Qisqacha mazmuni
Bola tug‘ilgandan keyin bir haftalik va birinchi oylikda ovqatlantirish bilan bog‘liq muammolar tez-tez kuzatiladi. Ovqatlantirish bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun doktor Facebook’da Sara Jarvis bilan savol-javob o‘tkazdik. Uning eskpertlik maslahatlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Sara bergan maslahatlar chop etish davrigacha (2017-yil avgust) bo‘lgan uning tibbiy bilimlariga asoslangan. Farzandingizning ovqatlanish odatlari yoki sog‘ligi sizni tashvishga solsa, shifokorga murojaat qiling.
Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi
Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling
Bolada reflyuks borligini qanday bilsa bo‘ladi?
Reflyuks – bolalar ovqatni qayt qiladigan yoki ovqatlanish paytida va undan so‘ng yegan ovqatini qaytarib chiqarib tashlaydigan holatdir. Bu juda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, odatda bola 1 yoshga to‘lganda o‘tib ketadi. Boshqa belgilar bo‘lmasa, tashvishlanishga hojat yo‘q – farzandingiz sog‘lom. Ovqatlantirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar (masalan, ovqatlanishdan bosh tortish), doimiy hiqichoq yoki yo‘tal, haddan ortiq ko‘p yig‘lash yoki ovqatlantirish paytida yig‘lash va quloq infeksiyalari reflyuksning boshqa belgilari sanaladi. Terapevtingizga murojaat qilib, farzandingizda kuzatilayotgan belgilarni muhokama qiling.
Agar bolada reflyuks bo‘lsa, bundan ko‘pam siqilmang – undan xolos bo‘lishning turli xil usullari mavjud va terapevtingiz bular haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etishi mumkin.Qusganda yashil safro dog‘larining bo‘lishi, vaznning juda kam miqdorda oshib borishi, ovqatni yutishda qiynalish, qayt qilganda yoki axlatda qon bo‘lishi yoki kasalmand ko‘rinish jiddiy belgilar bo‘lib, bunday belgilarda kechiktirmasdan shifokorga murojaat qiling.
Bola 3-haftada yozilishni boshlashi normal holatmi?
Avvalo, imkon qadar tezroq terapevt yoki patronaj hamshira qabuliga ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilamiz, chunki ular sizga konsultatsiya o‘taydi va bir nechta foydali maslahatlar beradiBola uchun bu olam butunlay yangi, barchasi g‘aroyib va ajoyib, biz uchun odatiy hol sanalgan hattoki yozilish ham u uchun o‘zagcha bir hodisa. Buning uchun bola dastlab bir vaqtning o‘zida ma’lum bir mushaklarni qisqartirib, bo‘shatishni o‘rganishi kerak – atigi bir necha haftada bola bunday harakatlarni o‘rganib olishi ham oson emas. Bolada ich qotishiga qarshi kurashish usullari ko‘p, masalan, ichaklar bo‘shalguncha qornini massaj qiling yoki qorniga issiq (qaynoq bo‘lmagan) suv solingan butilka qo‘ying, bular qorinni bo‘shashtirishga yordam beradi. Agar bola qattiq yig‘lasa va uni tinchlantirib bo‘lmasa, terapevt yoki patronaj hamshiraga murojaat qiling.
Gaz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq muammolarda qanday yordam berish mumkin?
Yig‘layotgan bolani yupatish stress va noqulayliklarga sabab bo‘ladi, ammo qayg‘urmang, buning bir nechta usullari mavjud.
Birinchi galda – ovqatlantirish pozasi, chunki ba’zan aynan shu sababli bola havo yutadi yoki sut tez kelganligi uchun uni ko‘proq yutib yuboradi. Bola tizzangizda yotiq holatda emas, balki xuddi egarda o‘tirgandek o‘tirishi uchun uni vertikal holatda tutishga harakat qiling. Yoki yotiq holat – bu bolaga sut sekin borishini ta’minlaydi va bunday pozada bola kelayotgan sutni yutishga ulguradi hamda shu bilan birga kam havo yutadi.
Ikkinchidan, tunda ham kunduz kuni kabi bolani o‘rang va ayrim bolalarni oziqlantirayotgan paytda o‘rash kerak bo‘ladi, ayrimlar esa oziqlantirib bo‘lishgach bolani o‘rashadi.
Bolani butilka orqali oziqlantirishga o‘tsangiz, butilka so‘rg‘ichi berkilib qolmaganligiga amin bo‘ling. Sut ko‘p keladigan so‘rg‘ichga o‘tish-o‘tmaslik haqida akusherka yoki tibbiyot xodimi bilan maslahatlashib ko‘rishingiz mumkin.
