Bolalar oʻyinlari: yangi tugʻilgan chaqaloqlar bilan qiziqarli vaqt oʻtkazish

Qisqacha maʼlumotlar

Sizning endigina dunyoga kelgan kichkintoyingiz har qanday yangilikni darhol oʻzlashtirib olishga intiladi, har kuni oʻrganadi va rivojlanadi. Shuning uchun, hatto u hali juda kichkina boʻlganida ham, har kuni u bilan oʻynash uchun vaqt ajratish tavsiya etiladi. Bu sizga bolaga yaqinlashishingizga yordam beradi va siz uchun bolaning tugʻilishi bu faqatgina tagliklar va uyqusiz tunlar emas, balki muhabbat va quvonch ekanligini sizga eslatib turadi.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun oʻyinchoqlar

bolakay bosh barmog'ni kotarmoqda

Vaqt oʻtishi bilan kichkintoyingiz oʻzining momiq ayiqchasini yaxshi koʻrib qoladi, lekin uning hayotining dastlabki kunlaridagi eng yaxshi koʻrgan “oʻyinchogʻi” siz boʻlib qolasiz. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kichkintoylar har qanday vizual taʼsir qiluvchi narsalardan koʻra inson yuziga qarab koʻproq taʼsir javobini qaytarishadi. Sizning kichkintoyingiz hayotining dastlabki oylarida sizning yuz ifodangizni oʻzida aks ettirishga harakat qiladi: unga tilingizni chiqarib koʻring va shunda nima boʻlishini koʻrasiz. Bola bilan gaplashish, unga qoʻshiq kuylab berish, yuzini burishtirish va kulish – bu shunchaki u bilan hissiy aloqani yoʻlga qoʻyish va uning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirishning oddiy usullaridir.

Jismoniy aloqa kichkintoyingizga oʻyin orqali oʻzi uchun uni oʻrab turgan dunyoni kashf etish imkoniyatini beradi. Bolaning qoʻllari va oyoqlarini ehtiyotkorlik bilan qimirlating va uni ohista uqalash yordamida tinchlantiring. Kichkintoyingizga sizning teginishingiz yoqadi. Shuning uchun uni koʻtaring va asta-sekin tebrating. Siz agar “teri bilan teri” aloqasini qoʻllasangiz, u bilan hissiy munosabatni yaxshiroq mustahkamlaysiz.

Sizning kichkintoyingiz hayotining dastlabki oylarida sizning yuz ifodangizni oʻzida aks ettirishga harakat qiladi: unga tilingizni chiqarib koʻring va shunda nima boʻlishini koʻrasiz.

Sensorli (sezgi aʼzolarini rivojlantiruvchi) oʻyinlar

ko'rish belgisi

Koʻrish

Bola tugʻilganda faqat 20-25 sm masofani koʻrishi mumkin va bu siz uni emizayotganingizda yuzingizni koʻrishi uchun yetarli boʻladi. Bolaning koʻrish qobiliyati juda sekin rivojlanadi. Uchinchi oyga kelibgina, u qimirlayotgan obyektlarga diqqatini qarata oladi, shuningdek uning ranglarni ajrata olish qobiliyati taxminan beshinchi oyga borib toʻliq rivojlanadi. Kichkina bolalarni rivojlantirish uchun moʻljallangan kitoblar va oʻyinchoqlarni sotib oling – ularda yuqori kontrastli qora-oq tasvirlar berilgan boʻladi.

eshitish belgisi

Eshitish

Bolaga kuylab berishning ertasi yoʻq.   Oʻyin uslubida ingichka yoki baland ovoz bilan nutq soʻzlash yoki kuylashni koʻpchilik ota-onalar oʻz-oʻzidan beixtiyor qoʻllay boshlashadi. Allalar ajdodlarimiz tomonidan bolani tinchlantirish va ovutish uchun foydalanilgan. Oddiy takrorlanuvchi soʻzlarga va ovoz taqlidlariga ega qoʻshiqlar esa bolani ilk til koʻnikmalari uchun asos boʻlib xizmat qiladi, garchi siz bola 7 oylik boʻlguniga qadar uning “goʻldirashini” yoki biror soʻzni aytishga urinib ovozlar chiqarishini eshitishingiz dargumon. Bola bilan suhbatlashish shuningdek uning kommunikativ koʻnikmalarini ham rivojlantirishga yordam beradi va ehtimol unga ertaklar oʻqib berish sizga yoqishi mumkin. Kichkintoyingizga asosan sizning ovozingizni eshitish yoqimli boʻladi, chunki u hali tugʻilmasdanoq eshitgan ovozini taniy oladi.

