Bir yoshdan keyin bolalarning rivojlanishi: 24-36 oylik

Emotsional davr

Ikki yosh – murakkab davr

2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda farzandingizda muhim ko‘nikmalar rivojlanadi va o‘ziga xoslik va shaxsiyatni yanada ko‘proq namoyon qiladi. Ushbu davr davomida ozuqaviy moddalarni doimiy iste’mol qilish uni o‘rganishiga yordam beradi va faollik va tetiklikni saqlash uchun zarur bo‘lgan energiya bilan ta’minlaydi. Bu yoshda qaysi ozuqaviy moddalar muhim ekanligi va bola nozikta’b bo‘lsa ham ushbu moddalar bilan qanday ta’minlash haqida bilib oling.

24-36 oylikda bolaning rivojlanishi

U o‘zi, atrofdagilar va olam bilan tanishadi, aloqa o‘rnatishni o‘rganadi. Shu bilan birga uning jismoniy qobiliyatlari oshadi va o‘ziga ishonchi ortadi.

Bola ikki yoshga to‘lganda, chapaqaymi yoki o‘ngmi bilib olish mumkin. Bu xususiyat ona qornida paytidayoq shakllanadi, biroq buni siz darhol bila olmaysiz, chunki bola yoshligida odatda ikki qo‘lini bir xil ishlatadi. Chapaqaylar kam uchraydi – katta yoshdagilarning bor-yo‘g‘i 7-10 %ini tashkil etadi.

Farzandingiz chapaqaymi yoki o‘ngmi, bundan qatiy nazar, u yozish, to‘pni otish yoki taom yeyish uchun ustun bo‘lgan qo‘l yoki oyog‘ini ko‘proq ishlatadi. U hattoki tishini tozalash uchun “kuchli” qo‘lidan foydalanadi – buning uchun sizning yordamingiz kerak, albatta.

Taxminan 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda farzandingizda tuvakdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan siydik pufagi ustidan nazorat ko‘nikmalarini rivojlantirayotganligini sezishingiz mumkin. Bola sizga taglik ho‘l yoki iflos bo‘lganligini aytib, hojatga chiqishga qiziqish bildirsa, bu ko‘nikmani rivojlantirishni boshlashingiz mumkin.

Bolaning rivojlanishi uchun sog‘lom parhez

24 va 36 oyliklar orasida bolaning uzluksiz rivojlanishi uchun uning organizmi ozuqaviy moddalar bilan doimiy ta’minlanishi talab etiladi. Temir moddasi va D vitamini bu bosqichda ayniqsa muhimdir. 

Temir – bu kislorodni tana bo‘ylab tashishga va bolaning miyasi rivojlanishiga yordam beradigan mineral. Temir bilan to‘yingan mahsulotlarga go‘sht, yog‘li baliq va tuxum, shuningdek o‘simlik mahsulotlar – dukkakli o‘simliklar va yashil bargli sabzavotlar kiradi.

3 yoshdan kichik bolalarning 50 % dan ko‘prog‘i temir moddasini kerakli miqdorda qabul qilmaydi, shuning uchun har bir ota-ona ushbu ozuqaviy moddaning ahamiyati haqida bilishi shart2. Farzandingiz taomga nozikta’b bo‘lsa ham, uning har kunlik ratsioniga temirga boy hech bo‘lmaganda bitta mahsulotni kiritishga urinib ko‘ring.

Temirga boy go‘shtdan bola uchun har xil taomlarni tayyorlash mumkin, masalan toblama, dimlama yoki juda yupqa kesilgan go‘shtli taomlar shular jumlasidan. C vitamini temirni o‘zlashtirishga yordam beradi, shuning uchun har safar taom iste’mol qilganda sabzavotlarni qo‘shish yoki desert uchun mevalar yeyish bola organizmi boshqa manbalardan temirni o‘zlashtirishida qo‘l keladi.

Farzandingiz, barcha say-harakatlaringizga qaramay, temirga boy mahsulotlarni yeyishdan bosh tortsa, temir bilan boyitilgan Nutrilon Premium 3 bolalar suti ajoyib yechimdir.

1 yoshdan 3 yoshgacha bolalar uchun tavsiya etiladigan sutkalik temir dozasi — 6,9 mg.

D vitamini suyaklarning sog‘lom rivojlanishi uchun muhimdir; u organizmga 2 yoshda bolaning suyaklari o‘sishida zarur bo‘lgan kalsiy va fosforning o‘zlashtirilishida yordam beradi. Teriga quyosh nurlari bevosita tushishi natijasida organizm D vitamini ishlab chiqaradi.

kichkintoy ko'zlarida yosh bilan

D vitaminning ozuqaviy manbalari – bu go‘sht, yog‘li baliq va nonushta uchun boyitilgan bo‘tqa. Ularni bolaning har kunlik ovqat ratsioniga kiritish D vitamini iste’molini oshirishga yordam beradi.

