Bolaning bir yoshdan keyingi rivojlanishi: 12–24 oy

Mustaqil ishlash kunlari

Bir yoshdan oshgan bolalar rivojlanishida ovqatlanish va o‘yinlar

12 oylikdan 24 oylikkacha bo‘lgan davrda bolalar ajoyib, hayratlanarli va g‘aroyib tarzda rivojlanadilar. Jismonan, ijtimoiy, hissiy va verbal jihatdan ular tobora mustaqil bo‘la boradilar va o‘zlarining shaxs sifatida shakllanib borayotganliklarini namoyon eta oladilar. Sog‘lom, muvozanatlangan parhez bu rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi va ularni o‘rganish hamda o‘sish uchun zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi.

Muayyan ozuqa moddalarining ushbu davrdagi roli va nega o‘yin farzandingizning kelgusidagi butun o‘qish-o‘rganish faoliyati uchun muhim poydevor bo‘lishi haqida bilib oling.

Farzandingizning 12-24 oylikdagi rivojlanishi

Farzandingizning birinchi va ikkinchi tavallud kuni o‘rtasidagi davr – bu ajoyib, qiziqarli aqliy va jismoniy rivolanish davridir.

Harakat ko‘nikmalari yaxshilanishi va mushaklarining mustahkamlanishi tufayli bola kundan-kunga harakatchanroq bo‘ladi, dadilroq odimlaydi, hatto yura boshlaydi. Shuningdek, koordinatsiyaning yaxshilanishi unga yugurish va sakrash imkonini beradi. Bola suyaklari ham tez rivojlanadi, doimiy yangilanish jarayoni esa ularning mustahkamlanishi va o‘sishiga yordam beradi.

Ijtimoiy jihatdan farzandingiz ongliroq va o‘z kuchiga ishonchi yuqoriroq bo‘lib boradi.  Bu uning miyasidagi nutq markazida salmoqli o‘zgarishlar ro‘y berayotgani bilan bog‘liq, ular bolaga o‘z istaklarini va ehtiyojlarini aniqroq ifodalash imkonini beradi.

Farzandingiz birinchi bor so‘zlardan jumla tuza boshlaganda ular juda sodda bo‘ladi, masalan: “men o‘yna” yoki – siz uni o‘ynatishingizni xohlaganda – “meni o‘yna”. Shuningdek, “men” va “meni” so‘zlari uning uchun eng sevimli iboralarga aylanayotganini sezasiz, zero 1 yoshdan 2 yoshgacha oraliqda uning kommunikativ ko‘nikmalari yaxshilanadi.

Ushbu rivojlanish jarayoni katta miqdorda ozuqa moddalari va energiya talab qiladi. Biroq, 12 oylikda ham, 24 oylikda ham bolaning oshqozoni uning tanasi o‘lchamlariga nisbatan kichikligicha qolaveradi. Aynan shu sababli uni sog‘lom, ozuqa moddalariga boy ratsion bilan ta’minlash shunchalik muhimdir.

Muvozanatlangan oziqlantirish farzandingizning rivojlanishiga yordam beradi

Farzandingiz kundan-kunga jajji katta odamga o‘xshab borsa-da, rasmana kattalashishga qadar uzoq yo‘l bosishiga to‘g‘ri keladi, uning oziqlanishga ehtiyoji esa, Siznikidan farqlanadi. Qanchalik hayratlanarli ko‘rinmasin, 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning o‘sishi uchun kattalarga qaraganda 3 barobar ko‘proq taomlanish talab qilinadi. Boz ustiga, uning qorinchasi taxminan 3 barobar kichikligini inobatga olsak, u tanovul qiladigan har bir taom bo‘lagining naqadar muhimligi aniqlashadi.

Bolalarning jadal o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun ularga ko‘proq miqdorda ozuqa moddasi kerak bo‘ladi.

Sog‘lom, muvozanatlangan parhez, avvalo, farzandingizni uning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur ozuqa moddalarining to‘g‘ri miqdori bilan ta’minlash uchun zarur. Bu bosqichdagi ikkita hayotiy muhim vitamin – temir va D vitaminidir.

