Emizish uchun qulay holatlar

O‘qishga sarflanadigan vaqt: 5 daqiqa

Emizishda o‘zingizga ham, bolaga ham qulay bo‘ladigan holatni topish kerak: qo‘ldami, «beshik» usulidami yoki yonboshlab yotgan holda. Agar noqulaylik his qilsangiz, bola holatini istalgan paytda o‘zgartirishingiz mumkin. Bu sizga shishgan ko‘krak og‘rig‘ini kamaytirish va muvaffaqiyatli emizishda yordam beradi.

ona emizikli chaqaloq belgisi

Har bir onaning tanasi o‘ziga xos va shu sababli Sizga to‘g‘ri keladigan bir holat boshqa birovga mos tushmasligi mumkin.

ona emizikli chaqaloq belgisi

Yotgan holda emizish – ko‘krak bilan boqishning ilk davrlaridagi eng yaxshi holat, u bolaga ko‘krak bilan muvaffaqiyatli emizish uchun dastlabki reflekslarni yuzaga chiqarishda yordam beradi.

ona emizikli chaqaloq belgisi

Vertikal holatda – «koala» holatida emizish farzandingizda reflyuksning kamayishiga xizmat qilishi mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ko‘krak bilan emizish uchun eng yaxshi holat

Yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun ko‘krak bilan emizish borasida «eng yaxshi» holatlar mavjud emas, chunki har bir onaning tanasi o‘ziga xos bo‘lib, bir holat sizga to‘g‘ri kelsa, boshqa onaga mos tushmasligi ehtimol. Ko‘krak bilan emizish borasida o‘zingizga va farzandingizga qulay holatni topish katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Nutricia clubning ushbu qadam-baqadam muxtasar qo‘llanmasi bilan tanishib chiqing, unda ko‘krak bilan emizish uchun eng yaxshi holatlarning 3 tasi keltirilgan, ularni Siz bemalol sinab ko‘rishingiz mumkin.

ko'krak bilan ozilantirish pozitsiyalari

Ko‘krak bilan emizishdagi holatlar

Ko‘krak bilan emizishdagi holatlar
birinchi raqam

Yotgan holda

  • Siz o‘zingizni bo‘sh tutib o‘tirasiz va kreslo suyanchig‘iga yengil tayanishingiz mumkin, farzandingiz esa qorningiz ustida yotadi va ko‘kragingizga boshini qo‘yib, taomlanishi mumkin.
  • Bu ko‘krak bilan emizishning ilk davrlari uchun ajoyib holat, u bolaga ko‘krak bilan muvaffaqiyatli emizish uchun birlamchi reflekslarni yuzaga chiqarishda yordam beradi.
ikkinchi raqam

Yonboshlab yotgan holda

  • Siz yonboshlab yotasiz, farzandingiz yoningizda yotadi va taomlanadi, bunda siz bir-biringizga qarashingiz mumkin.
  • Agar Sizda kesar jarrohligi o‘tkazilgan bo‘lsa, bu foydali holat – qoringa yuklama tushirmaydi
uchinchi raqam

«Regbi» holati

  • Farzandingiz qo‘lingizga va o‘rindiq tutqichiga tiranib yotadi, uning oyoqlari Sizning orqangizda qoladi.

• Agar Sizda kesar jarrohligi o‘tkazilgan bo‘lsa, bu foydali holat – u qoringa yuklama tushirmaydi.

4nchi raqam

«Beshik» holati

• Emizish paytida bola Sizga qaraydi, Siz esa uning boshi, bo‘yni va yelkasidan tutib turasiz.

• Jamoat joylarida ko‘krak bilan emizish uchun qulay, chunki go‘dakni har qanday o‘tirgan holda ushlab turish oson.

5nchi raqam

«Koala» holati

• Bolangiz tizzangizda o‘tiradi, oyoqlarini belingizning ikki tomoniga tashlab olgan.

• Agar Siz jamoat joylarida ko‘krak bilan emizishdan tortinsangiz, u qo‘l keladi. Shuningdek, farzandingiz anchayin katta bo‘lib qolgan va boshini mustaqil tutib tura olsa, qulay bo‘ladi – aks holda Siz emizish paytida bolaning boshini ushlab turishingiz kerak.

Reflyuksda ko‘krak bilan emizish uchun eng yaxshi holat

ko'krak bilan emizish

Agar farzandingizda reflyuks muammosi bo‘lsa, uni vertikal holatda emizish yordam berishi mumkin. Shu tariqa, «koala» holati farzandingizda reflyuks vaziyatlari kamayishida foydali bo‘la oladi. Agar Sizni farzandingizni emizishda muammolar qiynayotgan bo‘lsa, doim vrach bilan maslahatlashing.

  1. Colson, S. Maternal breastfeeding positions: Have we got it right? (2). The Practising Midwife, 2005;8(11):29-32.
  2. Colson, S., Meek, J. and Hawdon, J. Early Hum Dev, 2008;84(7):441-449.
  3. Puapornpong, P., et al. Breastfeed Med, 2017;12(4):233-237.
  4. Thomson, S. J Hum Lact, 2013;29(2):147-149.

So‘nggi yangilanish: 2020-yil 8-aprel

Tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha Nutricia jamoasi tomonidan tayyorlandi

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x