Paypaslab his etish belgisi

Paypaslab his etish

“Teri bilan teri” aloqasi bola bilan aloqani mustahkamlash uchun ajoyib usuldir. Bunda bolalar massaji va mayin qitiqlash yordam beradi. Barmoq oʻyinlari bolaga bosimning, siqish va ushlashning turli darajalarini bilishiga yordam beradi. Vannada suv sachratib oʻynayotgan vaqtda bolani har xil turdagi va tarkibdagi mayin matolar bilan ohista silash bilan siz uni teginishni his qilishga oʻrgatishingiz mumkin.

Kichkintoy uchun sensorli oʻyinchoqlar

  • Bolalar yotogʻidagi yoki bolalar stolidagi koʻchma oʻyinchoqlar kichkintoy uchun ajoyib oʻyin boʻladi.
  • Bolalar uchun moʻljallangan sensorli trenajorlar bu kichkintoyingizning rivojlanishiga yordam beradigan, turli koʻrinishlar, ovozlar va tarkibni oʻz ichiga olgan oʻyin qurilmasi boʻlib, bu farzandingiz uchun xavfsiz oʻynash usuli boʻla oladi.
  • Shaqildoqlar, yumshoq oʻyinchoqlar, tishni yorib chiqishida yordam beradigan halqachalar va matodan qilingan kitobchalar kabi qoʻlda oʻynaladigan oʻyinchoqlar – bularning barchasi rivojlanishga yordam beradigan taktil vositalardir.
  • Kichkintoyingiz uyqudan oldin koʻp faol boʻlmasligi uchun oʻynashga kunduzgi vaqtni tanlang.

Keyingi qadamlar

  • Kichkintoyingiz tetik va vaqtini siz bilan birga quvnoq oʻyinlar oʻynab oʻtkazishga tayyor boʻlgan odatiy vaqtni tanlang. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar tez charchashadi, shuning uchun ularga hayotining dastlabki kunlarida oʻynash uchun 10 daqiqa yetarli boʻladi.
  • Ona va yangi tugʻilgan chaqaloqning muloqot qilishi uchun moʻljallangan bolalar massaji yoki boshqa tadbirlarni amalga oshiradigan “bebi-yoga” kabi mahalliy kurslarga eʼtibor qarating. Bu sizning boshqa onalar bilan tanishishingiz uchun ajoyib imkoniyat boʻladi.
  • Agar sizda bolalar basseyniga ega mahalliy koʻngilochar markaz boʻlsa, kichkintoyni suzish uchun oʻzingiz bilan birga olib borib koʻring. Koʻpchilik bolalarga bu hissiyot yoqadi. Faqat ular juda sovuq boʻlmasligi kerak. Chaqaloqlarni suzish bilan shugʻullanish uchun emlash shart emas.
  • Oʻyin uchun ajratilgan vaqt juda qulay boʻlishi kerak. Saylgoh boʻylab yoki doʻkonlar boʻylab sayr qilish bu yoshda kichkintoyingiz uchun juda qiziqarli boʻladi. Faqat siz yoʻl-yoʻlakay u bilan muloqot qilishni unutmang.
  • Oʻyin vaqtida turmush oʻrtogʻingizni ham jalb eting. Bu bolaning u bilan yaqinlashishi uchun yaxshi imkoniyat boʻladi.

  1. Meltzoff AN, Moore KM. Imitation of facial and manual gestures by human neonates. Science 1977;198(4312):75-8.
  2. AOA. Infant vision: Birth to 24 months of age [Online]. Available at: https://www.aoa.org/patients-and-public/good-vision-throughout-life/childrens-vision/infant-vision-birth-to-24-months-of-age?sso=y [Accessed: January 2017].

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 9-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x