Temir oranizmning ko‘plab funksiyalarida muhim rol o‘ynaydi va miyaning sog‘lom rivojlanishi uchun asosiy ozuqa moddasi hisoblanadi. Temirga boy mahsulotlarga go‘sht, yog‘li baliq va tuxum, shuningdek o‘simliklardan: dukkaklilar va yashil bargli sabzavotlar kiradi. Go‘sht va baliqda gemli temir – o‘simlik manbalarida mavjud nogem temirga qaraganda osonroq singadigan temir turi bo‘ladi. Agar Siz bola ratsioniga go‘sht va baliqdan ozgina miqdor qo‘shsangiz ham, bu organizmga boshqa manbalardan temirni yaxshiroq o‘zlashtirishda yordam beradi.

O‘zining serhissiyotligi, injiqligi va ishtahasi yomonligi sababli bu yoshda ko‘pgina bolalar taom bilan yetarlicha temir moddasini iste’mol qilmaydilar. Hayratlanarlisi shundaki, 18 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 50%dan ko‘prog‘i temirning kundalik me’yorini olmaydi, shu sababli har bir ota-ona ushbu ozuqa moddasining ahamiyatini yaxshi tushunmog‘i kerak2. Agar bola temir moddasi kam ovqatlar, jumladan sigir suti iste’mol qiladigan bo‘lsa, vaziyat yanada yomonlashadi.

Farzandingiz yetarlicha miqdorda temir iste’mol qilishini ta’minlash uchun uning ratsioniga temirga boy bitta bo‘lsa ham mahsulot qo‘shishga harakat qiling.

jilmaygan  kichkintoy

Vitamin D – farzandingiz hayotining ushbu bosqichidagi yana bir muhim ozuqa moddasi, u organizmga kalsiy va fosforni singdirishda yordam berib, bolaning suyaklari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. D vitaminining asosiy tabiiy manbai quyosh nuri sanaladi, u farzandingiz organizmiga teri orqali singadi. Biroq, Buyuk Britaniyada quyoshli kunlar yetarlicha emas, shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi, quyosh vannalaridan tashqari, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kundalik ratsioniga kamida 7 mkg D vitamini qo‘shishni tavsiya qiladi.

Bolaning ratsioniga yog‘li baliq, tuxum va boyitilgan boshoqlilarni kiritish – organizmda D vitaminining kerakli darajasini ta’minlashning ajoyib yo‘li, lekin chaqaloqlar mazkur ozuqa moddasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradigan miqdorda ushbu mahsulotlarni yeyishlari qiyin bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi bolalarning taxminan to‘rtdan biri hayotiy muhim D vitamini tanqisligini his qiladilar4. Bolalarga yetarlicha miqdorda ozuqa moddalari iste’mol qilishda yordam berish maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarning kundalik ratsioniga A, S va D vitaminlariga ega vitaminli qo‘shimchalar kiritishni tavsiya qiladi.

Nutrilon Premium – bu farzandingizni ushbu bosqichda unga kerakli bo‘lgan foydali ozuqa bilan ta’minlashning yana bir yaxshi yo‘lidir. Nutrilon Premium oilasiga mansub alohida mahsulotlar bir yoshdan o‘tgan bolalar ratsionida albatta mavjud bo‘lishi zarur D vitamini bilan boyitilgandir.

O‘yin: farzandingiz uchun eng yaxshi rag‘bat

O‘yin – bu bir yoshdan o‘tgan bolalar uchun o‘rganishning eng asosiy usulidir. Aynan o‘yinda bolalar butun hayoti davomida unga kerak bo‘ladigan kerakli hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, bularga ijtimoiylashuvni, tinglash va muammoni hal etishni kiritish mumkin1.

