Pashot-tuxumi bilan makkajo‘xori va qovoqcha (kabachok)dan tayyorlangan quymoq

Tayyorgarlik vaqti: 10 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa – Porsiya: 4

Oqsil va qator vitaminlari bo‘lgan taom: bir porsiya tavsiya etilgan sutkalik foliy kislotasining uchdan bir qismini, D vitamini va C vitamini uchun sutkalik ehtiyojning beshdan bir qismini ta’minlaydi.

Ushbu taom: vegetariancha • tarkibida shakar va tuz miqdori past • tarkibida oqsil miqdori baland • foliy kislotasi va A, C, D va B vitaminlari manbai hisoblanadi.

Har bir porsiyasida:

Ozuqaviy qiymatiMiqdoriOziq moddalarni iste’mol qilish me’yori,%larda
Kalloriylagi279kkal14%
Yog’lar15g21%
Uglevodlar5.7g29%
Shakar7g8%
Tuz0.34g6%

Diyetolog maslahati

Homiladorlikning so‘nggi uch oyligida sizning energiyaga bo‘lgan ehtiyojingiz taxminan 200 kaloriyaga ko‘payadi. Agar Sizga kaloriya iste’moli miqdorini ko‘paytirish kerak bo‘lsa, pashot-tuxumning ikkinchi porsiyasiga nia deysiz?

Masalliqlar

  • 1dona o‘rtacha hamdagi qovoqcha (kabachok)
  • 150 g konservalangan makkajo‘xori, suyuqliksiz
  • 6 ta tuxum (4 tasi qaynatish uchun)
  • 50 g un
  • 20 g ko‘k piyoz
  • 1/2 ch.qoshiq chili (achchiq) qalampir
  • 1/2 ch.qoshiq qalampir
  • 1/4 ch.qoshiq tuz
  • 1/4 ch.qoshiq murch
  • 1 ch.qoshiq zaytun yog‘i
  • 1 dona limon
  • 120 ml yog‘siz fresh kremi
  • 1 osh qoshiq kashnich
  • 2 osh qoshiq mayda to‘g‘ralgan sarimsoq
  • kishi boshiga 1 donadan kichikroq salat bargi

Reseptda quyidagi allergenlar mavjud: tuxum, sut, glyuten (un tarkibida). Taomning ozuqaviy qiymati to‘g‘risidagi barcha mulohazalar, bir porsiyaning tahliliga asoslangan.

Ozuqaviy qiymati

* Qovoqcha (kabachok): hujayralaringizni himoya qilish va ularni sog‘lom saqlashga yordam beradigan C vitamini.

* Shirin makkajo‘xori: tarkibida tola mavjud bo‘lib, u gormonal o‘zgarishlar tufayli ich qotishining oldini olishga yordam beradi.

* Tuxum: tarkibida oqsil mavjud bo‘lib, u bolaning o‘sishi uchun qurilish materiali hisoblanadi.

* Tuz: tuz organizmdagi suyuqlik muvozanatini tartibga solish va saqlashga yordam beradi, ammo uning ko‘p miqdori zararli bo‘lishi mumkin, shuning uchun tuzning boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida borligini yodda tuting va imkon qadar, uni iste’mol qilishni cheklashga harakat qiling.

Tayyorlash usuli

1. Qovoqchalar (kabachok)ning uchlarini kesib tashlang, o‘zini qirg‘ichdan o‘tkazing va katta idishga solishdan oldin, ortiqcha suvini siqib oling.

2. Ko‘k piyozni maydalab, idishga makkajo‘xori, 2 dona tuxum, un, chili (achchiq) qalampir, bulg‘or qalampiri, kashnich, yarimta limon sharbati va ziravorlar bilan birga qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring.

3. Zaytun yog‘ini tovaga solib qizdiring, so‘ngra kichikroq quymoqcha tayyorlash uchun bir qoshiq suyuq xamirni qo‘shing. Uni qoshiqning orqa tomoni bilan tekislang va har bir tomonini 1 daqiqadan 1,5 daqiqagacha yoki qizargunicha pishiring.

4. Quymoqni tovadan olib va biror idishga qo‘ying.

5. Kichikroq idishda yangi qaymoq, yarimta limon sharbati va tug‘ralgan sarimsoqning kattagina qismini aralashtiring. Bir chetga olib qo‘ying.

6. Pashot-tuxumi uchun katta idishdagi suvni o‘rtacha olovda qizdiring.

7. Suvni mayda pufakchalar paydo bo‘lguncha qizdiring. Tuxumni kichkina idishga chaqing, so‘ngra yengil girdob hosil qilish uchun suvni aralashtiring va ehtiyotkorlik bilan tuxumni quying. Tuxum oqi qotib qolguncha, 3-4 daqiqa davomida qaynating, so‘ngra tuxumni tubi teshik qoshiq bilan oling va quritish uchun oshxona qog‘oziga qo‘ying.

8. Dasturxonga tortishdan oldin, pashot-tuxum, biroz to‘g‘ralgan sarimsoq va ta’bga ko‘ra salat qo‘shishdan oldin, quymoqlarni ustuncha qilib qo‘ying va ustiga bir osh qoshiq yangi qaymoq soling.

  1. NHS. New weight advice for pregnancy [Online] 2010 Available at: https://www.nhs.uk/ [Accessed July 2018]
  2. NHS. Vitamin C in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#vitamin-c-in-pregnancy[Accessed July 2018].
  3. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  4. NHS. Healthy Eating Pregnancy [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/healthy-eating-pregnancy [Accessed July 2018].
  5. NHS. Foods to avoid in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/foods-to-avoid-pregnant/#raw-or-partly-cooked-eggs. [Accessed June 2018].
  6. British Dietetic Association. Food Fact Sheet: Salt and Health [Online]. 2016. Available at: www.bda.uk.com/foodfacts/Salt.pdf[Accessed August 2017].

So‘nggi marta: 2018-yil 7-sentyabrda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x