Aql uchun ozuqa
Bolaning rasioniga ko‘proq temir moddasini qo‘shing
Temir go‘daklar uchun nihoyatda zarur bo‘lgan ozuqa moddasi bo‘lib, u miyaning rivojlanishi, bolaning umumiy o‘sishi va salomatligida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Kichkintoyning temirga bo‘lgan ehtiyojlari, qaysi oziq-ovqat mahsulotlari temirning yaxshi manbalari ekanligi va temirga boy mahsulotlarni meva va sabzavotlar bilan birlashtirish orqali ularning iste’molini qanday qilib oshirish mumkinligi haqida ko‘proq ma’lumot oling.
Farzandingiz uchun temirning ahamiyati
Temir — tanadagi ko‘plab muhim vazifalar, jumladan miya rivojlanishida ishtirok etadigan muhim oziq modda. Butun hayot davomida o‘rganish uchun zamin yaratadigan normal kognitiv rivojlanish uchun temirni doimiy ravishda tanaga yetkazilib turishi juda muhimdir. Temir, shuningdek, energiyani va o‘sish uchun zarur bo‘lgan kislorodni butun tana bo‘ylab tashiydigan qon oqsili — gemoglobin ishlab chiqarishda ham ishtirok etadi.
Ilk yoshlarda bolaning miyasi va tanasi tez rivojlanadi, shuning uchun ularning temirga bo‘lgan ehtiyojlari kattalar bilan taqqoslaganda nisbatan yuqori.
1 yoshdan oshgan bolalarning temirga bo‘lgan ehtiyojlari yuqori bo‘lganligi sababli, ular temirga boy mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilmasalar, ularda temir tanqisligi rivojlanish xavfi yuqori. Darhaqiqat, chaqaloqlarning 50% dan ortig‘i miyaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ushbu oziq moddasini yetarli darajada iste’mol qilmaydilar.
Chaqaloq tanasida temir moddasining miqdori juda pasayib kesa, u holsizlanishi yoki harakatsiz bo‘lishi mumkin. Kamdan kam hollarda, temir miqdorining pastligi temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin.
Farzandingizning rasioniga yetarli miqdordagi temir moddasini qanday qilib kiritish mumkin?
Baliq va qizil go‘sht kabi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan temir, kepakli non, yasmiq, loviya va to‘q yashil bargli sabzavotlar kabi o‘simlik manbalari tarkibidagi temirga qaraganda osonroq so‘riladi.
Kichkintoyingizga har kuni yetarlicha temir moddasini olishga yordam berish uchun uning 2 porsiya hayvon oqsilini yoki 3 porsiyadan sutsiz vegetarian oqsillarni iste’mol qilishini ta’minlang.
C vitamini temir moddasini tanaga singdirishda yordam beradi va apelsin, kivi kabi sitrus mevalar va sabzavotlarda, shu jumladan qalampir, brokkoli va ismaloq tarkibida uchraydi. Temirning o‘zlashtirilishini oshirishning yaxshi usuli — bu taomnomaga shirinlik sifatida mevalarni kiritishdir.
Eng yaxshi temir moddasi manbalari
Quyidagi mahsulotlar farzandingizning kundalik ratsioniga kiritish lozim bo‘lgan, temir moddasining eng yaxshi manbalari hisoblanadi:
Gem bo‘lgan temir (eng oson so‘riladi):
• Tovuqning to‘sh go‘shti yarmi — (taxminan 60 g) tarkibida 0,3 mg mavjud
• To‘q rangli tovuq go‘shti — 60 g tarkibida 0,5 mg mavjud
• Qattiq qilib qaynatilgan tuxum — 1 dona tuxum tarkibida 1 mg mavjud
• Yupqa qilib to‘g‘ralgan qovurilgan mol yoki qo‘y go‘shti — 1 bo‘lak (28 g) tarkibida 0,8 mg mavjud
• Sardinalar — 50 g.li porsiyada 1,4 mg mavjud
Gem bo‘lmagan temir:
• Ismaloq — 1 osh qoshiq pishirilgan ismaloq tarkibida 0,3 mg temir moddasi mavjud
• Brokkoli — 1 bog‘ (20 g) tarkibida 0,2 mg mavjud
• Pishirilgan loviya — 1 osh qoshiq tarkibida 0,3 mg mavjud
• Kepakli bug‘doy unidan yopilgan non — 1 ta o‘rtacha bo‘lak tarkibida 0,6 mg mavjud
• Yasmiq — 1 osh qoshiq tarkibida 0,7 mg mavjud
• Turshak — 1 donasida 0,3 mg mavjud
• Nonushta uchun boyitilgan yormalar — 1 piyola (30 g) tarkibida 2,3 mg mavjud
• Go‘daklar uchun Nutrilon Premium 3 va 4 suti — 300 ml tarkibida 3,6 mg mavjud
Nutrilon Premium bolalar suti: har kuni iste’mol qilish uchun, temirga boy ichimlik
Kichkintoyingizga, uning organizmi uchun zarur bo‘lgan temir moddasini olishiga yordam berish uchun, biz 1-2 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bolalar sutini yaratdik. Uning atigi 300 ml bolaga kundalik ehtiyojining yarmidan ko‘pi, shuningdek A, C va D vitaminlari bilan ta’minlaydi. Sut tarkibida galakto- va fruktooligosaxaridlarning (GOS/FOS) noyob birikmasi mavjud.
Navbatdagi qadamlar
Quyidagi mahsulotlar yordamida farzandingizning temir moddasi iste’molini oshiring:
- uyda tayyorlangan go‘shtli burgerlar
- qo‘zichoq go‘shtidan boloneze
- loviya bilan tost
- yengil ziravorlar va guruch bilan tayyorlangan dxal
- brokkoli bilan frittata
- Infant and Toddler Forum. Iron fact sheet for HCP’s [Online]. 2008. Available at: https://www.infantandtoddlerforum.org/media/upload/pdf-downloads/4.4_-_Iron_Deficiency_Anaemia_in_Toddlers.pdf [Accessed July 2014]
- Infant and Toddler Forum. How to get enough iron in your toddler’s diet [Online]. 2014. Available at: https://www.infantandtoddlerforum.org/media/upload/pdf-downloads/iron-the-facts_1.pdf [Accessed July 2014]
So‘nggi marta: 2014-yil 27-avgustda yangilangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.