Balansga amal qilish
Xilma-xillikka boy dieta – muvaffaqiyat kaliti
Sogʻlom ovqatlanish odatlari bola hayotining dastlabki bosqichlarida shakllanadi, shuning uchun ham bolani sutdan chiqarish paytida turli xil mahsulotlarni isteʼmol qilishga oʻrgatish juda muhimdir. Xilma-xil mahsulotlar farzandingizning kelgusidagi salomatligi, oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan oqsillar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar va minerallarning toʻgʻri balansini qanday qilib taʼminlashi haqida bilib oling.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Xilma-xillik yordamida toʻlaqonli ratsionni taʼminlang
Toʻgʻri ovqatlanish bolaning tez rivojlanishiga yordam beradi. Bolani sutdan chiqarishning dastlabki bosqichlarida uning ovqatlanish ratsioniga xilma-xil muvozanatlashgan mahsulotlarni kiritish uning butun hayoti davomida saqlanib qoladigan sogʻlom ovqatlanish odatlarini rivojlantirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
Bolani xilma-xillikka boy ratsionga oʻrgatishda ona sutining oʻrni
Koʻplab afzalliklar bilan bir qatorda, ona suti ona isteʼmol qiladigan ovqatlarning taʼmini oʻziga oladi va bu bolaning turli xil mahsulotlarni qabul qilishida yordam beradi. Shuning uchun agar siz sogʻlom, muvozanatlashgan dietaga amal qilsangiz, unda katta ehtimol bilan sizning farzandingiz ham xuddi shunday qilishi mumkin.
Sunʼiy ovqatlar bilan ovqatlantiriladigan chaqaloqlarning yangi taʼmlarni oson qabul qilish ehtimoli kamroq boʻladi. Shuning uchun, agar siz bolani shisha idishdan ovqatlantiradigan boʻlsangiz, uni sutdan chiqarishda xilma-xil dietani taʼminlashingiz zarur. Bolaga iloji boricha koʻproq xilma-xil taʼmga va tarkibga ega ovqatlar berishga, uni yangi taomlarga oʻrgatishga harakat qiling.
Yangi mahsulotlar, taʼmlar va tarkiblar bilan tanishish
Sabzavotli va mevali pyure bu bolani sutdan chiqarishning dastlabki bosqichida bola uchun eng maqbul boʻlgan birinchi mahsulot. Bolani kichik yoshidanoq xilma-xil sabzavotlar bilan tanishitirish uning uchun nafaqat ozuqa moddalarining ajoyib manbasini taʼminlaydi, balki farzandingiz katta boʻlganda ham koʻproq meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishiga turtki boʻladi. Koʻpchilik onalar bolani sutdan chiqarishning dastlabki bosqichlarida Nutricia Organic kabi bolalar boʻtqalaridan foydalanadilar. U ona suti asosida yoki aralashmalar asosida tayyorlangan boʻlib, u bola uchun ham alohida taom oʻrnini, ham meva yoki sabzavotli qoʻshimcha boʻtqa oʻrnini bosa oladi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, mevalar bilan bir qatorda, bolaga sabzavotli pyurelarni ham taklif qilish kerak. Farzandingiz sut va aralashmalar tufayli shirin taʼmlar bilan allaqachon tanishib ulgurgan. Ratsionga yangi mahsulotlarni, jumladan sabzavotlarni qoʻshish uni oʻtkir va achchiqroq taʼmlarni, shuningdek, mevalarning shirin va nordon taʼmlari aralashmasini his qilishga oʻrgatishga yordam beradi.
Ehtimol siz taomning nordon yoki achchiq taʼmini unga shirinliklar aralashtirish bilan yoqimliroq qilishga urinib koʻrarsiz, ammo bu juda kam darajada yordam berishi allaqachon isbotlangan. Undan koʻra bolani sutdan chiqarish jarayonida uning ratsioniga turli xil taʼmlarni imkon qadar ertaroq qoʻshish yaxshiroq samara beradi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, turli xil mevalar va sabzavotlar bilan oziqlantirilgan chaqaloqlarning, nisbatan kamroq xilma-xillikka ega ovqatlar bilan oziqlantirilgan chaqaloqlarga qaraganda boshqa yangi taʼmlar va taomlarni, masalan, tovuqli pyureni yaxshi koʻrib qolishi ehtimoli koʻproq. Shuning uchun boy ratsion xilma-xil taʼmlar, hidlar va tarkiblar bolani xilma-xillikka oʻrgatishda yordam beradi.
Vaqt va sabr bolani sutdan muvaffaqiyatli chiqarish kalitidir
Agar farzandingizning yaqin qarindoshlarida oziq-ovqat allergiyasi boʻlmasa, unda uning ratsioniga yangi mahsulotlarini bittadan qoʻshib borish shart emas. Farzandingiz biror mahsulotdan birinchi martasiga bosh tortsa, xuddi shu mahsulotni bir necha kundan keyin yana taklif qilib koʻring. Bir nechta tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha bola yangi taʼmni qabul qilishi uchun uni koʻp martalab “tatib koʻrishi” kerak boʻlishi mumkin (odatda 8-10 marta), shuning uchun qatʼiyat bilan davom eting. Koʻpchilik ota-onalar bir necha marta urinishdan soʻng, farzandiga bu taʼm yoqmayapti deb oʻylab, garchi aslida kichkintoy hali ham bu yangi ovqatga yoki taʼmga oʻrganib qolishi mumkin boʻlsa ham, darhol taslim boʻlishadi. Qatʼiyatlilik albatta oʻz samarasini beradi, shuning uchun tushkunlikka tushmang va urinishda davom eting.
Keyingi qadamlar
• Sizning farzandingiz 6 oylik boʻlganida goʻsht, baliq, dukkakli oʻsimliklar va tuxum oqsilning eng bebaho manbalari boʻla olishadi.
• Agar siz farzandingizni vegetariancha taomlar bilan ovqatlantirayotgan boʻlsangiz, unda uning ratsioniga noʻxat, yasmiq va loviya kabi turli xil dukkakli mahsulotlarni qoʻshing. Shuningdek yongʻoqlarni ham, maydalangan holatda qoʻshish mumkin.
• Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, kichkintoyingizni taomlar bilan tanishtirish bosqichining boshida yangi va xilma-xil tarkiblar bilan tajribalar oʻtkazish bolaning ulgʻaygach taomdan kam bosh tortishi va yangi mahsulotlarni yaxshi qabul qilishiga yordam berishi mumkin.
• Agar siz farzandingizni ovaqtlantirayotganda unga birdaniga ikki xil ovqat bersangiz, masalan, bitta yengil ovqat, soʻngra shirinlik bersangiz, unda bu bilan uning yangi ovqatni yaxshi koʻrib qolishiga yordam berishingiz mumkin.
- Gerrish JC, Mennella JA. Flavor variety enhances food acceptance in formula-fed infants. Am J Clin Nutr 2001;73(6):1080-5.
- Nicklaus S. Children’s acceptance of new foods at weaning. Role of practices of weaning and of food sensory properties. Appetite 2011;57(3):812-5.
- Habeat. Vegetables and fruit – Help your child to like them [Online]. 2014. Available at: www.habeat.eu/media/file/BookletHabEat_Electronic%20version.pdf [Accessed April 2014]
- Caton S et al. Learning to eat vegetables in early life: the role of timing, age and individual eating traits [Online]. 2014. Available at: www.plosone.org/article/info%3Adoi%2F10.1371%2Fjournal.pone.0097609 [Accessed July 2014]
Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 5-sentyabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.