Maymunjon, malina va zanjabilli yogurt

Tayyorlash vaqti: 3 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 15 daqiqa – Porsiya: 4

Maymunjon va malina tarkibida kletchatka va C vitamini mavjud, suli – B vitamin manbasi. Yogurt esa kalsiy va oqsil bilan to‘yingan. Reza mevalar o‘rniga mayda qilib kesilgan olma, nok yoki boshqa istalgan mevadan foydalanishingiz mumkin.

Ushbu taom: vegetariancha • tarkibida yog‘ va tuz kam • kletchatka mavjud • oqsillar va C vitamini ham mavjud

Har bir porsiya tarkibi:

Ozuqaviy qiymatiMiqdoriOzuqaviy moddalarning sutkalik normasi % da
Kaloriyaligi285 kKal14%
Yog‘lar7.2 g10%
Uglevodlar2.9 g15%
Shakar17 g19%
Tuz0.26 g4%

Parhezshunos maslahati

Agar homiladorlik gormonlari bois sizda ovqat hazm qilish tizimi yomonlashgan bo‘lsa, kletchatka iste’mol qilish bunda yordam beradi.

Masallig‘lar

  • 300 g malina
  • • 2 choy qoshiq yanchilgan zanjabil
  • Tozalangan va mayda qilib kesilgan 1 bo‘lak yangi zanjabil
  • 1 osh qoshiq raps moyi
  • 100 g suli
  • 500 g tabiiy qatiq

Retseptda quyidagi allerginlar mavjud: suli, sut Ozuqaviy qiymati haqidagi barcha fikrlar bitta porsiya tahliliga asoslangan.

Ozuqaviy qiymati

* Malina: tarkibida hujayralarni himoyalashi va ularning sog‘ligini saqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan C vitamini mavjud.

* Maymunjon: tarkibida folatsin mavjud, u umurtqaning parchalanishi kabi nerv tizimi nuqsonlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi homiladorlik davrida tarkibida folatsin yuqori bo‘lgan mahsulotlarga qo‘shimcha ravishda folatsin kislotali qo‘shimchalarni qabul qilishni tavsiya etadi.

* Suli: tarkibida gormonal o‘zgarishlardan kelib chiquvchi qabziyatni oldini olishda yordam beradigan kletchatka mavjud

* Tabiiy qatiq: tarkibida bolaning suyaklari va tishlari uchun nihoyatda muhim kalsiy mavjud

Tayyorlash usuli

  1. O‘rtacha kattalikdagi keng kastryulchaga mevalar, yanchilgan janjabildan 2 osh qoshiq soling va past olovga qo‘ying. Reza mevalar yumshoq va bo‘tqaga o‘xshash shaklga kirguncha 10 daqiqacha qaynating, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing.
  2. Kastryulchani olovdan oling va dasturxonga tortishdan oldin to‘liq sovishini kuting.
  3. Shu vaqt ichida pishiriq uchun qog‘ozdan foydalanib, kuymaydigan qoplamali o‘rtacha kattalikdagi tovani moy bilan arting va o‘rtacha olovga qo‘ying.
  4. Suli solib, rangi o‘zgarmaguncha 4-5 daqiqa tez-tez aralashtirgan holda pishiring. Kastryulchani olovdan oling va dasturxonga tortishdan oldin to‘liq sovishini kuting.
  5. Yogurt, mevalar va sulini to‘rtta tarelkaga taqsimlang va dasturxonga torting.

  1. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  2. NHS. Vitamins for children [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#vitamin-c-in-pregnancy[Accessed June 2018].
  3. NHS. Why do I need folic acid in pregnancy? [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/913.aspx [Accessed June 2018]].
  4. NHS. Vitamins and minerals: Calcium [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#calcium-in-pregnancy [Accessed June 2018].

Yangilangan sana: 2018-yil 7-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x