Katta sabrsizlik bilan
Tadqiqotchi bolakay: oziq-ovqatdan o‘yinchoqlargacha
7-9 oylikda kichkintoyingiz yanada faollashadi va yurishga ilk urinishlarini boshlaydi. Uning muloqot qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshilanganini ko‘rishingiz mumkin — bola zo‘r berib imo-ishora qilishni va birinchi so‘zlarni talaffuz qilishni biladi. Biroq, chaqaloq «yo‘q» so‘zining ma’nosini tushunishiga qadar hali ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Kichkintoy hayotining 7-9 oyi davomida nimalarni kutish kerak
7-9 oylikda farzandingiz atrofidagi dunyo haqida tobora ko‘proq narsalarni bilib oladi va bu har bir hodisani sarguzashtga aylantiradi. Vaqtingizning ko‘p qismini qiziquvchan bolakayni pardalardan uzoqroq tutish yoki uyning eng uzoq burchaklariga kirib olishga bo‘lgan urinishlardan asrab qolishga sarflashingiz mumkin.
Kichkintoy, o‘ziga xush yoqatigan va u afzal ko‘radigan narsalar borligini ko‘rsata boshlaydi, ayniqsa sevimli o‘yinchoq yoki yeguliklarga nisbatan. Har bir ovqatlanish muammosiz kechishini istasangiz, unda ko‘krakdan ajratish paytida parhezga e’tibor berishingiz kerak — u bolakayni barcha kerakli vitaminlar va minerallar bilan ta’minlashi lozim. Maqolamizda har bir ozuqa moddasining ahamiyati haqida ko‘proq bilib oling.
Farzandingiz ovozingizga ham munosabat bildirishi va hatto, ismingizni aytishga urinishi mumkin, garchi ba’zida u “ona” va “dada” so‘zlarini chalkashtirib yuboradi.
Agar tishlarning yorib chiqayotganligini hali sezmagan bo‘lsangiz, unda ular, albatta, 9 oylikdan oldin paydo bo‘ladi. Odatda, birinchi tishlar paydo bo‘lishidan oldin, bolaning so‘lak ajratishi va injiqligi kuchayadi.
Muloqotning yangi usullarini rivojlantiramiz
O‘yinchoqlarni chaqaloq yeta olmaydigan joyda joylashtirish, uni o‘sha yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishga undaydi va shu bilan harakatlantiruvchi ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Imo-ishora — farzandingizning muloqot qobiliyati yaxshilanishining yaqqol belgisi va nutq rivojlanishining muhim darakchisi. Endi kichkintoy uni ko‘tarishlarini xohlaganida ko‘pincha yig‘lamaydi, balki qo‘llarini cho‘zib, sizga qarashi, yoki aksincha, yerga tushishni xohlaganda, sizga bu haqda ishora berishi mumkin1.
Mayda motorikaning rivojlanishi
7 oylik chaqalog‘ingiz harakatlanishga urinadi — qo‘lidan kelgan har qanday usullarda! U emaklashi, sudralishi, dumalashi yoki bularning hammasini qilishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, o‘yinchoqlarni chaqalog‘ingiz yeta olmaydigan joyga qo‘ysangiz, bu uni o‘sha yo‘nalishda harakatlanishiga turtki beradi va shu bilan, harakatlantiruvchi ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
U hatto, biror narsaga suyanib, oyoqda turadigan darajada kuchli bo‘lishi mumkin. Kichkintoy yurishni o‘rganishidan oldin, bu juda muhim qadamdir. Chashkani ushlab turish va undan ichish yoki qoshiq bilan ovqatlanish qobiliyatining rivojlanishi, bolaga ovqatlanishda yanada mustaqil bo‘lishga yordam beradi.
Rivojlanish uchun ovqatlanish
7-9 oylikdagi temir moddasi farzandingizning miyasi rivojlanishi uchun muhim oziq modda bo‘lib qoladi. Darhaqiqat, 7 oyligida uning temirga bo‘lgan ehtiyoji, 1 kg vaznga nisbat qilib olinganda, 30 yoshli erkaknikiga teng. Yog‘siz qizil go‘sht, tovuq go‘shti, tuxum, dukkakli ekinlar va bargli yashil sabzavotlar kabi temirga boy mahsulotlar, ko‘krakdan ajratishda muhim bo‘lgan sog‘lom parhezning ajralmas qismi sanaladi. Bolalar uchun boyitilgan nonushta yormalari ham temir moddasining ajoyib manbai bo‘lishi mumkin.
Agar chaqalog‘ingiz sutli aralashma bilan oziqlanadigan bo‘lsa, bolalar uchun sutga o‘tishingiz mumkin. U bolani ko‘krakdan ajratish paytida, uning taomnomasini to‘ldirish uchun maxsus ishlab chiqilgan va temir, vitaminlar va minerallar, shuningdek poli to‘yinmagan yog‘ kislotalari (PTYoK), prebiotiklar va nukleotidlarning qo‘shimcha manbai bo‘lishi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, PTYoK, ayniqsa, ko‘krak sutida uchraydigan Omega-3 va Omega-6 chaqaloqning miyasi, ko‘zlari va asab tizimining rivojlanishi uchun muhimdir.