14 haftalik bola yetarlicha sut iste’mol qilmayapti degan xavotirdaman – bolaga bu vaqtda qancha sut kerak bo‘ladi?
Afsuski, bolalar qancha yeb-ichishi va qachon buni xohlashini nazorat qilish imkoni yo‘q – ularning ehtiyojlari har kuni va har oyda o‘zgaradi. Rivojlanishi va boshqa omillarga qarab hamma bola har xil bo‘ladi va shuning uchun ham ular talab qiladigan kaloriya bir xil emas. Bu borada farzandingizning o‘zi sizga yo‘l ko‘rsatishiga izn bering, ammo asosiy tavsiyalarga amal qiling. Bu yoshdagi bolalarning aksariyat qismiga bir kilogramm vazniga har kuni taxminan 150-200 ml sut kerak bo‘ladi. Bu qat’iy qoida emas, chunki har bir bola individual bo‘lib, qancha miqdorda va qancha vaqtda yeyishi va ichishi ularning hammasida ham bir xil emas.
Yangi tug‘ilgan bola odatda tez-tez va kam yeydi va och yoki to‘qligiga ishora beradi.
Farzandingiz vaznini kuzatib boring. Agar bolaning vazni to‘satdan kamayib ketsa, oshmasa, u kasaldek tuyulsa yoki o‘zini yomon his qilsa, terapevtingizga yoki patronaj hamshirangizga murojaat qiling.
6 haftalik farzandimni ovqatlantirganimda, doim qusa boshlaydi, nima qilishim kerak?
Farzandingizning bunday holatdaligini eshitish achinarli – buni kuzatish haqiqatdan og‘ir. Sizni tinchlantirishi mumkin bo‘lgan fakt – bu reflyuksning keng tarqalganligi va ushbu kasallik odatda bola bir yoshga to‘lganda o‘tib ketishidir. Boshqa belgilar bo‘lmasa, tashvishlanishga hojat yo‘q – farzandingiz sog‘lom. Ovqatlantirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar (masalan, ovqatlanishdan bosh tortish), doimiy hiqichoq yoki yo‘tal, haddan ortiq ko‘p yig‘lash yoki ovqatlantirish paytida yig‘lash va quloq infeksiyalari reflyuksning boshqa belgilari sanaladi.
Agar bolada reflyuks bo‘lsa, bundan ko‘pam siqilmang – undan xolos bo‘lishning turli xil usullari mavjud va terapevtingiz bular haqida ko‘proq ma’lumoy taqdim etishi mumkin.
Qusganda yashil safro dog‘larining bo‘lishi, vaznning juda kam miqdorda oshib borishi, ovqatni yutishda qiynalish, qayt qilganda yoki axlatda qon bo‘lishi yoki kasalmand ko‘rinish jiddiy belgilar bo‘lib, bunday belgilarda kechiktirmasdan shifokorga murojaat qiling.
12 haftalik farzandimda ovqatlangandan keyin oshqozon spazmasi sodir bo‘lmoqda va u kekirganda og‘riqdan baqirib yig‘laydi – bu sanchiqli og‘riqlarmi?
Bu ikkalangiz uchun ham noxush holat va juda rahmim kelyapti! Bolangizni ko‘rmasdan turib unda sanchiqli og‘riqmi yoki boshqami ayta olmayman, shuning uchun imkon qadar tezroq terapevtingiz yoki patronaj hamshirangizga murojaat qiling. Ular tashxis qo‘yishdan oldin farzandingizdagi belgilarni so‘rashadi.
U yozilguncha qornini massaj qiling yoki qorniga issiq (qaynoq bo‘lmagan) suv solingan butilka qo‘ying, bular qorinni bo‘shashtirishga yordam beradi, hozircha sizga shularni maslahat bera olaman.
Kamdan-kam holatlarda (chaqaloqlarning faqat 3-5 %ida) qorindagi og‘riq va diareya sigir sutidan allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, teri qizarishi, chilla yara, dumba qichishishi, yozilganda axlatda qon bo‘lishi, ishtahaning yo‘qligi va rangi o‘chganlik holatlari kuzatilishi mumkin.
5 haftalik farzandim juda ko‘p emadi, ammo ko‘pincha sutning ko‘p qismini qayt qilib tashlaydi. Bu holatda nima qilishim mumkin?
