A vitaminidan rux moddasigacha
Bolaga nimalar va nima uchun kerak
Vitaminlar va minerallar chaqalog‘ingizning tanasini qo‘llab-quvvatlab, uning ovqatlanishida muhim rol o‘ynaydi — suyaklar, tishlar va ko‘zlarning sog‘lom rivojlanishidan tortib yangi hujayralarni yaratishga qadar. Farzandingiz o‘sib-ulg‘ayishi va o‘rganishi davomida uning rivojlanishini ta’minlaydigan ba’zi asosiy oziq moddalar haqida ko‘proq bilib oling.
Chaqaloq uchun vitaminlar va minerallar
S vitamini temirning tanada yaxshiroq so‘rilishiga yordam berishidan, ehtimol, xabaringiz bordir, ammo uning yarani davolashdagi o‘rni haqida bilarmidingiz? S vitamini aslida kichkintoyning yaralari va tanasidagi tirnalishlarning tezroq bitishiga yordam beradi, chunki u kollagen ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Ammo bu chaqaloqning ovqatlanish va rivojlanishdagi tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlari uchun yagona muhim vitamin emas, u shuningdek, quyida tasvirlangan ba’zi oziq moddalarga yuqori ehtiyojlarga ega bo‘ladi. Shuni yodda tutish kerakki, barcha foydali oziq moddalar tanamizdagi muayyan u yoki bu rolni o‘ynaydi. Sog‘lom, muvozanatlashtirilgan parhez — bu bosqichda kichkintoyga kerakli ovqatlanishni ta’minlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
Bolaning suyaklari va tishlari uchun D vitamini
Bu qiyin topiladigan vitamin go‘daklar, bolalar va kattalarda suyaklarning normal holatda rivojlanishi uchun nihoyatda zarurdir. Zahiramizdagi ushbu vitaminning aksariyat qismi yozgi quyosh nurlarining terimizga ta’sirida tanamizga tushadi.
Bola har kuni faqatgina quyoshdan tavsiya etilgan miqdorni ololmay qolishi mumkinligi sababli, Sog‘liqni saqlash vazirligi 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun har kuni 7-8,5 mkg (0,007-0,0085 mg)dan D vitamini qo‘shimchalarini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shuningdek, D vitaminiga boy oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’mol qilishga e’tibor qarating.
Tarkibida D vitamini bo‘lgan mahsulotlar
Bir nechta mahsulotlar tarkibidagina D vitamini mavjud bo‘ladi:
- yog‘li baliq — seld, losos, sardina va skumbriya
- tuxum
- boyitilgan margarin — aksariyat turlari o‘zi boyitilgan bo‘ladi
- boyitilgan nonushta yormalari — D vitamini qo‘shilganligiga ishonch hosil qilish uchun o‘ramda yozilgan tarkibi bilan tanishing
- boyitilgan ona suti yoki bolalar suti
Chaqaloqning organizmida D vitamini darajasini oshirish uchun ushbu mahsulotlarni har kuni uning rasioniga qo‘shishga harakat qiling.
O‘sish uchun rux moddasi
Rux yaralarning bitishida yordam beradi va yangi hujayralarni yaratishda muhim rol o‘ynaydi. U chaqaloqning ham hozirgi, ham o‘sib ulg‘ayishi jarayonida yaxshi rivojlanishi uchun muhim oziq moddadir. Kichkintoyingiz, ehtimol, ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan yeguliklar yordamida ruxning zarur bo‘lgan to‘liq miqdorini oladi. Yaxshi manbalarga quyidagilar kiradi:
- go‘sht
- sut
- pishloq
- non
- yormalar
Regeneratsiya uchun C vitamini
C vitaminining shifobaxsh xususiyatlari kichkintoyga yaralar va tirnalishlardan xalos bo‘lish uchun hozirda juda muhim sanaladi. Shuningdek, u organizmga temirni singdirishga yordam beradi va infeksiyalarga qarshi kurashda ishtirok etadigan leykositlar (oq qon hujayralari) ning rivojlanishiga yordam beradi. Turli xil oziq-ovqat mahsulotlarida C vitamini mavjud, shuning uchun ularning ayrimlarini ratsioningizga kiritish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Siz quyidagi mahsulotlarni sinab ko‘rishingiz mumkin:
- shirin qalampir
- brokkoli
- Bryussel karami
- shirin kartoshka
- apelsin, qulupnay, kivi
- pomidor
Bolaning ko‘rish qobiliyati uchun A vitamini
A vitamini chaqalog‘ingizning ko‘rish qobiliyati rivojlanishi uchun muhim bo‘lib, unga past va xira yorug‘likda ham ko‘rishga yordam beradi. Shuningdek, u immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va terining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. A vitaminining yaxshi manbalari:
- pishloq
- tuxum
- boyitilgan yog‘siz spredlar
- yogurt
To‘q yashil va to‘q sariq rangli sabzavotlar va mevalarda tanangiz A vitaminiga aylantirishi mumkin bo‘lgan modda — beta-karotin mavjud, shuning uchun ularni chaqalog‘ingizning rasioniga qo‘shing. Beta karotinning yaxshi manbalariga sabzi, shirin kartoshka, bryukva, mango, ismaloq, to‘q yashil karam va oddiy karam kiradi.
Navbatdagi qadamlar
Farzandingiz vitaminlarning kundalik dozasini olishi uchun quyidagi tavsiyalarni inobatga oling:
• D vitamini qo‘shimchasi bo‘lgan tomchilarni oling
• Chaqaloq bilan quyoshga ko‘proq chiqing (qizib ketishdan saqlaning)
Ushbu vitaminlarga boy mahsulotlarni xaridlarro‘yxatingizga qo‘shing:
- yog‘li baliq— losos, sardina yoki skumbriya
- brokkoli
- shirin kartoshka yoki sabzi
- qulupnay yoki kivi
- boyitilgan bolalar suti, margarin yoki nonushta yormalari
- Vitamin D mission. Tips and advice [Online]. Available at: www.vitamindmission.co.uk/safe-sun [Accessed May 2014]
- NHS UK. Vitamins and minerals – vitamin D [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Vitamin-D.aspx [Accessed May 2014]
- NHS UK. Vitamins for children [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-for-children.aspx [Accessed May 2014]
- NHS UK. Vitamins and Minerals [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/conditions/vitamins-minerals/pages/vitamins-minerals.aspx [Accessed July 2014]
So‘nggi marta: 2014-yil 4-avgustda yangilangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.