Istisno etish kerak bo‘lgan mahsulotlar

Taomnomadan chiqaramiz

Butun yong‘oqlar, asal va qandni keyinga qoldiring

Ko‘krakdan ajratish davrida bolani turli-tuman taomga o‘rgatish muhim. Biroq, 12 oygacha, jumladan ko‘krakdan ajratish vaqtida ratsionga kiritmaslik kerak bo‘lgan bir qancha mahsulotlar mavjud.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Ko‘krakdan ajratish davrida ratsiondan chiqarish kerak bo‘lgan mahsulotlar

Bolani ko‘krakdan ajratishni boshlaganingizda, bola me’yorda o‘sishi va rivojlanishiga kerakli barcha ozuqa moddalarini olishi uchun, uni turli-tuman taomlarga o‘rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Kichik yoshidan to‘g‘ri ratsionga ega bo‘lish, bola katta bo‘lganida sog‘lom ovqatlanishiga ham xizmat qiladi.

Ammo, 12 oylikdan yosh bo‘lgan bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydigan ayrim mahsulotlar bor va ko‘krakdan ajratish jarayonida ulardan chetlanish zarur. Ularga quyidagilar kiradi:

• Sigir suti – 6 oylik va undan katta bolalar uchun taom pishirishda undan foydalanish mumkin ammo bunday sutda ko‘krak suti yoki aralashmaning o‘rnini bosish uchun kerakli ozuqa moddalari yo‘q va u bolangiz uchun, kamida u 12 oylik bo‘lguniga qadar, asosiy ichimlik bo‘la olmaydi.

• Echki suti – sigir sutida bo‘lgani kabi, u ham – farzandingiz 12 oyga to‘lguniga qadar – bola uchun ko‘krak suti yoki aralashmaga muqobil ichimlik bo‘lish uchun kerakli ozuqa moddalarining to‘g‘ri balansiga ega emas. Pasterizatsiya qilish sharti bilan, echki sutidan 6 yoshdan katta bolalar uchun taom tayyorlashda foydalanish mumkin.

• Tuz – chaqaloqlar buyragi katta miqdorda natriyni singdirish uchun yetarli darajada rivojlanmagan, shu sababli taomga tuz qo‘shmang va tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling.

• Qand – haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish farzandingizning tishlariga zarar yetkazishi va unda shirinlikka o‘chlikni rivojlantirishi mumkin. Shuningdek, qand juda past ozuqa qiymatiga ega va muvozanatlangan ovqatlanishga xizmat qilmaydi, shu bois undan chetlangan ma’qul.

• Asal – asalda mavjud bakteriyalar ba’zida bola ichagida toksinlar ishlab chiqishi va bolalar botulizmiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, asalda qand miqdori yuqori bo‘ladi.

• Butun yong‘oqlar – butun yong‘oqlarni 5 yoshdan kichik bolalarga berib bo‘lmaydi, chunki ular bo‘g‘ilib qolish xavfini tug‘diradi. Agar oilada allergiya bo‘lmasa, 6 oygacha bo‘lgan bolalarga yong‘oqlarni talqon qilib yoki ovqat qilib pishirib berish mumkin.

• Yog‘siz ovqat – chaqaloqlarga ratsionda yog‘ kerak bo‘ladi va ularga yog‘siz sut, yogurt yoki kattalarga mo‘ljallangan yog‘siz taomni berish mumkin emas.

• Akula, qilich-baliq va marlin – baliqlarning bu turlarida toksinlar bo‘lishi mumkin, ular farzandingizning rivojlanayotgan asab tizimiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli bor.

• Xom mollyuskalar – farzandingizning immun tizimi kattalarnikiga qaraganda kamroq rivojlangan, bu uni ovqatdan zaharlanishga ko‘proq moyil qiladi. Xom mollyuskalardan chetlanish kerak, pishirilgan mollyuskalar 6 yoshdan oshgan bolalarga to‘g‘ri keladi.

• Yetilgan, mog‘orli yumshoq pishloq yoki pasterizatsiyalanmagan pishloq – farzandingizning immun tizimi endi rivojlanayotgani sababli, u oziq-ovqatlardagi bakteriyalar chaqiradigan kasalliklarga kattalarga qaraganda moyilroq bo‘ladi. Pasterizatsiyalanmagan pishloqlar va kamamber kabi yumshoq yetilgan navlar hatto ko‘krak bilan emizish davrida ham sizga to‘g‘ri kelaveradi lekin farzandingizning ovqat hazm qilish tizimi ularni iste’mol qilishga hali tayyor emas.

• Choy yoki qahva – tarkibida kofein mavjud bo‘lgan hech qanday ichimlik bolaga to‘g‘ri kelmaydi, choydagi tanin moddasi esa temir singishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

• Chala qaynatilgan tuxum – 6 yoshdan katta bolalar tuxum yeyishi mumkin. Bunda tuxumni oqi ham, sarig‘i ham qotgunicha pishirish kerak bo‘ladi.

  1. NHS UK. Foods to avoid giving your baby [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/foods-to-avoid-baby.aspx [Accessed May 2014]
  2. NHS UK. Eggs [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/eggs-nutrition.aspx [Accessed Feb 2017]
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x