Kichik yoshdagi bolalar ko‘pincha bir o‘zlari o‘ynaydilar, bu mutlaqo tabiiy. Hatto boshqa bolalar ichida ham farzandingiz ular bilan muloqot qilmasligi mumkin. Bu parallel o‘yin deb ataladi. Qaysidir paytda – odatda hayotining ikkinchi yilida – farzandingiz boshqalar bilan aloqaga kirisha boshlaydi.

Uning o‘z atrofida ro‘y berayotgan voqea-holisalarni anglashining o‘sib borishi, o‘ziga ishonchning kuchayishi bilan uyg‘unlikda, farzandingizda vaqti-vaqti bilan vaziyatni va qaror qabul qilishni o‘z qo‘liga olish istagi uyg‘onishiga olib keladi. Farzandingizga mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatini berish – unga o‘zini qadrlashlari va quloq solishlarini his etish imkonini berishning ajoyib usulidir.

Bola o‘zi tanlayotgani va vaziyatni boshqarayotganligini his etishiga imkon berish uchun, masalan, unga ikki taomdan birin tanlashni taklif etishingiz mumkin.

Unga tanlash imkonini bering – qaysi kiyimni kiyish, qaysi o‘yinni o‘ynashni o‘zi hal qilsin. Shuningdek, Siz, turli tomonlarga: yonga, orqaga, oldinga yurish orqali farzandingizga harakatlarini koordinatsiyalash ko‘nikmasini yaxshilashda yordam berishingiz mumkin, shu tariqa yugurish va sakrash malakasini ham oshirish mumkin.

Bola qanchalik ko‘p o‘rganib, tushunsa, u shunchalik ko‘p Sizning nutqingizni tinglaydi va gapingizga qiziqadi. Rivojlanishning bu bosqichida bolaga Siz bilan bolalar qo‘shiqlarini kuylash va she’rlar yodlash qiziqarli bo‘ladi. Binobarin, bu o‘z bolaligingizdagi sevimli kuylar va she’rlarni yodga olishning ayni pallasi sanaladi.

Shuningdek, o‘zingiz qo‘llaydigan mimika, intonatsiyalar va imo-ishoralarn ham unutmang. Farzandingiz sizga taqlid qilib o‘rganadi. U bir yoshidayoq eslab qolib takrorlashini eshitganingizda hayratlanishingiz mumkin.

KEYINGI QADAMLAR

Ushbu bosqichda farzandingizning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagilar kabi ozuqa moddalariga boy mahsulotlardan iborat retseptlarni tanlang:

  • Yog‘li baliq — losos, sardina yoki skumbriya
  • Temirga boy go‘sht – mol go‘shti, qo‘y, bug‘u, tovuq go‘shtlari.
  • Shirin kartoshka
  • Brokkoli, karam va boqsha yashil bargli sabzavotlar
  • Qulupnay yoki qorag‘at
  • Boyitilgan sut yoki yormalar

  1. Play England. Why is play important? [Online]. Available at: www.playengland.org.uk [Accessed May 2014]
  2. Infant and Toddler Forum. Iron fact sheet for HCP’s [Online]. 2008. Available at: https://www.infantandtoddlerforum.org/media/upload/pdf-downloads/4.4_-_Iron_Deficiency_Anaemia_in_Toddlers.pdf [Accessed July 2014]
  3. Infant and Toddler Forum. How to get enough iron in your toddler’s diet [Online]. 2014. Available at: https://www.infantandtoddlerforum.org/media/upload/pdf-downloads/iron-the-facts_1.pdf [Accessed July 2014]
  4. SACN (2007) Update on Vitamin D Position statement by the Scientific Advisory Committee on Nutrition, London TSO
  5. Chief Medical Officers. Vitamin D – advice on supplements for at risk groups [Online]. 2012. Available at: www.dh.gov.uk/prod_consum_dh/groups/dh_digitalassets/@dh/@en/documents/digitalasset/dh_132508.pdf [Accessed July 2014]
  6. NHS UK. Vitamin for children [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-for-children.aspx [Accessed July 2014]

So‘nggi yangilash: 2014 yil 26 avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x