5 oylik paytida farzandingizning rivojlanishi va ovqatlantirish bo’yicha tavsiyalar

Beshni tashla!

Rivojlanishdagi sezilarli siljishga tayyor bo‘ling

5 oylik chaqalog‘ingiz yanada faol bo‘lib bormoqda va tez sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda. Bu davrda u juda ko‘p yangi narsalar —  qo‘li bilan narsalarni tutib olish qobiliyatidan tortib, taomnomasiga birinchi marta qattiq mahsulotlarni kiritishgacha bo‘lgan narsalarni o‘rganadi.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

So‘nggi 4 hafta ichida kichkintoyning rivojlanishi qanday kechdi?

baby pulling feed to face Farzandingiz narsalarni ushlab olishni o‘rganadi va endi u qo‘li yetgan hamma narsani tutib oladi

Bu oyda chaqalog‘ingiz tez rivojlanish bosqichiga kiradi va unga keyinchalik hayotda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni o‘rganayotganini yoki takomillashtirayotganini sezasiz. Bola qanchalik faol va mustaqil bo‘lsa, uning ishtahasi shunchalik o‘sishi mumkin. Ehtimol, uni ko‘krakdan ayirish vaqti keldi, deb qaror qilishingiz mumkin, ammo 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarga faqat ko‘krak sutini iste’mol qilish tavsiya etilishini eslatib o‘tamiz.

Kichkintoy kuchga kirmoqda

Farzandingiz bu yoshda narsalarni ushlab olishni o‘rganadi va endi u qo‘li yetgan hamma narsani tutib oladi.

Bolalar ko‘pincha narsalarning ta’mi va qanday tuzilganini bilish uchun ularni og‘izlariga soladilar.

Chaqaloqning tug‘ma ushlab olish refleksi asta-sekin qo‘l va barmoqlarning boshqarib bo‘ladigan harakatlari bilan almashgani tufayli,  u narsalarni o‘rganishga qodir bo‘ladi — ularni shunchaki og‘ziga solmasdan, qo‘llarida tutib, silkitib ham ko‘radi. Ammo hozircha kichkintoy, qo‘liga olgan narsalarni qanday qilib qo‘yib yuborishni bilmaydi1.

Qo‘llar, badan va bo‘yinga ham kuch kiradi, shuning uchun tez orada bola o‘tirishni va yotgan joyida dumalashni o‘rganadi.

Ko‘krakdan ayirish: qattiq ovqat bilan tanishamiz

Yaqinda farzandingiz o‘sishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun unga sutdan tashqari qo‘shimcha oziq-ovqat manbalari kerak bo‘ladi. Ko‘krak sutidan ayirish yoki qattiq ovqatni kiritish — muhim qadam va bu qadamni qo‘yishdan oldin, bolaning ko‘krak sutidan ayrilishga tayyorligi belgilarini tanib olishni o‘rganish lozim.

Ko‘pchilik onalar bola hayotining ushbu muhim bosqichi — 5 oyligida uni qanday ovqatlantirishni bilishmaydi. Olti oygacha farzandingizning ovqat hazm qilish tizimi hamon rivojlanishda davom etadi, shuning uchun u sutdan boshqa hech narsani hazm qilolmasligi mumkin.

Ko‘krak sutidan juda erta ajratish allergiya va infeksiyalar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Aynan shu boisdan va ko‘krak suti kichkintoyni to‘laqonli ozuqa bilan ta’minlaganligi sababli, Sog‘liqni saqlash vazirligi bolani ko‘krak sutidan ajratishni, 6 oydan ertaroq boshlashni tavsiya qilmaydi.

Biroq, chaqalog‘ingiz sutdan ayrilishga tayyor ekanligiga amin bo‘lganingizdan so‘ng, bolalar uchun guruchdan boshlash lozim. U oddiy sutdan tayyorlanadi va yaxshi hazm bo‘lishi uchun yumshoq va quyuqroq bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan, unga farzandingizni yangi ta’mlar va mahsulotlarning hayajonli dunyosi bilan tanishtirish uchun, sabzavotli va mevali pyureni qo‘shish mumkin.

Kichkintoyning rivojlanishini rag‘batlantirish usullari

5 oylik chaqalog‘ingiz o‘yin orqali o‘rganadi va pol — buning uchun eng yaxshi joy. Bolani qorniga yotqizib, o‘yinchoqlarni unga yaqin joyda joylashtiring, ammo ularga qo‘li yetmasin, bu qorin mushaklarini kuchaytiradi va dumalashni o‘rganishni rag‘batlantiradi.

Dumalash qobiliyati — bu chaqaloqning rivojlanishidagi muhim bosqich.

Yopiq plastik idishni quruq guruch yoki makaron bilan, ularni silkitib bo‘ladigan darajada to‘ldiring, hamda to‘kilib ketmasligi uchun, idish qopqog‘ini mustahkam qilib yoping. Bu kichkintoyingiz uchun qo‘l va barmoq mushaklarini rivojlantirishning yaxshi usuli, shuningdek, u narsalarni tashlash va itarish tamoyilini tushunishga yordam beradi.

Shuni yodda tutingki, bu yoshdagi chaqaloq uchun eng sevimli narsa — bu sizga diqqatni jamlash: u tabassum qiladi, kuladi va Sizga taqlid qiladi. U sevimli o‘yinchoqidan tezda zerikib qolishi mumkin, ammo Sizning e’tiboringizdan hech qachon charchamaydi.

1. NHS UK. Birth-to-5 development timeline [Online]. 2011. Available at: www.nhs.uk/Tools/Documents/Birth%20to%205%20development%20timeline.htm [Accessed April 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x