Birinchi yordam
Kichkintoyingizni mehr va pozitiv ruh bilan yo‘lga soling
Bolaning emotsional ehtiyojini tushunish murakkab vazifa. Bola tarbiyasi mutaxassisi doktor Arik Sigmandan mehrga yo‘g‘rilgan tarbiyani amalda qo‘llash nimani anglatishini, farzandingizning kelgusida emotsional va kognitiv rivojida bunday tarbiyaning ta’siri qanday ekanligi haqida bilib oling.
Ota-onalar bolalarning moddiy ehtiyojlarini osonlik bilan qondira oladilar, misol uchun, oziq-ovqat ratsioni, uyning xavfsizligi, sifatli tibbiy yordam imkoni. Ammo bolaning, ayniqsa, chaqaloq va yosh go‘dakning emotsional ehtiyojlari ular hali-hamon muloqotni o‘rganish jarayonlarida bo‘lganligi sababli u qadar ham oshkor bo‘lavermaydi.
Bola miyasining rivojlanib shakllanishida eng muhim pallalardan biri – bu bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi “ber va ol” deb nomlanuvchi o‘zaro munosabatdir. Chaqaloq va go‘daklar tabiiy ravishda o‘zining tilida bijirlab, mimika va imo-ishoralar yordamida o‘zaro aloqaga kirishga harakat qiladilar, kattalar ham xuddi shu tarzda javob qaytaradilar. Ushbu “orqaga va oldinga” jarayoni ayniqsa bolaning ilk yoshlarida miya faoliyati uchun muhim ahamiyatga egadir.
Mehr bilan tarbiyalash bolaning emotsional ishorasiga javob tariqasida iliq va ijobiy muomalani ifoda etish orqali “ber va ol” ga o‘xshash o‘zaro munosabatni ma’qullaydi.
Tarbiyaning bunday jihati farzandlarimiz ehtiyojlarini tushuna olishimizga va ularga oqilona yondashishimizga, qolaversa, bolaning salomatligi va rivojiga katta ta’sir ko‘rsata olishimizga ko‘mak beradi.
Mehr bilan tarbiyalash nimalarni qamrab oladi?
Farzandlarimiz ehtiyojlarini tushunish murakkab jarayon bo‘lishi mumkin, bunga bolajonlarimiz o‘z xatti-harakati orqali bergan ishoralarni diqqat bilan kuzatganimizda va tushunganimizda duch kelamiz. Mehr bilan tarbiyalash bizni dono va farzandlarini yaxshi biladiganlar deb hisoblaydi, shu sababli farzandlarimizni nima zavqlantirishi, qiziqtirishi, jahlini chiqarishi va tinchlantirishini tahlil qilishimiz mumkin. Bular vaziyatdan kelib chiqib, turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Misol uchun, xastalik alomatlari kabi ishoralarga og‘zaki izohlar yoki muayyan yuz ifodalari bilan javob berishimiz mumkin. Bundan tashqari, aks javob kim tomonidan berilayotgani ham muhim, ilk yillarda bu rolni ko‘proq ona o‘ynaydi. Farzandlarimiz bilan bog‘liq vaziyatlarga aks javob qaytarishimiz har gal uch bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1. Kuzatish: farzandlarimizning harakati va nutqi kabi tana tili va ishoralarini kuzatish.
2. Talqin qilish: charchoq yoki o‘zini noxush his qilish ishoralarini talqin qilish.
3. Harakat: farzandimiz talabini qondirish uchun tez, izchil va samarali javob qaytarish.
Mehr bilan tarbiyalash nega bu qadar muhim?
Mehribon ota-onalik katta ahamiyatga ega. U ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli kelajakda, hatto-ki genetik darajada bolaning salomatligi va yetilishini yaxshilaydi. Farzandlarimiz meros qilib olgan genlar turg‘un emas, toshga o‘yib yozilmagan. Ular bola yuzma-yuz kelgan tajriba orqali o‘zini namoyon qiladi – faollashadi, faollikdan to‘xtaydi. Bu, o‘z navbatida rivojlanayotgan miya tuzilishini shakllantiradi va bola jamiyatning sog‘lom hamda sermahsul a’zosi bo‘lib o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ijobiy tajriba genlarda bolaning genetik imkoniyatlarini faollashtiruvchi kimyoviy “imzo” qoldiradi.
Onalaridan ilk yoshlarida o‘zaro ijobiy munosabat tajribasini olgan maktab yoshidagi bolalar katta o‘lchamdagi gippokampga ega bo‘lishadi. Gippokamp – ta’lim olish, xotira va stressga reksiya ko‘rsatishda ahamiyatli bo‘lgan muhim tuzilma.