Emizishning boshqa holatini sinab ko‘rganmisiz? Agar yotgan holatda emizishga urinib ko‘rsangiz, bu sut kelishini sekinlashtirib, ushbu muammoda yordam beradi. Boshqa usullar ham yo‘q emas: faqat bitta ko‘krakda emizib ko‘ring, chunki bola unga kerakli sutning barini shundan olishi mumkin – agar u yana emmoqchi bo‘lsa, yana shu ko‘krakni berib ko‘ring, u yana emishni emas, balki shunchaki so‘rib yotishni xohlayotgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, agar sut ko‘p kelsa, uni sog‘ib tashlang, keyin uning kelishi barqarorlashgach, emizishni boshlang, oldinroq keladigan sut ko‘proq bo‘ladi, ammo undan keyin keladigani bolaga kerakli ozuqaviy moddalarga boyroq.
Tinchlanib olishga harakat qiling (maslahat berishdan osonroq ish yo‘qligini bilaman)! Emizib bo‘lganingizda bolada gaz hosil bo‘lishini oldini oling. Nima bo‘lganda ham terapevtingiz bilan maslahatlashing, chunki u sizga qo‘shimcha maslahatlar berishi mumkin. Va oziqlantirish bilan bo‘liq muammolar bo‘lsa yoki farzandingiz kasal bo‘lib qolsa ham terapevtingiz bilan maslahatlashing.
Farzandim yetarli miqdorda sut qabul qilayotganligini qanday bilishim mumkin?
Bolalarda a’lo darajadagi o‘z-o‘zini boshqarish tizimi mavjud, ya’ni u och bo‘lsa emadi, to‘q bo‘lsa, emishdan bosh tortadi. Oziqlantirish paytida ko‘krakdan yoki butilkadan bir necha marta yuzini burishi, sut qayt qilishi, qorni to‘yganligi bois behalovat bo‘lishi va ko‘p miqdorda gaz chiqarishi – bular bola to‘yganligi belgilaridir. Emgandan keyin og‘zidan ozroq sutni chiqarib tashlasa, tashvishlanmang – u emishni boshlaganda to‘yganligini bilmasdan juda ko‘p sut emib yuborishi, keyin esa ortiqcha sutni chiqarib tashlashi mumkin. Qolgan holatlarda bola butunlay sog‘lom bo‘lsa va vazni oshib boraversa, bu muammo emas.
Vazn oshishi ko‘p yeyishning foydali belgisi emas, chunki bolalar juda tez va har xil tezlikda rivojlanadi. Farzandingiz ortiqcha yeyaptimi yoki shunday xatar ostidami bu haqdagi tavsiyalarni shifokoringiz berishi kerak, qolgan holatlarda bolani talab bo‘yicha oziqlantiring. Biroq, ba’zan bola och qolganday tuyulishi, aslida esa shunchaki sizni quchoqlashni xohlashi, yoki sovuq, issiq deganday… Qolgani o‘zingizga ma’lum.
Ovqatlantirish bilan bog‘liq muammolarning qandaydir boshqa belgilari sizni tashvishga solsa, terapevtingiz bilan albatta gaplashing.
Kunduzgi uyquning kamligi sanchiqlarga sabab bo‘lishi mumkinmi?
Sanchiqlarning paydo bo‘lish sabablari, afsuski, to‘liq o‘rganilmagan. Ammo taxminiy sabablar emizish paytida ortiqcha havo yutish, ovqat hazm qilish tizimining yetilmaganligi yoki ko‘krak suti va sutli aralashmalarda tabiiy shaklda uchraydigan oqsil yoki shakarga ichakning hattoki vaqtinchalik bo‘lsa-da sezuvchanligi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Uyqu yetishmasligi hech kimga zavq bermasa-da, odatda bu sanchiqlarning yuzaga kelish sabablari qatoriga kirmaydi. Ba’zan kechga yaqin sanchiqlar kuchayayotganday tuyuladi. Farzandingizda har kuni bir vaqtda paydo bo‘ladigan sanchish belgilarini kuzatsangiz (umumiy olganda sog‘ligi yaxshi holatda bo‘lganda haddan ortiq va yupatib bo‘lmaydigan darajada yig‘lashning takrorlanuvchi holatlari sifatida tavsiflanadigan), buni qisqa vaqt uxlashi bilan bog‘lashingizni tushunaman.
Agar hali farzandingizni terapevtga olib bormagan bo‘lsangiz, uning qabuliga yozilish va tashxis qo‘ydirish tavsiya etiladi. Bolada sanchiqlar bo‘lsa, shifokor bu borada maslahatlar berishi mumkin.
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.