O’qish vaqti: 3 daqiqa
C vitamini farzandingizning tanasi tashkil topgan tolalar — kollagenni ishlab chiqarish uchun juda muhimdir. Shuning uchun homiladorlik paytida, sizning unga bo‘lgan ehtiyojingiz oshishi ajablanarli emas. Yaxshiyamki, ko‘p miqdordagi meva va sabzavotlarni o‘z ichiga olgan parhez yordamida, C vitaminining yetarli miqdorini olish mumkin.
Homiladorlik paytida C vitaminining foydalari, u temirning o‘zlashishiga qanday qilib yordam berishi mumkinligi va qaysi mahsulotlar C vitaminining eng yaxshi manbalari ekanligi haqida bilib oling.
Homiladorlik paytida C vitamini nima uchun juda muhim?
C vitamini nafaqat immunitet tizimingizni mustahkamlaydi va homiladorlik paytida temir tanqisligi anemiyasiga chalinish xavfini kamaytiradi, balki bolaning jismoniy rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi.
C vitamini:
- Normal o‘sish, tana to‘qimalarining sog‘lig‘i va yaralarning bitishiga ko‘maklashuvchi kollagen ishlab chiqarishga yordamlashadi.
- Farzandingizning immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
- Bolaga temirni o‘zlashtirish va keyinchalik foydalanish uchun temir zahiralarini to‘plashga yordam beradi.
Homiladorlik paytida qancha miqdorda C vitamini iste’mol qilish lozim?
Homiladorlik paytida C vitaminining sutkalik iste’mol qilish me’yori — ko‘pchilik odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli deb hisoblanadigan miqdor — kuniga 50 mg.ni tashkil qiladi, bu esa sizga odatda kerak bo‘ladigan miqdordan 25% ga ko‘proqdir. 100 g qulupnay tarkibida 57 mg C vitamini mavjud. Agar farzandingizni ko‘krak suti bilan boqishga qaror qilgan bo‘lsangiz, rasioningizga o‘zgartirish kiritishingiz shart emas, ammo sog‘lom mahsulotlarni iste’mol qilganingiz ma’qul. Agar sizga maslahat kerak bo‘lsa, har doim shifokoringiz bilan suhbatlashishingiz mumkin. Emizish davrida sog‘lom rasion haqida ko‘proq bilib oling.
Bu suvda eriydigan vitamin bo‘lganligi sababli, u organizmda saqlanib qolmaydi, demak homiladorlik paytida uni har kuni iste’mol qilish juda muhim ahamiyatga ega. Ko‘p miqdordagi meva va sabzavotlarni o‘z ichiga olgan, homilador ayollar uchun sog‘lom va muvozanatlashtirilgan parhezga parhezga rioya qilsangiz, Siz va farzandingiz salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan C vitamining to‘liq miqdorini olishingiz mumkin.
C vitamini qaysi mahsulotlar tarkibida mavjud?
C vitaminiga boy oziq-ovqat mahsulotlariga brokkoli, gulkaram, oq karam, kivi, sitrus mevalar, qizil, yashil yoki sariq qalampir, shirin kartoshka, qulupnay va pomidor kiradi.
Qalampir tarkibida apelsinga qaraganda ikki baravar ko‘proq C vitamini bor. 100 g qalampir tarkibida 126 mg, 100 g apelsin tarkibida esa atigi 52 mg C vitamini mavjud.
Quyidagi jadvalda turli xil mahsulotlardan olish mumkin bo‘lgan C vitamini miqdori ko‘rsatilgan:
Mahsulot | Porsiya | Oziq moddalarning o’rtacha miqdori(mkg) |
---|---|---|
Qizil qalampir | 100 g | 126 |
Brokolli(yaxshisi xom yoki bug’da tayyorlangani) | 100 g | 79 |
Qulupnay | 100 g | 57 |
Karam(yashil yoki oq novi, xom) | 100 g | 45 |
Sitrus (yaxshisi apelsin) | 100 g | 42-52 |
Apelsin sharbati | 100 g | 40 |
Pomidor(yaxshisi pishirilgani) | 100 g | 30 |
Ismaloq | 100 g | 30 |
C vitaminining iste’molini ko‘paytirish uchun, taomlarni bug‘da va grilda pishiring
Suvda eriydigan boshqa vitaminlar bilan bo‘lgani kabi, taomni tayyorlash va pishirish usuli, yegulikning tarkibidagi C vitamini miqdoriga ta’sir qilishi mumkin.
