Goʻdaklarda reflyuks: simptomlar va sabablar

Goʻdaklarda reflyuks: simptomlar va sabablar

Reflyuks belgilarini aniqlab oling

Reflyuks va qayt qilish bu bolani ogʻzidan ozroq miqdordagi sutni qaytarib chiqarib yuborish jarayonini izohlaydigan tibbiy atamalardir. Bu goʻdaklar uchun mutlaqo tabiiy holat. Bu ularning ovqat hazm qilish tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq hisoblanadi. Muslin matoli oshxoʻraklar aynan mana shu holat uchun ham kerak. Bunday holatlarning koʻpchiligida hech narsadan tashvishlanmasa ham boʻladi. Odatda bunga sabab oshqozondagi ovqatni ushlab qoladigan klapan hali rivojlanayotgan boʻladi va shuning uchun sut va kislotani yuqoriga qaytib ketishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Kichkintoyingiz bir yoshga toʻlganidan keyin koʻpchilik reflyuks va qayt qilish simptomlari yoʻqola boshlaydi.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Reflyuks va qayt qilishni bir-biridan farqlash

Reflyuks va qayt qilish atamalari aslida turli xil narsalar. Lekin ular oʻzining kichkintoyingizga taʼsiri va ularni davolash nuqtayi nazaridan bir-biriga juda oʻxshash.

Reflyuks nima?

U shuningdek gastroezofagial reflyuks deb ham nomlanadi (GERB). Bu bolalarda ovqat hazm qilish jarayonida oshqozonidan sut yoki ovqatning qaytib chiqishi jarayonidir. Koʻpincha bu “tinch reflyuks” deb ataladi. Baʼzan bunda nima roʻy berayotganini tushunish qiyin boʻladi, chunki siz ovqatning qaytib chiqayotganini jismonan koʻra olmaysiz.

Regurgitatsiya nima?

Bu koʻproq qayt qilish deb ataladi. Bu sut yoki ovqat oshqozondan qilizoʻngach orqali ogʻizga tushadigan, keyin esa, ogʻizdan koʻpincha onaning yoki otaning yelkasiga tushadigan jarayondir. Koʻngil aynishidan farqli ravishda bu yerda hech qanday zoʻriqish boʻlmaydi. Bu holat  organizmdan kuch talab etmaydi va koʻproq hiqichoq oʻxshaydi.

Asosiysi shuni eslab qolish kerakki, bu ota-onada xavotirni keltirib chiqarsa-da, reflyuks va qayt qilish mutlaqo tabiiy holat hisoblanadi. Siz kichkintoyingiz yetarlicha ozuqa moddasini ololmayotganidan xavotirlanishingiz mumkin, lekin aslida koʻp holatlarda bunday boʻlmaydi. Kichkintoyingiz oʻzida noqulaylik belgilarini namoyon etmasa yoki uning vazni kamaymasa bu muammo boʻlmasligi kerak.

Odatda sogʻlom chaqaloqlarning 30 %i to ovqat hazm qilish tizimi rivojlangunicha hayotining birinchi yili davomida kuniga bir necha martalab reflyuks va qayt qilishni boshdan kechirishadi.

Reflyuks va qayt qilishni keltirib chiqaruvchi sabablar

Agar sizning farzandingiz tez-tez qayt qilish xurujlaridan qiynalayotgan boʻlsa, unda Sizni buni quyidagi bir qator umumiy sabablar keltirib chiqarayotgan boʻlishi mumkinligi haqidagi fakt tinchlantirishi mumkin:

• Goʻdaklar koʻp vaqtini yotib oʻtkazishadi.

• Ularning diyetasi asosan suyuqlikdan iborat boʻladi.

• Ularning oshqozon-ichak trakti hali kalta boʻladi.

• Ularning ovqat hazm qilish tizimi hali rivojlanayotgan boʻladi.

• Bir martaning oʻzida meʼyoridan ortiq sut yoki ovqat yeyish bu muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Bu sabablardan koʻpchiligi chaqaloqlik davrining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin agar chaqaloqda reflyuks yoki qayt qilish kuzatilsa, unda bu yoqimsiz simptomlarni yengillashtirish uchun siz qilishingiz mumkin boʻlgan bir nechta oddiy narsalar bor.

Reflyuks va qayt qilishning belgilari qanday?

