Ko‘pmi yoki kammi?
Ko‘krakdan ayirish vaqtida bolaga oldingidek ona suti kerak bo‘ladi
Bolani ko‘krakdan ayirganingizdan keyin, uning sutga bo‘lgan bog‘liqligi kamayib boradi va asta-sekin ovqatlanishga o‘tadi. Ko‘krakdan ayirish jarayoning boshida sut bola uchun asosiy ozuqa va energiya manbai bo‘lib qoladi va uning ratsiondagi miqdorini qadamma-qadam kamaytirib borish tavsiya etiladi.
Ekspertlar tavsiyalari
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Sut haqidagi faktlar: sutdan ayirish paytida sutning ahamiyati
Ko‘krakdan ayirish – bu bola sutdan qattiq ovqatlarga o‘tishini o‘z ichiga oladigan tadrijiy jarayon. Bolaning ratsioniga ovqatlarni kiritishni boshlaganingizda, u oldingidek barcha kerakli ozuqaviy moddalarni qabul qilayotganligiga amin bo‘lish uchun ko‘krak suti yoki sutli aralashma berishni davom ettiring. Bola 12 oylik bo‘lmaguncha, ko‘krak suti yoki bola uchun mo‘ljallangan aralashma avvalgidek uning energiyaga bo‘lgan talabining katta qismini ta’minlashi kerak.
Ayirish davrida bir marta ovqatlantirish uchun bolaga qancha sut berish lozim?
Bola ovqat yeyishni boshlaganda, unga berilayotgan sut miqdorini asta-sekin tartibga solib borishingiz kerak. Bolaga nima yaxshiligi bo‘yicha o‘z instinktlaringiz va hislaringizga ishoning va sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarimizga amal qiling.
Ona suti
Har bir bola o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shuning uchun ko‘krak bilan oziqlantirishda unga qancha sut kerak bo‘ladi – buni o‘lchash qiyin va shundan kelib chiqib, ayirish paytida ham bolaga shuncha sut berish kerak deb bo‘lmaydi. Shunchaki uning talabi bo‘yicha ko‘krak bilan oziqlantirishda davom eting va bu masalani bolaning o‘ziga qo‘yib bering.
Ko‘krak bilan oziqlantirish – bu shunchaki ozuqa berish degani emas. Bu bolaga xavfsizlik va himoyalanganlik hissini ham beradi. Shuning uchun, ko‘krakdan ayirganda bolaning bunday hislarini o‘rnini to‘ldirishga harakat qiling, masalan, ko‘proq quchoqlang va ovuting. Ko‘krakdan ayirish siz uchun ham bosqichli jarayon sanaladi, ko‘krak bilan oziqlantirishni asta-sekinlik bilan kamaytirib borish organizmingizning sutni kamroq miqdorda ishlab chiqishga moslashishida yordam beradi.
Ko‘krakdan ayirish oson bo‘lishi uchun nima qila olaman?
Avvaliga farzandingizni og‘izda ovqatni his qilishga moslashtiring va bola kichik porsiyalarda yeya olishi uchun ovqatni og‘izda aylantirib, yutishga o‘rgating. Bola tinchlanib, to‘ysa va ko‘pam och bo‘lmasa, u yangi qattiq ovqatni ta’tib ko‘rishga qiziqadi. Shuning uchun, ko‘krakdan ayirishni boshlaganingizda, unga ovqat taklif qilishdan oldin u iste’mol qiladigan sutning yarmini bering. Bola ovqatga o‘rgangach, sut berishdan oldin ovqat berishga urinib ko‘ring.
Sigir suti bolani ovqatlantirish uchun mos kelmaydi. Shu sababdan undan asosiy ozuqa sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi, buning o‘rniga uni asosiy ovqatni tayyorlashda ishlating.
Farzandingiz qattiq ovqatlarni ko‘proq yeyishga o‘tganda, kamroq sut icha boshlaydi va sut bilan oziqlantirishlar soni ancha kamayib, unga ketadigan vaqt ham qisqaradi.
Bola 6 oylik bo‘lganda, ichishni o‘rganishi uchun suvichirgichdan foydalanishni boshlang. Sut bo‘lmagan birinchi ichimlik sifatida suv berilishi bola shirin yoki sun’iy tam berilgan ichimliklarga ruju qo‘ymasligiga yordam beradi.
Ko‘krakdan ayirishda sigir sutidan foydalanish mumkinmi?
Bola 12 oylik bo‘lmaguncha ko‘krak suti yoki bolalar uchun mo‘ljallangan aralashma o‘rniga sigir yoki echki suti berish tavsiya etilmaydi. Ammo sigir sutidan bolaga ovqat tayyorlashda foydalanish mumkin. Agar oziq-ovqat mahsulotlarida sigir sutidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uning pasterizatsiya qilinganligiga ishonch hosil qiling.
- NHS UK. Milk and dairy foods [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/milk-dairy-foods.aspx [Accessed July 2014]
Yangilangan sana: 2016-yil 5-sentabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.