3 oylik paytida farzandingizning rivojlanishi

Faol harakatlanamiz

Porlashni boshlaymiz, o‘sishda davom etamiz

Aqlli va epchil kichkintoyingiz kundan kunga atrofdagi dunyoga nisbatan ta’sirchan bo‘lib boradi. U o‘ziga xosligini namoyon eta boshlaydi va ushbu davrda uni jismoniy va aqliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, unga yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Natijada uning ishtahasi ortishi mumkin. Ammo bu uning ko‘krak sutidan ajralishga tayyorligini anglatmaydi.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

So‘nggi 4 hafta ichida kichkintoyning rivojlanishi qanday kechdi?

Endi farzandingiz yanada e’tiborli bo‘ladi va o‘zini faolroq namoyon eta boshlaydi. Ushbu bosqichda ko‘plab tashqi stimullar borligi,  uning aqli va tanasining rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu bosqichda chaqaloq allaqachon tabassumi bilan «muloqot qilish»ni o‘rganadi —  masalan, e’tiboringizni jalb qilish uchun agulaydi va gugulaydi, so‘ngra sizga keng jilmayib, «suhbat»ni boshlaydi. Shuningdek, u sizni kuzatib, tabassumingizni kutishi, keyin esa sizga qarab jilmayishi mumkin.

Mushaklar kuchayib boradi va chaqaloq uchun kaftidagi narsalarni ushlab turish osonlashadi.

Bolaning ushlab turishi kuchayib boradi va yaqin orada siz u qanday g‘ayrat bilan agulashi va qo‘llarini silkitishiga qarab, qachon hayajonlanayotganini tushunasiz.  

Mushaklar mustahkamlanadi

Yaqinda chaqaloq bo‘yin muskullari ancha kuchga kirgani tufayli, endi boshini tik tutib turishi mumkinligini sezasiz, qornida yotganida esa, oyoqlarini ham g‘ayrat bilan silkitadi.

Bolaning tanasi to‘liq yoyiladi, umurtqa pog‘onasi uzunroq va tekisroq bo‘ladi.
bolaning qulog'i

Bolaning eshitish qobiliyati rivojlanadi va baland tovushlar endi uni qo‘rqitishi mumkin

Chaqaloqning qo‘llari o‘zi hali ham cheksiz hayrat manbai bo‘lib qoladi — u narsalarni ushlashni va ushlab turishni hali bilmasa ham, ularga intilishga harakat qiladi.

Tuyg‘ularning rivojlanishi

3 oylikda chaqalog‘ingiz atrofdagi olamni o‘rganish uchun o‘z tuyg‘u organlarini yanada samarali ishlatadi. Ko‘rish qobiliyatini boshqarishni o‘rganganida, u narsalarni kuzatishni boshlaydi1. Tez orada chaqaloq tanish chehralarni uzoqdan ham taniy oladi. Umuman olganda, yuzlar — ayniqsa, o‘zining yoki ota-onalasining yuzlari, chaqaloqning kuzatishi uchun sevimli ob’ekt. Farzandingizning ko‘zlari qarshisiga xavfsiz masofada ko‘zgu qo‘ying va u o‘zini qanday kuzatayotganiga e’tibor bering. Shuningdek, chaqaloq derazaga yoki xonaning boshqa chetidagi rasmga qarab turishi mumkin. Bolaning eshitish qobiliyati ham rivojlanadi va baland tovushlar endi uni qo‘rqitishi mumkin.

3 oylikda muloqot qilish ko‘nikmalari

Tez orada chaqaloq tovushlar bilan tanishishni boshlaydi, talaffuzi oson —  P, B va M tovushlaridan boshlanadi. Shuning uchun ko‘pincha chaqaloqlarning birinchi so‘zlari “mam” va “baba” bo‘ladi.

Rivojlanish uchun ovqatlanish

Farzandingiz tez o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan, barcha foydali ozuqa moddalarni olishi juda muhim. Uning yetarli miqdorda sut iste’mol qilayotganligiga ishonch hosil qilishning eng yaxshi usuli — uni talab qilganida ovqatlantirishdir. Agar chaqaloqning ishtahasi ortishni boshlasa, bu uning ko‘krak sutidan ajralishga tayyorligining belgisi bo‘lishi shart emas; ehtimol, bu shunchaki, keskin o‘sish davri. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘krak suti chaqaloq hayotining dastlabki 6 oyi davomida  yagona ozuqa manbai bo‘lishini, so‘ngra 2 yoshgacha va undan ko‘proq vaqtgacha aralash ovqatlantirish uchun doimiy ozuqa manbai bo‘lishini tavsiya qiladi2. Gap shundaki, 3 oylik chaqaloqning ovqat hazm qilish tizimi hali qattiq ovqatni, hatto kartoshka pyuresini ham hazm qilishga tayyor emas.   

Barcha chaqaloqlar har xil. Barcha bolalar uchun yagona sut iste’mol qilish me’yori yo‘q.

Farzandingiz yetarli miqdorda sut iste’mol qilayotganligiga ishonch hosil qilishning eng yaxshi usuli — bu uning ehtiyojlariqa quloq tutishdir. Agar chaqalog‘ingiz tez-tez ovqatlantirishni so‘rasa, tanangiz uning ishtahasiga moslashib, ko‘proq sut ishlab chiqaradi.

Farzandingiz yetarli darajada sut iste’mol qilyaptimi yoki yo‘qligini bilish uchun maqolamizni o‘qing.

Tana va miya rivojlanishini rag‘batlantirish usullari

Kichkintoyning mushaklarini rivojlantirishga yordam beradigan eng oddiy usul — bolaning belanchagi/krovatchasi tepasiga, harakatlanuvchi yoki musiqiy mobilni, go‘dak unga qarab cho‘zilishi uchun, qo‘li yetmaydigan masofada o‘rnating. Bolaning qarshida joylashgan buyumlarni o‘rganish jarayoni, uning ko‘z-motorli koordinasiyasi va miya rivojlanishini rag‘batlantiradi.

1. American Optometric Association. Infant vision: Birth to 24 months of age [Online]. Available at: www.aoa.org/patients-and-public/good-vision-throughout-life/childrens-vision/infant-vision-birth-to-24-months-of-age [Accessed April 2014]

2. WHO. Breastfeeding [Online]. Available at: www.who.int [Accessed April 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 13-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x