Qattiq ovqatni chaynashni o‘rganamiz
Bolaning taomnomasiga yangi ta’mlar va quyuqroq mahsulotlarni kiritishni boshlaganingizda, uni yog‘li baliq, go‘sht va quritilgan mevalar kabi temirga boy yangi mahsulotlar bilan to‘ldirishingiz osonroq bo‘ladi. Maqolalarimizda bolalar uchun ovqatlarni tayyorlash va yangi mahsulotlar haqida ko‘proq o‘qing.
Agar farzandingizga qoshiq bersangiz, bu unga ovqatlanishni o‘rganishga yordam beradi. Bunda u, qoshiq bilan ovqatni olishga harakat qilsa, demak, u o‘zi ovqatlanishni sinab ko‘rishga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Albatta, bu jarayonda u ifloslanishi mumkin, ammo shu bilan birga, yangi ko‘nikmaga qiziqish tufayli, chaqaloq ko‘proq ovqat yeyishni boshlashi ham mumkin.
Bolaning rivojlanishini rag‘batlantirish usullari
Farzandingiz oyoq mushaklarini yaxshiroq boshqaradi va tizzangizda yoki mebelda sakraganda juda mamnun bo‘ladi.
Batutlar, adyolcha va yostiqlar bilan tayyorlangan, uy sharoitidagi o‘yin maydonchasi — bu bosqichda kichkintoyning mushaklarini rivojlantirish uchun ajoyib joy. Farzandingiz atrofdagi dunyoni yangi ko‘nikmalari yordamida o‘rganishni boshlaganda, uning xavfsizligini ta’minlash uchun har doim ushbu o‘yinlar paytida yonida bo‘ling.
Farzandingizga so‘zlarni talaffuz qilishni o‘rganishga yordam bering
Garchi, 7-9 oyligida kichkintoy hali gapirmasa ham, o‘z ismini taniy boshlaydi va uni eshitganda, o‘girilib qaraydi.
Oldin eshitgan tovushlarini ko‘p bora takrorlagani tufayli, uning tushunarsiz gaplari tobora ko‘proq so‘zlarga o‘xshab boradi. Muloqot, o‘qish va qo‘shiq kuylash chaqalog‘ingizga tovushlarni tanib olish va takrorlashda yordam beradi. Chaqaloqning nutq ko‘nikmalarini rag‘batlantirish, uning miyasi rivojlanishi va siz bilan o‘zaro aloqani mustahkamlash uchun ajoyib usul — bu unga qo‘shiq kuylash.
Keyingi qadamlar
7-9 oylik chaqaloqning taomnomasi uchun oziq-ovqat ro‘yxati:
• Tarkibiga kraxmal bo‘lgan mahsulotlar — non, yorma, makaron mahsulotlari, guruch va kartoshka. Har gal ovqatlanganda bit porsiyasini taklif eting.
• Meva va sabzavotlar — yangi uzilgan, muzlatilgan, konservalangan yoki quritilgan. Har bir ovqatni to‘ldirish uchun, turli xil usullar bilan tayyorlanganini bolaga taklif qiling.
• Sut mahsulotlari — pishloq va yogurt oqsil va kalsiyga boy.
• Go‘sht, baliq va ularning o‘rindoshlari — bu guruhga tuxum, tofu va no‘xat, loviya va yasmiq kabi dukkaklilar kiradi.
• Tarkinida yog‘ va shakar yuqori bo‘lgan mahsulotlar — yog‘lar, sariyog‘, tort va pechene — barchasi shu guruhga kiradi. Ushbu mahsulotlar ko‘krakdan ajratish paytida tutiladigan parhez uchun mos emas, faqat oegulikni tayyorlaganda ishlatiladigan yog‘ va moylar, hamda nonga yoki tostga yupqa qilib surtilgan sariyog‘ bundan mustasno.
• Tuz — kichkintoyning rivojlanayotgan buyraklari ko‘p miqdorda tuzni ko‘tara olmaydi. Chaqaloqlar uchun tavsiya etiladigan sutkalik norma 1 g.ni tashkil etadi, bu kattalar uchun maksimal kunlik normaning 1/6 qismidir. Kichkintoyning tuz iste’mol qilishini nazorat qilish uchun, uni ovqat pishirganda, ko‘p miqdorda ishlatmang va ko‘pincha tarkibida tuz miqdori yuqori bo‘ladigan mahsulotlarni bolaga yedirmang.
• Sut — olti oydan o‘n ikki oygacha bo‘lgan davrda, bolalar kuniga 500-600 ml ko‘krak suti yoki sutli aralashmani iste’mol qilishlari kerak.
1. Parenting. Month-by-month guide to baby’s milestones [Online]. Available at: www.parenting.com/article/month-by-month-guide-to-babys-milestones [Accessed April 2014]
So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.