Xavotirli kasallik
Homiladorlarning giperemezisi nima?
Ertalabki darmonsizlikdan farqli ravishda, homiladorlar giperemezisi homiladorlikning normal qismi emas, balki jiddiy asoratdir. Homiladorlar giperemezisini aniqlash va davolash muhimdir va undan aziyat chekayotgan ayollar yordamga muhtoj bo‘ladi. Ushbu murakkab kasallik bilan og‘riganda juftingiz o‘ta muhim rol o‘ynaydi.
Ekspertlar tavsiyalari
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Homiladorlarning giperemezisi nima?
Giperemezis gravidarum homiladorlikning jiddiy asorati sanaladi. Ushbu kasallik homiladorlik davridagi oddiy darmonsizlik belgilari sanaladigan ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan tavsiflansa-da, aslida u ancha jiddiy va ayollar boshdan kechiradigan boshqa ko‘plab belgilarga ega.
Giperemezis gravidarumda bo‘ladigan ko‘ngil aynishi shunchalar kuchli bo‘lishi mumkinki, xuddi kimdir zaharlagandek his bo‘ladi va tun-u kun davom etishi mumkin deya ta’rif beradi ayollar. Kun davomida umuman qayt qilmaslik yoki 50 martagacha qayt qilish mumkin, bu organizmni nihoyatda quritib yuboradi. Shunisi qiziqki, doim qayt qilgan onalar ko‘ngil aynishini o‘zining eng yomon qismi sifatida tavsiflashadi.
Kuchli ko‘ngil aynishi va qayt qilishdan tashqari, ayollar ovqat qabul qilishni qiyinlashtiradigan kuchli noto‘g‘ri hid bilish holatini boshdan kechirishlari mumkin. Ularda, shuningdek, har doim tupirishga to‘g‘ri keladigan so‘lak ko‘p miqdorda ajlalishi mumkin. Bu ptializm deb ataladi va juda noqulay hamda xunuk holat sanaladi.
Giperemezis gravidarum yengil va mo‘tadil darmonsizlikdan nimasi bilan farq qiladi?
Homiladorlik davrida qaysidir darajad darmonsizlik bo‘lishi aniq, bu holat aksariyat ayollarga oldindan ma’lum. Ayrimlar hattoki bunday lahzalarni intizor kutishadi va uni qorin bilinishidan ancha oldin homiladorlik ayni pallasiga kirganligining belgisi sifatida qabul qilishadi. Homiladorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmati ekspertlarining aytishicha, ayollar odatda yordam so‘rashdan oldin kutilmaganda kuzatiladigan jiddiy belgilar bilan o‘zlari kurashishga tayyor bo‘lishar ekan.
Belgilar siz kutgandan ancha jiddiyroq bo‘lsa, sizda giperemezis gravidarum bo‘lishi mumkin. Siz boshdan kechirayotgan belgilar normalmi yoki yo‘qmi bilish uchun Homiladorlik va tug‘ruqlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining belgilar jadvaliga qarang..
Giperemezis gravidarum ertalabki darmonsizlikdan ko‘ra ko‘proq davom etishi mumkin, ya’ni u odatda 12 haftalikda emas, balki taxminan 20 haftalikda o‘tib ketadi. Ko‘pchilikda bu kasallik taxminan 20-haftada tugasa ham, ayrim ayollarda belgilar tug‘ruqqacha saqlanadi.
Giperemezis gravidarumga qarshi qanday kurashish mumkin?
Giperemezis gravidarumdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, eng asosiysi, tibbiy yordamga murojaat qiling. Uni davolashning turli xil usullari mavjud bo‘lib, shofokoringiz siz uchun mosini tanlab beradi.
Bundan tashqari, bir qator o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish vositalari va strategiyalari ham mavjud bo‘lib, Homiladorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmati fikricha, ular ham ayrim onalarda belgilarni yengillashtirishi mumkin. Yodingizda bo‘lsinki, bir xil homiladorlik bo‘lmaydi, bir vosita kimgadir yordam bersa, sizga yordam bermaligi mumkin, shuning uchun sizga mos keladigan to‘g‘ri strategiyani topishingiz muhimdir.
Giperemezis gravidarumda qo‘llab-quvvatlash
Giperemezis gravidarum ruhiy holat emasligini va ijobiy fikrlash uning oldini olmasligini bilsak-da, u sizning ruhiy salomatligingizga jiddiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Haftalab, hattoki oylab doimiy ko‘ngil aynishi va qayt qilish har qanday inson uchun ham ruhan og‘ir va bu homiladorlikning normal kechishini yo‘qotilishi bilan vaziyatni murakkablashtirishi mumkin.
Juftliklar uchun maslahatlar
Giperemezis gravidarum bo‘lg‘usi ota-onalar uchun xavotirli va tashvishli holat sanaladi. Rafiqangiz bir necha kunda normal hayot tarzidan og‘ir kasal holatga qanday o‘tishini kuzatish sizni gangitib qo‘yishi aniq va bunday holatda unga qanday yordam berishni bilmasligingiz ham sizga azob beradi.
Avvalo, ehtiyotkor bo‘ling va homilador ayolingizni avaylang. Farzand ko‘rishning o‘zi bo‘lmaydi degan o‘y biroz tinchlantirar, ammo belgilar juda azobli bo‘lishi mumkin. Bo‘lg‘usi ona dam imkon qadar ko‘proq dam olishi uchun uy ishlarida va bolalarga qarashda ko‘proq yordam bering. Dam olish – belgilarni bartaraf etish kaliti.
Bu kasallikka qarshi kurashishda ayolingizga yordam berishda sizning eng muhim rollaringizdan biri – himoyalash. Shifokorga birga boring va shifokor uning holatini tushunayotganligiga amin bo‘ling. O‘lchov ko‘rsatkichlaridan foydalaning, masalan: “U 24 soatda 200 ml suyuqlik ichdi” yoki “U bugun ertalab 10 marta qayt qildi” kabi.
Muallif: Keytlin Din
Uch marta giperemezisni boshdan kechirgan Keytlin Din hozirda o‘z vaqtini va kuchini ommaviy axborot vositalari orqali bu kasallik vaqtidagi holat haqida xabardorlikni oshirishga bag‘ishlamoqda. U kasallarga yordam ko‘rsatadi va ushbu mavzuda o‘zining blogida, tibbiy jurnallarda va davriy nashriyotlarda yozib boradi.
Umumiy profilda hamshira va Homiladorlar va kasallarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Britaniya xayriya tashkiloti rais bo‘lgan Keytlin Din sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqot dasturlarida, innovatsion tibbiy xizmatlarda va kasbiy ta’limda ishtirok etib kelmoqda. U, shuningdek, giperemezis gravidarum haqida 2 ta foydali kitob yozgan.
1. Pregnancy Sickness Support. Survey of women’s experience of hyperemesis gravidarum. 2013.
Yangilangan sana: 2016-yil 4-oktabr
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.