Simptomlar odatda bolalarda 3 haftalikdan 12 oylikkacha boʻlgan yoshda kuzatiladi. Agar kichkintoyingiz ovqatni 3 hafta yoki undan koʻproq vaqt davomida 2 yoki undan koʻp marta ogʻzidan qaytarib chiqarib yuborsa, lekin unda qusish, vazn yoʻqotish, yoki ishtahaning yoʻqligi kabi yaqqol boshqa kasallik belgilari kuzatilmasa, unda bu shunchaki yengil qayt qilish hisoblanadi. Biroq reflyuks bilan bogʻliq boʻlgan, sutni qayt qilishdan tashqari boshqa yoqimsiz simptomlar ham mavjud:

unhappy baby

Muntazam va kutilmaganda yigʻlash

Jizzakilik yoki ogʻriq

baby rubbing eyes

Tez-tez uygʻonib ketish

baby on changing table

Ovqatlantirishdan keyin qorin dam boʻlishi

mother hugging crying baby

Tez-tez uygʻonib ketish

4-6-oylarda juda koʻp kuzatiladi va 6-12-oylarga borib kamayadi. Garchi reflyuks yoki qayt qilishni davolash imkonsiz boʻlsa-da, lekin bu bosqich tabiiy yoʻl bilan oʻtib ketguniga qadar bolaga oʻzini nisbatan qulayroq his qilishiga yordam berishning bir nechta amaliy usullari mavjud.

Gastroezofagial reflyuks (GERB) nima?

Ogʻir holatlarda reflyuks ovqat hazm qilish tizimini yalligʻlanishiga olib kelishi mumkin. Bu esa bolani ovqatlantirish bilan bogʻliq muammolarni va uning rivojlana olmasligi muammosini keltirib chiqarishi mumkin. Bu gastroezofagial reflyuks (GERB) deyiladi. Bu oddiy reflyuks va qayt qilish emas va u faqat ogʻir holatlarda roʻy beradi.

Bunda shifokor bilan maslahatlashish kerakmi?

Barcha reflyuks va qayt qilish normal hodisa boʻlsa-da va vaqt oʻtishi bilan oʻtib ketsa-da, lekin agar siz kichkintoyingizda asorati qolishi mumkin deb oʻylasangiz, unda har doim shifokor, farmasevt yoki terapevt bilan maslahatlashish foydali boʻladi. Tashxis qoʻyilganidan soʻng sizning davolovchi shifokoringiz sizga bu simptomlarni yengillashtirish usullari borasida maslahat berishi va zarur boʻlganda mavjud yechimlar haqida aytib berishi mumkin. Agar farzandingizda muntazam ravishda qayt qilish kuzatilsa, koʻp miqdorda sutni qaytarib chiqarsa yoki ovqatlanish vaqtida noqulaylikni his qilsa, unda bu holatning boshqa sabablarini bartaraf etish uchun albatta shifokoringiz bilan maslahatlashing. Agar kichkintoyingiz 1 yoshdan kichik boʻlsa, unda bizning bolaning simptomlarini tekshirish dasturimiz tashxis qoʻyishning foydali usuli boʻla oladi.

Keyingi qadamlar:

• Bolangizdagi simptomlar yuqorida taʼriflangan simptomlarga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
• Bolangizdagi simptomlar va ularning qay darajada paydo bolishini yozib boring, yoki ularni bizning bolalar simptomlarini tekshirish dasturimizga kiriting va natijani PDF formatida yuklab oling.
• Shifokor, mahalliy farmatsevt bilan suhbatlashing yoki terapevt qabuliga yoziling,
• Agar bolangizga reflyuks yoki qayt qilish tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, ular bilan kurashishga oid bizning maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

  1. Vandenplas Y et al. J Pediartr Gastroenterol Nutr 2009;49:498-547.
  2. Iacono G et al. Dig Liver Dis 2005;37(6):432–438.
  3. Hyman PE et al. Gastroenterol 2006;130:1519–1526.
  4. NICE. NG1. Gastro-oesophageal reflux disease: recognition, diagnosis and management in children and young people. 2015. Available at: https://www.nice.org.uk/guidance/ng1/resources/gastrooesophageal-reflux-disease-recognition-diagnosis-and-management-in-children-and- young-people-51035086789 [Accessed: September 2015].
  5. Nelson SP et al. Arch Pediatr Adolesc Med 1997;151(6)569-572.

Yangilangan sana: 2016-yil 12-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x