Tadqiqotlarga ko‘ra, tug‘ilishda kam vaznga ega bo‘lgan bolalarning rivojlanishida ona mehri himoya ta’sirini ko‘rsatib, ijtimoiy xavotir va depressiya kayfiyati kabi muammolarni kamaytirar ekan.
Mehrli munosabat bolaning salomatligi va rivojlanishi uchun muhim, bunday munosabatning yo‘qligi, ayniqsa go‘daklarda salbiy asoratlar qoldirishi mumkin. Bolajonlarimizning kundalik (ba’zan qat’iy) talablariga zudlik bilan aks javob qaytarish imkonsiz bo‘lgan vaziyat va holatlar ham bo‘lishi kundek ravshan. Shuning uchun, ota-onalar kun bo‘yi bolaning barcha ehtiyojlariga javob berish zarur ekan deya haddan ziyod tashvishlanishlari shart emas.
Ammo ilk yoshlardanoq “ber va ol” o‘zaro munosabatining sezilarli to‘xtab qolishi, qoniqarsiz javob va e’tiborsizlik bola miyasining rivojlanishini izdan chiqarishi mumkin. Farzandlarimiz bilan o‘zaro munosabatning yo‘qligi bilan bog‘liq boy berilgan imkoniyatlar bolada stress, keyinchalik esa ta’lim olishida, xulqida va salomatligida muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Farzandlarimizning mudom o‘zgarib turuvchi talablarini tushunish va ularga izchil reaksiya ko‘rsatish murakkab va kuch talab qiluvchi jarayon bo‘lib, ba’zilarimiz buni boshqalarga nisbatan mushkullik bilan o‘zlashtiramiz. Ayniqsa, muayyan holatlarda, misol uchun, salomatlik bilan bog‘liq alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalarga oson emas. Notinchroq oiladan chiqqan ota-onalar ko‘pincha farzandlari natijalariga u qadar ta’sir ko‘rsatmaymiz, deb hisoblaydilar. Biroq ozgina mehr ham ijobiy samara bera oladi.
Farzandlarimizga nisbatan mehrli munosabatni qanday saqlab qolish va yaxshilash mumkin?
Tarbiya – bu oson jarayon emas. Mehr bilan tarbiyalash nihoyatda sermashaqqat bo‘lishi mumkin, ba’zi hollarda esa maxsus ta’lim olish kerak bo‘ladi. Aslida, iliq munosabatning ahamiyatini tushunib yetish uchun ota-onalarga yordam beruvchi aralashuv shuni ko‘rsatdi-ki, mehribonlikning yuqorililigi bolada ota-onasiga nisbatan muhabbat va mustahkam munosabatni rivojlantirar, shuningdek, muammolarni hal qilish mahorati, muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni yaxshilar ekan.
Bunday o‘zaro munosabatning ajoyib namunasi – birgalikda kitob mutolaa qilishdir. Ehtimol, farzandingizga uxlashdan oldin kitob o‘qib berishga odatlangandirsiz, ammo birga mutolaa qilish boshqa afzalliklarni ham beradi
Birgalikdagi mutolaa kitobni farzandingiz bilan birga o‘rganishni ko‘zda tutadi va u og‘zaki nutqning rivojlanishi hamda bilim doirasining kengayishi uchun muhim sanaladi.
Bolani tasvirlar haqida va yoki butun kitob haqida so‘zlab berishga undovchi bola va ota-onaning o‘zaro munosabati usullari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Ushbu usul va o‘zaro munosabatlar ayniqsa, bilim olishda muammolar paydo bo‘lish xavfi bo‘lgan bolalar nutqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Keyingi qadamlar
- Ba’zan kitob mutolaasi suhbat ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Bunda bolajonlarimiz bilan suhbatimiz tabiiy ravishda asl matn doirasidan chiqib ketadi. Suhbatning bo‘lishiga qo‘yib berishimiz, bolajonlarning savollariga, fikr-mulohazalariga javob berib, ba’zilariga yanada chuqurroq kirib, ushbu usuldan foydalanishimiz mumkin.
- Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarga kitob o‘qib bersak va qattiqqo‘l maktab o‘qituvchisiga aylanmasak, mutolaa mobaynida ularni suratlarni yoki so‘zlarni tushunib olishlariga undashimiz, biz bilan kitob o‘qishlarini so‘rashimiz mumkin.
- Haddan ziyod ko‘p savol bermang. Hikoya haqida savol berish uchun vaqti-vaqti bilan to‘xtaganimizda, bolada doimiy diqqat-e’tiborning rivojlanishiga imkon berish uchun muhokama kalavasini uzib qo‘ymaslik juda muhim.
