2 oylik paytida farzandingizning rivojlanishi

Naqadar hayajonli!

Sevimli tovushlar va mushaklarni baquvvat qilish vaqti

2 oylikda chaqalog‘ingiz qiziquvchan bo‘lib qoladi, atrofdagi dunyoga qiziqishi ortadi va uxlashga oz vaqt kerak bo‘ladi. U ongli ravishda birinchi tovushlarni talaffuz qilishni boshlaydi, shu tariqa kelajakda gapirish qobiliyatiga tayyorlanadi, shu sababli, farzandingiz rivojlanishining ushbu davri shu qadar qiziqarli va hayajonli kechadi.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

So‘nggi 4 hafta ichida kichkintoyning rivojlanishi qanday kechdi?

Endi, 2 oyligida, chaqaloq onasi va otasining ovozlarini taniydi va ularni eshitganda, o‘zini xotirjam his qiladi. Ehtimol, sizlarning ovozingiz uning sevimli tovushlariga aylanadi. Bola o‘z xarakterini yorqinroq namoyon eta boshlaganda, u nimani yoqtirishini va nimani yoqtirmasligini tushunishingiz mumkin. Bundan tashqari, endi chaqaloq ancha kam uxlashi va ko‘proq uyg‘oq bo‘lishini sezasiz.

Hayotining 2 oyidagi jismoniy rivojlanish

Chaqaloqlarning rivojlanishi boshdan oyoqqa qarab, bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi: avval  boshni tutib turish uchun, bo‘yin muskullari mustahkamlanadi, so‘ngra — yelkalar, ko‘krak qafasi va bel. Bolaning oyoqlari so‘nggi o‘rinda rivojlanadi va kuchga kiradi.

Bolaning mushaklari tobora kuch to‘playdi va endi u yorqin tuyg‘ularni boshdan kechirayotganda, qo‘llarini siltashi mumkin.

Bolaning tanasi o‘sishda davom etadi, bu esa go‘dak qornida ortiqcha gaz yig‘ilishiga olib kelishi mumkin. Agar kichkintoy hali ham qornida yotgan holda, biroz vaqt boshini ko‘tarib turolmasa, unda tez orada buni o‘rganadi. 

Buyumlarni ushlab olish va tutib turish

bolaning kozlari

 Farzandingizning ko‘rish qobiliyati hali ham rivojlanmoqda, ammo endi u yaqin atrofdagi narsalarda diqqatini jamlay oladi. Bu yoshda chaqalog‘ingiz qo‘llari qanday ishlashini tushuna boshlaydi va uning tug‘ma tutib olish refleksi zaiflashadi. U yanada murakkab va ongli harakatlar yordamida, buyumlarni o‘rganishni boshlaydi. U taassurotlarning yangiligiga qiziqadi, shu sababli Siz chaqaloqning o‘rganishi uchun xavfsiz va oson bo‘lgan yangi narsalarni taklif qilib, uning ko‘rish-motorli koordinasiyasini rivojlantirishga yordam berishingiz mumkin

Ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi

2 oylikda chaqaloqlarning ko‘rish qobiliyati hali ham rivojlanishda davom etadi. Biroq, hozir ham ba’zi chaqaloqlar yaqin masofadagi buyumlarda diqqatlarini jamlay oladilar. Ushbu davrda bolalar yorqin naqshlar va asosiy ranglarni ko‘rishlari mumkin, ammo ular uchun turli ranglar orasidagi farqni ko‘rish endi osonroq.

Muloqot qilishni o‘rganamiz

Farzandingiz siz bilan muloqot qilishi uchun, so‘zlarni birlashtirishiga hojat yo‘q: u Sizning ovozingizga beixtiyor munosabat bildiradi, oddiy tovushlar chiqaradi, gugulaydi va agulaydi. Vaqt o‘tishi bilan, ularning ma’nosini tushuna boshlaysiz. Siz gaplashayotganda, kichkintoyingiz hatto ovozingiz eshitilayotgan tomonga boshini burishi mumkin.

Qulaylik hissi

Farzandingiz endi onasi yoki otasi unga teginganda, o‘zini qulay va xotirjam his qiladi. Biroq begona odamlarning teginishi chaqaloqni yig‘latishi mumkin. Kichkintoy sizning quchoqlashlaringizga juda o‘rganib qolishidan xavotirlanmang — har gal quchog‘ingizga intilganida, uni qo‘lingizga olib, biroz tebrating. Ko‘pgina chaqaloqlar barmoqlarini yoki so‘g‘ichni so‘rib, o‘zlarini tinchlantiradilar.  

Rivojlanish uchun ovqatlanish

Tungi ovqatlanish farzandingizning rivojlanishida, ilgarigidek, muhim rol o‘ynaydi. U organizmga sut ishlab chiqarishda ko‘maklashuvchi gormon —  prolaktin ishlab chiqarishda yordam berish bilan birga, bolaning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa bilan ta’minlaydi1.

Farzandingizning qorinchasi hali juda kichkina, ammo u ko‘krak sutini osongina hazm qila oladi.

Siz chaqaloq endi uzoqroq emayotganini, ammo ilgarigi kabi tez-tez ovqatlanmayotganini sezishingiz mumkin. U kunduzi tundagiga nisbatan ko‘proq ovqatlanishi mumkin yoki aksincha — bu normal holat, shuning uchun uning ehtiyojlariga quloq tuting. Ko‘krak sutingizni zahirasi, tabiiy ravishda, farzandingizning ishtahasiga moslashadi.

Qorin sanchiqlari bilan kurashish

Chaqaloqning qorni sanchishi —  bu yoshda ovqatlanishdan bo‘ladigan, keng tarqalgan muammo. Afsuski, ularning paydo bo‘lishining aniq sababi noma’lum. Ehtimol, bola emish paytida ko‘p miqdorda havo yutadi va shu sababli, qornida ko‘p gaz yig‘iladi. Yoki uning ovqat hazm qilish tizimi sutni hazm qilish uchun hali yetarli darajada rivojlanmagan. Sanchiqlar ona va bola uchun 2-3 soat davomida yig‘lash, tizzalarni ko‘krakkacha ko‘tarish kabi noxush alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

1. NHS UK. Breastfeeding: The first few days [Online]. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/breastfeeding-first-days.aspx [Accessed April 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x