Taomni qaynatib pishirish siz tayyorlaydigan ovqat tarkibidagi C vitaminining bir qismini yo‘q qilishi mumkin. Imkon qadar ko‘proq ozuqaviy moddalarni saqlab qolish uchun sabzavotlarni bug‘da yoki grilda pishirish yaxshiroq. Yaxshisi sabzavotlarni xomligicha salat ko‘rinishida iste’mol qilish kerak.
C vitamini temirning tanada o‘zlashishiga ko‘maklashadi
C vitamini tanaga ismaloq va no‘xat kabi o‘simlik manbalari tarkibida mavjud bo‘lgan, gem bo‘lmagan temirni o‘zlashtirishga yordam beradi. Homiladorlik paytida C vitaminining yaxshi manbalarini va o‘simliklardagi temir manbalarini iste’mol qilish, sutkalik iste’mol me’yorini to‘ldirishga yordam beradi. Kundalik rasioningizdan maksimal darajada foyda olish uchun, unga salat qilib to‘g‘ralgan mevalarni qo‘shish bo‘ladimi yoki shirinlik sifatida butun mevalarni iste’mol qilish bo‘ladimi, ammo kun bir davomida kamida bir marta mevalarni va temir manbalarini qo‘shing.
Temir moddasini yetarli miqdorlarda iste’mol qilish, qon miqdorini ko‘paytirish va temir tanqisligi anemiyasiga chalinish xavfini kamaytirish, shuningdek bola hayotining dastlabki 6 oyi davomida uning o‘rganishi va o‘sishini qo‘llab turish uchun zarur bo‘lgan temir moddasi zahiralarini oshirish uchun muhimdir. Homilador ayollar ratsionida temir moddasining ahamiyati haqida ko‘proq bilib oling.
Ushbu C vitaminiga boy yegulıklar va taomlar yordamida, temir moddasini iste’mol qilishni oshirishga harakat qiling:
• Qulupnay bo‘laklari bilan tayyorlangan bo‘tqa
• Qizil bulg‘or qalampiri qo‘shib tayyorlangan xumus
- Maymunjon, malina va zanjabil solingan yogurt
- Makkajo‘xori va qovoqdan pashot-tuxumi bilan pishirilgan quymoq
- Kinoa bilan kunjutli unga botirib olingan tunetsdan tayyorlangan steyklar
- Uyda tayyorlangan loviya va feta pishlog‘i bilan shirin kartoshka
- Qovurilgan tovuq go‘shti bilan italyancha pansanella salati
- Maggini S et al. Essential Role of Vitamin C and Zinc in Child Immunity and Health. J Int Med Res 2010; 38: 386 – 414
- NHS. Vitamins for children [Online] 2015 Available at: https://www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/vitamins-for-children.aspx [Accessed October 2017].
- NHS UK. Iron-deficiency anaemia – complications [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/Conditions/Anaemia-iron-deficiency-/Pages/Complications.aspx [Accessed June 2014]
- Rumbold A, Crowther CA. Vitamin C supplementation in pregnancy. Cochrane Database Syst Rev 2, 2005.
- Royal Surrey County Hospital (NHS). Check your iron intake pdf [Online]. 2012. Available at: www.royalsurrey.nhs.uk/[Accessed June 2014]
- Dietary reference values for food energy and nutrients for the United Kingdom. Committee on Medical Aspects of Food Policy. Report on Health and Social Subjects 41, 1991.
- Department of Health. Nutrient analysis of fruit and vegetables [Online]. 2013. Available at: www.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment_data/file/167942/Nutrient_analysis_of_fruit_and_vegetables_-_Summary_Report.pdf [Accessed June 2014]
- Gov.UK. Nutrient Analysis of Fruit and Vegetables [Online]. 2013. Available at: www.gov.uk/government/publications/nutrient-analysis-of-fruit-and-vegetables [Accessed August 2014]
- NHS UK. Vitamins and minerals [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/vitamins-minerals.aspx [Accessed June 2014]
So‘nggi marta: 2020-yil 28-iyul kuni yangilangan
Nutricianing tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha jamoasi tomonidan tayyorlangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.