- Bolajonlarimiz o‘qiyotgan matnga bo‘lgan munosabatimizni tez ilg‘aydilar. Shunday ekan, hikoya mutolaasiga berilib ketsak, kitobdan lazzat olsak, farzandlarimiz bilan hamisha birga vaqt o‘tkazsak, ular katta ehtimol bilan hikoya va butun kitobdan zavq oladilar. Kitob mutolaasi oddiy uy ishi shaklida bo‘lmasligi kerak. Ushbu jarayonda bizning g‘ayratimiz katta ahamiyatga ega.
- Ba’zan farzandlarimiz mutolaa paytida bizning ovozimizni eshitishni istaydilar. Ular bunga chin dildan qiziqqan bo‘lishlari mumkin. Shu bilan birga, biz va bizning ovozimiz ularni tinchlantirishi ham mumkin. Shunday hollarda ularni o‘zaro munosabatga majburlashning hojati yo‘q.
Xulosa:
Farzandlarimiz bilan quradigan munosabatimiz ularning emotsional va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi uchun poydevor yaratadi. Ilk yoshlardayoq bola va ota-ona o‘rtasida o‘rnatilgan aloqa bolalarning keyingi hayot bosqichlari uchun emotsional xotirjamlik va ijtimoiy munosabatlar poydevoriga zamin tashlab qo‘yadi. Bolajonlarimizning kelgusi rivoji uchun bunday erta ta’sir ko‘rsatish ilk yoshlarida mehrning yo‘qligi nega yaxshi emas ekanligini aniq va ravshan ko‘rsatib beradi. Mehr bilan tarbiyalashning ahamiyatini tan olish va zarur bo‘lganda, samarali ishtirok etish orqali kelgusi avlod bolalarining emotsional xotirjamligi, ta’lim olishi, salomatligi hamda tarbiyasi borasida eng yaxshi uzoq muddatli natijalarga erishish mumkin.
Muallif: doktor Arik Sigman
Doktor Arik Sigman salomatlik sohasida bola tarbiyasi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi hamda bola salomatligi va uning kamolga yetishi masalalari bo‘yicha maqolalar e’lon qilib boradi. Biologiya fanlari qirollik jamiyati a’zosi hamda Britaniya psixologiya fanlari jamiyatining korrespondent-a’zosi. Doktor Sigman Yevropa parlamentining Yevropa Ittifoqida baxtli bolalik bo‘yicha ishchi guruhida nutq so‘zlash uchun ikki bora taklif etilgan.
- Shonkoff JP et al. The science of neglect: The persistent absence of responsive care disrupts the developing brain. Available at http://developingchild.harvard.edu/wp-content/uploads/2012/05/The-Science-of-Neglect-The-Persistent-Absence-of-Responsive-Care-Disrupts-the-Developing-Brain.pdf (Accessed March 2016).
- Eshel N et al. Responsive parenting: Interventions and outcomes. Bull World Health Organ. 2006;84:991–8.
- Shah R et al. Positive Parenting Practices, Health Disparities, and Developmental Progress. Pediatrics 2015;136(2):318–326.
- National Scientific Council on the Developing Child. Early Experiences Can Alter Gene Expression and Affect Long-Term Development: Working Paper No. 10. 2010. Available at www.developingchild.harvard.edu/resources/early-experiences-can-alter-gene-expression-and-affect-long-term-development (Accessed April 2016).
- Naumova OY et al. Epigenetic Patterns Modulate the Connection Between Developmental Dynamics of Parenting and Offspring Psychosocial Adjustment. Child Dev 2016;87(1):98–110.
- Luby JL et al. Maternal support in early childhood predicts larger hippocampal volumes at school age. Proc Natl Acad Sci 2012;109(8):2854–2859.
- Laucht M et al. Differential development of infants at risk for psychopathology: the moderating role of early maternal responsivity Dev Med Child Neurol 2001;43(5):292–300.
- Landsem IP et al. Early intervention influences positively quality of life as reported by prematurely born children at age nine and their parents; a randomized clinical trial. Health Qual Life Outcomes 13: 25. Published online 2015 Feb 22.
- Molet J et al. Fragmentation and high entropy of neonatal experience predict adolescent emotional outcome. Translational Psychiatry 2016;6:e702.
- Landry SH et al. A responsive parenting intervention: The optimal timing across early childhood for impacting maternal behaviours and child outcomes. Dev Psychol 2008;44:1335–1353.
- Landry SH et al. The effects of a responsive parenting intervention on parent-child interactions during shared book reading. Dev Psychol 2012;48:969–86.
- Sloat EA et al. (2015) Parent-mediated reading interventions with children up to four years old: a systematic review. Issues Compr Pediatr Nurs 2015;38(1):39–56.
Oxirgi yangilanish: 30 iyun, 2016 yil
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.