4 oylik paytida farzandingizning rivojlanishi va ovqatlantirish bo’yicha tavsiyalar

Ortimdan qaytar!

4 oylikda motorli ko‘nikmalar va ko‘rish qobiliyati

Ziyrak kichkintoyingiz endi, harakatlarni ortingizdan qaytarib o‘rganishi mumkin. Muloqot qilish, kuylash va ovoz chqarib o‘qish unga tovushlar bilan yaxshiroq tanishishga yordam beradi, chaqaloqning mustaqilligi esa dumalash va o‘tirish qobiliyatini oshirish tufayli o‘sib boradi. Yuqori faollik ishtahani kuchaytirishi mumkin, ammo kichkintoy 6 oylikgacha va, hatto, 17 haftaligigacha ko‘krak sutidan ajratish tavsiya etilmaydi.  

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

So‘nggi 4 haftada kichkintoyning rivojlanishi qanday kechdi?

4 oylik chaqaloq jadallik bilan rivojlanmoqda va bu jarayon keyingi 2 oy ichida yanada faollashadi. Hozir bola harakatlarni ortingizdan takrorlash orqali o‘rganishi har qachongidan ham ko‘ra muhimroq: ovozingizni tinglash va u yoki bu harakatlarni qanday amalga oshirayotganingizni kuzatish orqali, chaqaloq tobora ko‘proq yangi ko‘nikmalarni o‘rganadi.

4 oylik bolani nimalar bilan ovqatlantirish kerak

Chaqalog‘ingizning o‘sib borayotgan ishtahasini qondirish uchun uning rasioniga pyurelarni qo‘shish istagi paydo bo‘lishi mumkin,   ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 6 oygacha ovqatlanishning yagona manbai sifatida ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya qiladilar1. Agar, shunga qaramay, chaqaloqning taomnomasiga qattiq ovqatlarni kiritishga qaror qilsangiz, unda buni bola hayotining 17-haftasidan keyin qiling.

Chaqaloqning ovozi paydo bo‘ladi

Har bir ota-ona farzandining birinchi so‘zini eshitishni orziqib kutadi. 4 oylikda kichkintoy o‘zi uchun sodda tovushlarni talaffuz qilishni sinay boshlaydi va, ehtimol, yaqin orada uning “dada” va “ona” deganini eshitasiz.

Chaqaloqlar o‘zlarining munosabatlarini ifodalash uchun tovushlar va tana tilini birlashtiradilar.

Chaqaloq kamroq yig‘laydi va tana tilidan foydalanib, ko‘proq «gapirishga» harakat qiladi2. Kelgusi oylarda uning nutq ko‘nikmalari yaxshilanadi, u til va lab shaklini o‘zgartirishni o‘rganadi, shu tufayli u yangi tovushlarni talaffuz qila boshlaydi2.

Ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi

4 oyligida chaqalog‘ingiz idrokining chuqurligi rivojlana boshlaydi. Shu paytgacha, unga atrofdagi narsalarning aniq o‘rnini, o‘lchami va shaklini aniqlash qiyin edi. Ammo tez orada uning binokulyar ko‘rish qobiliyati rivojlana boshlaydi — bu ikkala ko‘zni bir vaqtning o‘zida ishlatish qobiliyati bo‘lib, endi chaqaloq harakatlanuvchi narsalar va odamlarni kuzatishi mumkin bo‘ladi. Ushbu ko‘nikma rivojlanib borgani sayin, farzandingizning ko‘z-motorli koordinasiyasi yaxshilanadi.

Farzandingiz endi oyoq barmoqlari masofasida ko‘rishi va turli narsalarda diqqatini yaxshiroq jamlashi mumkin.

Chaqaloqning ko‘rish qobiliyati qanchalik yaxshi bo‘lsa, unga atrofdagi dunyo shunchalik jozibali ko‘rinadi. Shuning uchun, u yaqin atrofdagi narsalarga qo‘l cho‘zishni boshlaydi, shu boisdan, sochlaringizni yig‘ishingiz va ko‘zoynagingizni undan uzoqroq tutishingiz kerak (agar ko‘zoynak taqsangiz, albatta).

Omega-3 va Omega-6ning muhimligi aniq ravshan

Chaqaloq 4 oyligida, ko‘krak sutida mavjud bo‘lgan, Omega-3 va Omega-6 ni yetarli darajada iste’mol qilishi, miya, ko‘rish qobiliyati va asab tizimining rivojlanishi uchun ilgarigi kabi muhimdir. Farzandingizning ko‘rish qobiliyati, miyasi va motorikasi rivojlanishini ta’minlash uchun, emizikli davringizda taomnomangizga losos’, tunes, sardina, skumbriya va ushbu oziq moddalarga boy boshqa mahsulotlarni  qo‘shing.

Nutq va ko‘rish qobiliyati rivojlanishini rag‘batlantirish usullari

Kichkintoy hali so‘zlaringizning ma’nosini tushunmaydi, lekin sizning qo‘shiq aytishingiz, o‘qishingiz va nutqingiz, sizdan keyin takrorlash orqali yangi tovushlarni o‘rganishda, unga yordam beradi. Xuddi shu tarzda, «ko‘z urishtirish» o‘yini unga narsalarni kuzatib borish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi2. O‘yinni boshlash uchun chaqaloqning nigohini tutib oling, so‘ngra boshingizni o‘ng-chapga qimirlating va u harakatingizni takrorlashini kuting. Keyin yana orqaga o‘girilib, chaqaloq sizni ko‘zdan qochirmaslik uchun, nigohi va boshini harakatga keltirishini kuzatib boring.

1. WHO. Breastfeeding [Online]. Available at: www.who.int/topics/breastfeeding/ [Accessed April 2014]

2. Parenting. Month-by-month guide to baby’s milestones [Online]. Available at: www.parenting.com/article/month-by-month-guide-to-babys-milestones [Accessed April 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

refluks u mladentsev

Goʻdaklarda reflyuks: simptomlar va sabablar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x