Bir yoshdan katta bolalarning ko‘pchiligi ayrim ozuqaviy moddalarning sutkalik me’yorini qabul qilishmaydi. Shuning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarning kunlik ratsioniga tarkibida A, C va D vitaminlarimavjud vitaminli qo‘shimchalarni kiritishni tavsiya etadi. Bundan maqsad organizmda bu vitaminlar miqdorini oshirishdir.

Nutrilon Premium 3 bolalar suti — ushbu davrda bolani kerakli va foydali ozuqa, shu jumladan D vitamini bilan ta’minlashning yana bir ajoyib yechimidir.

Bolaning sog‘lom hissiy rivojlanishiga yordam bering

24-36 oylikda bola hissiy rivojlanishning muhim bosqichida bo‘ladi. U o‘zining hissiyotlari haqida bilib oladi va boshqalarning hissiyotlariga ham e’tiborli bo‘lib boraveradi.

Ba’zan farzandingizning hissiyotlarini umuman sezmaysiz, u indamas bo‘lib qoladi. Ba’zida esa bolaning hislari jilovlab yoki izohlab bo‘lmaydigan darajada shunchalar jo‘shib ketadiki, uning jazavasi tutib, tishlanib yoki tepinib qolishi mumkin. Ko‘pchilik bolalarda bunday holat bo‘lib turadi, bunda asosiysi – og‘ir bo‘ling.

Sizning keskin javobingiz bolada xavotir hissini uyg‘otishi mumkin, shu boisdan kuchli hissiy holatlardan saqlaning: bu hissiyotlarni bolaga izohlashga harakat qiling – bu tinchlanish va qiyin vaziyatdan chiqish yo‘llarini topishning yaxshi usulidir.

Farzandingizga jahl, qayg‘u yoki xafa bo‘lish tabiiy holatligini tushuntirib, unga hissiyotlar bilan kurashishda yordam berishingiz mumkin. Shunga o‘xshash holatlarni siz ham boshdan o‘tkazishingizni bolaga tushuntirsangiz, bunday hissiyotlar boshqalarda ham borligini bola tushuna boshlaydi.

Bola rivojlanishida regress holati

Bolaning rivojlanishida ba’zan qaytish kuzatiladi. Bu oldingi rivojlanish darajasi bilan esankirab qolganligi va ushbu daraja og‘irlik qilayotganligi belgisi yoki atrofdagi o‘zgarishlarga, masalan uyga yangi chaqaloq kelishiga reaksiyasidir.

Farzandingiz oldin sergap bo‘lgan bo‘lsa, endi u narsalarni qo‘li bilan ko‘rsatadi va yig‘laydi, o‘zi yura oladi, ammo sizning ko‘tarishingizni xohlaydi, yoki tuvakka o‘rgangan bo‘lsa ham to‘satdan “ish bajarib qo‘yadi” – bular qaytish paytida me’yoriy holatlardir. Xavotirlanmang – regress vaqtinchalik holat, agar farzandingizga ko‘proq vaqt ajratib, unga e’tiborli bo‘lsangiz, u oldingi ko‘nikmalarini tezda qaytaradi.

Ko‘pincha regress – bu bolaning sizdan qulaylik yoki diqqatni iltimos qilishidir va bu o‘tkinchi holat.

Regressga javob berishning eng yaxshi usuli – bolaning hissiyotlarini e’tirof etish. Uning xavotirlari yoki xulqidagi o‘zgarishlari sababini izohlashi uchun farzandingizga savollar bering. Farzandingiz o‘zini yana oldingidek yaxshi his qilishi uchun u bilan yolg‘iz qolishga vaqt toping, unga zarur bo‘lgan qo‘shimcha qulaylik bilan ta’minlang.

KEYINGI QADAMLAR

Bolaning ratsioniga quyidagi mahsulotlarni kiritish orqali u iste’mol qiladigan zaruriy ozuqaviy moddalar miqdorini oshiring:

Tarkibida temir moddasi mavjud mahsulotlar

  • Uy sharoitida tayyorlangan go‘shtli burgerlar
  • Ismaloq va brokkolidan frittata
  • Kolbasa bilan qovurilgan tuxum
  • Tostda toblab pishirilgan dukkakli o‘simliklar

Tarkibida D vitamini mavjud mahsulotlar

  • Mayonez va p‘osti archilmay pishirilgan kartoshka bilan tunes
  • Qattiq qilib qaynatib pishirilgan tuxum pallasi
  • Pomidorli qaylada maydalangan sardina bilan spagetti

  1. Child and youth health. Child development: 2-3 years [Online]. Available at: www.cyh.com/ [Accessed May 2014]
  2. NHS UK. Vitamins for children [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/vitamins-for-children.aspx [Accessed May 2014]
  3. Parliamentary briefing on vitamin D [Online]. Available at: www.pagb.co.uk/media/pdfs/VitaminDParliamentaryBriefing.pdf [Accessed May 2014]

Yangilangan sana: 2014-yil 26-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x