviya kabi temirga boy mahsulotlar.
- Pomidor, kivi, apelsin, banan va qulupnay kabi C vitaminiga boy ovqatlar.
- Agar bola sutli aralashma bilan oziqlantirilsa, boyitilgan bolalar suti.
1. Parenting. Month-by-month guide to baby’s milestones [Online]. Available at: www.parenting.com/article/month-by-month-guide-to-babys-milestones [Accessed April 2014]
2. Department of Health. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom: Report of the Panel on Dietary Reference Values of the Committee on Medical Aspects of Food Policy [Online]. 1991. Available at: http://books.google.co.uk/books?id=iFkgAQAAIAAJ [Accessed April 2014]
3. Schwartz et al (2011) Development of healthy eating habits early in life: review of recent evidence and selected guidelines. Appetite 57:796-807
So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.